192
maktablarda, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida O'zbekiston tarixini o'qitish masalasiga umu-
man e'tibor berilmadi. Asosiy diqqat e'tibor Rusiya tarixi va jahon va xalqlari tarixini o'rgan-
ishga sarflandi. Sho'rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy, tom ma'nodagi Vatan
tarixi xolisona yaratilmadi. Maktablar va o'quv yurtlarida o'qitilgan darslik va adabiyotlarda esa
ona tariximiz soxtalash-ti-rildi. Masalan: O'rta Osiyoning Rossiyaga qo'shib olinishi va uning
«progressiv» ahamiyati, «bosmachilik» harakati va hokazolar. Xuddi shunday sobiq ittifoq
tarixiy kitoblarning ko'pchiligida o'zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug' rus
millatchiligi katta va ulug' og'a manfaatlari yetakchi mavqeiga ega bo'lib hamma voqea va
hodisalar unga bo'ysundirildi. Natijada o'zbek xalqining ma'naviy hayotiga putur yetdi. Xalqn-
ing siyosiy ongi o'tmaslashdi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik loqaydlik hissi kuchaydi.
Albatta kommunistik partiya mafkuraviy kurash maydonida yurgizgan ustasi farang siyosatin-
ing aks sadosi edi. Chunki mustamlaka asoratiga solingan xalqlarni siyosiy qorong'ulik va zul-
matda saqlash yo'li bilangina ular ustidan hukmronlik o'rnatish mumkin. G'oyaviy siyosiy dun-
yoqarashi uyg'oq imoni-e'tiqodi mustahkam xalqni milliy zulm asoratida saqlash mumkin emas.
Shuning uchun ham rus mustamlakachilari qariyib 135 yillik hukmronligi davomida o'lkamiz
xalqlari o'rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizning tarixidan, o'z ona tilidan
dinidan judo qilish yo'lini tutdilar. O'zbekistonni markazning xom-ashyo yetkazib beruvchi ba-
zasiga aylantirildi. Bunday siyosat sobiq SSSR hududidagi barcha respublikalarda va sosialistik
mamlakat-larda ham yurgizilgan.
Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o'qitish va o'rganish ishlari markscha-
lenincha metodologiyaga bo'ysundirili. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik
nuqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va eksplua-
tasiya qilinuvchilari quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma
ishchilar, boylar va kambag'allar, mulkdorlar va yo'qsillar tarixiga bo'linadi. Boylar va mulk-
dorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralanadi, nomlari bad-
nom qilinadi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag'allarni va yo'qsillarni «himoya» qilgani
tarzda, ularning manfaatiga bo'ysundirilgan holda yoritildi.
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e'tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg'in
qilindi. Buyuk odamlar, allomalar, ma'rifatparvar shoiru-allomalar, yozuvchilar ikkiga-
materialistlar va idealistlarga bo'lindi. Dinga e'tiqod qilganlar idealistlar deb ataldi, ularning
ijodiy faoliyatini o'rganish chegaralanadi, asarlarni xalqdan yashirildi. Oqibatda ko'pgina tarixiy
voqealar soxtalashtirildi, ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga
ularni xurofot, eskilik sarqitlari deb o'rgatildi. Tarix faqat jangu jadal urushlardan iboratdek
qilib ko'rsatildi.
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaro-
qsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo'lgan totali-
tar tuzumning salbiy roli katta bo'ldi. Tarix fani totalitar tuzum tashviqotchisiga, himoyachisiga,
kommunistik mafkura xizmatkoriga aylantirilgan edi.
O'zbekiston tarixi fani ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli tako-
millashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko'tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, ad-
abiyot va san'atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jaray-
onini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning
ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma'lum bir davrlarda boshqa
147
Do'stlaringiz bilan baham: