Jamiyatning ijtimoiy tarkibiga ta`sir o`tkazuvchi eng muhim ko`rsatkichlar
1. Daromadlar taqsimlanishidagi o`zgarish.
|
2. Iqtisodiy maqom va profissional-ta`lim saviyasi bilan bog`liq ijtimoiy qatlamlarning jamiyat qatlamlashuv tarkibida joylashish tarkibining o`zgarishi.
|
3. Ijtimoiy qatlamlashuvning quyi va yuqori qatlamlarida ijtimoiy harakatchanlik miq¸slarining o`zgarishi.
|
O`tish davrining dastlabki bosqichida sodir bo`la¸tgan o`zgarishlardan yutib chiqqanlarga nisbatan mag`lub bo`lganlar ko`proq bo`lib chiqadi. Shuning uchun jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvida sodir bo`luvchi moyillarni tushunish davlatning to`g`ri ijtimoiy si¸satini ishlab-chiqishining zaruriy shartidir
|
«O`zbekistonda, – deb ta`kidlaydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yasha¸tgan xalqlarga muhabbat, o`lkaning tarixi, madaniyati, an`analarini teran bilib olishga intilish respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg`urish ko`p millatli o`zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi».
Respublikamiz jamiyatining ijtimoiy tarkibi nazariyasi hozircha ishlab chiqilgani yo`q. Mustaqil O`zbekiston jamiyatining ertangi kun ijtimoiy- iqtisodiy tuzumiga bugun asos solindi desa odashmaymiz. Shuning uchun ham jamiyat ijtimoiy tarkibini o`rganish real ha¸timizni, kundalik turmushni yanada to`laroq bilishga xizmat qiladi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham muhim o`rin tutadi. O`tgan davirda asosan, ikki sinf - ishchilar va dhqonlar sinfi va intelligensiya qatlami mavjud deb ko`rsatilib, jamiyat ijtimoiy tarkibidagi boshqa guruhlarning ahamiyati mutlaqo tilga olinmas edi.
Ijtimoiy tarkibda hududiy yo`nalish ham mavjud bo`lib, u mintaqaviy, viloyat, shahar, qishloq, mahalla kabi hududiy birikmalarni o`z ichiga oladi.Bu tarkibiy birlikda ayrim olingan hudud doirasida sotsiologik tadqiqot olib borish talab qilinadi. So`ngi yillarda bu masalaga jiddiy qaralmoqda. Ayniqsa, shahar, qishloq, mahallaga oyid muammolarni o`rganish zaruriyati ortmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda «mahallalar faoliyati, olib borila¸tgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda «Mahallang - ota-onang» shiori ostida ko`pgina ishlar qilinmoqda. ¸shlar tarbiyasida mahallaning o`rni katta ahamiyatga ega. Mahallachilik an`analarimiz keng rivojlanmoqda. Ko`pgina yangi-yangi mahallalar tashkil qilinmoqda. Mahallalarda «Guzar»lar tashkil qilinayapti. Har bir mahallani mahalla oqsoqollari boshqarmoqda.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va undagi hududiy, tarmoq va ijtimoiy mavqei yo`nalishiga mansubligi bilan harakterlanadi. Bulardan tashqari yana shaxs jinsi, ¸sh jihati, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, ma`lumoti, ilmiy darajasi kabi parametrlar bilan ham o`rganiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslar qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg`arma mablag`i miqdori kabi tomonlarini o`rganishni ham talab etadi.
Qisqacha xulosalar
Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo`lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko`p ukladli, dun¸ sari ochiq yuz tutgan iqtisodi¸t paydo bo`layapti. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.
Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga o`tib borish davrida Prezident I. A. Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslangan tarzda si¸sat yurgizilmoqda.
Bozor iqrisodi¸tiga bosqichma-bosqich o`tish (si¸sati) munosabati bilan, O`zbekistonda mulkchilik turli shakllarining joriy qilinishi va ularning davlat himoyasiga olinishi taqsimot munosabatlarida tubdan ўзгаришларга олиб kelmoqda. Bu esa o`z navbatida jamiyat iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashga xizmat qilmoqda.
O`zbekiston o`z milliy puliga ega bo`lishi munosabati bilan iqtisodiy va taqsimot munosabalariga sezilarli ta`sir ko`rsata boshladi. O`zbekiston ichki bozorini to`ldirish davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Ammo hozirda Hamdo`stlik mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning vaqtincha buzilganligi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy tiqchillik ayniqsa, xalq iste`moli mollarining tanqisligi iqtisodiy va taqsimot munosabatlariga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Uning oqibatida kishilarning turmush darajasi ancha pasyib ketdi.
O`zbekistonimizning bu sohadagi siyosati «milliy boylikning ko`payishi, respublikaning mustaqlligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta`minlaydigan qudratli, barqaror va jo`shqin rivojlanib boruvchi iqtisodi¸tni barpo etish»dan iborat buyuk maqsadni ko`zlamoqda.
Адабиётлар
Do'stlaringiz bilan baham: |