234
uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida yana 10000 kishilik qo’shin keladi. Juvoyning ma’lu-
motlariga qaraganda shahardagi musulmonlar Mo’ng’ullar xujumidan sarosimaga tushadi. Sha-
har 5 oy davomida mudofaada bo’ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo’lmaganligi sababli sha-
har taslim bo’ladi, Inalxon asir tushadi, O’qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo’yib
Samarqanddagi Ko’ksaroy maydonida o’ldiriladi.
Chingizxon o’zining asosiy kuchlarini Buxoroga tashlaydi. Ular Sirdaryoning janubida joy-
lashgan Zarinuq va Nur qal’asini jangsiz ishg’ol qiladi. Shu sababli mo’ng’ullar bu shaharga
«Qutlug’ baliq» deb nom beradi.
1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin
bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang
bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egal-
landi. Shahardan 30000 kishi mo’ng’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar
qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi.
Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun
110000 qo’shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham
bor edi.
Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi.
Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang
3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi.
Mo’ng’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshinnova»ni buzib tashladi, sha-
har suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog’ qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular
kun botishi bilan qatil etildi. Shaharda qolgan 5000 aholi 20000 oltin tanga to’lash sharti bilan
ularni aybi kechirildi. Shunday qilib butun Movarouannaxr mo’ng’ullar tomonidan bosib olindi.
Chingizxonning yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Sulton Muhammad Jayxun orqali
Xurosonga qochadi. Keyin u Rayga so’ngra Mozondoronning o’tib bo’lmas tog’lari orqali
xozirgi Astrobod shahriga keladi. Keyinchalik Kaspiy dengizining janubidagi bir orolchaga
borib joylashadi va u yerda hor-zorlikda, g’ariblikda zotiljam kasali bilan o’ladi.
1220 yil aprelda Samarqand taslim bo’lgach mo’ng’ullar Sig’noq, O’zgan, Jandga qarshi hu-
jum boshlaydi. Lekin bu shaharlar tezda taslim bo’ladi. Endi navbat Sirdaryo bo’yidagi Binokat
va Xo’jand shahriga yetib keladi.
4 kunlik mudofadan so’ng Elatxu Malik rahbarligidagi Binokot shahri taslim bo’ladi. Navbat
Temur Malik rahbarligidagi Xo’jandga keladi. Xo’jand mudofasida Temur Malik qahramonlik
namunalarini ko’rsatadi. Ammo kuchlar nisbatining teng emasligi jang qilish befoyda
ekanligini tushungan Temur Malik 12 ta qayiq yasattirib o’zining barcha oziq-ovqat va qurol
yarog’larini 70 ta kemaga yuklatib Urganchga shoshiladi. Bu davrda mo’ng’ullar Nasaf va Ter-
miz shaharlarini egallaydi. Chingizxon endi asosiy kuchlarni Xorazmning markaziga tashlaydi.
Bu yerning himoyasi bilan Jaloliddin Manguberdi shug’ullanadi. Lekin Urganch mudofasida
Jand noibi Qochqin Qutlug’xon xalaqit beradi. U Jaloliddinga qarshi fitna uyushtiradi. Natijada
Jaloliddin Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. Urganch mudofasi bilan shug’ullanib qolgan
shaxzodalar Uzloqshox va Oq shoxlar ham Urganchni tark etib poytaxtdan qochadi.
Amalparast amir Xumor Takin esa shahar darvozalarini dushmanga ochib beradi. Poytaxt
ichidagi janglarda o’z zamonasining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro «Yo atan, sharo-
fatli o’lim» shiori bilan mo’nullarga qarshi kurashadi va qahramonlarcha o’ladi. Shahar bosib
105
Do'stlaringiz bilan baham: