236
day qilib eng so’nggi Xorazmshoxning hukumdorligi shu tariqa 1231 yilning kech kuzida tu-
gaydi. 140 yil xukumronlik qilgan buyuk Xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon
barham topadi.
Ma’ruzaning shu joyida ma’ruzachi mo’ng’ul istilochilarining muvaffaqiyatlarining sabab-
larini talabalarga tushuntirishi lozim. Unda Chingizxonning shaxsiy fazilatlari, mo’ng’ul
xalqining ijtimoiy ahvoli, urush arafasida Movarounnahr millatlarining xususiyatlari, ularning
ijtimoiy siyosiy ahvoli yoritilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Unda H.Vamberining yuqorida nomi zikr etilgan asaridan (29-30 betlar) foydalansa yaxshi
bo’lardi.
3. Mo’ng’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod
dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi shaharlar
xarobazorga aylandi. Samarqand va Marv vohasining sug’orish tarmoqlari vayron etildi, Ur-
ganch suvga bostirildi, natijada o’lkaning tub aholisi boshqa joylarga ko’chib ketishga majbur
bo’ldi. Sharq va G’arbni bog’lab turgan Ipak Yo’li butunlay barham topdi. Ilm, ma’rifatga ul-
kan ziyon yetkazildi.
Chingizxon biroz vaqt Movarounnahrda turgach 1224 yil o’z vataniga qaytadi va u yerda
quriltoy chaqrib o’z imperiyasini o’g’illari, nabiralariga taqsimlab beradi. Xitoy va Mug’iliston
O’qdoyga, uyg’urlardan to Xorazmgacha bo’lgan, Movarounnahr va Turkistonning bir qismi
Chig’atoyga, Xorazm va Dashti Qipchoq to’ng’ich o’g’li Jo’jiga va keyin nabirasi Botuga;
Xuroson, Eron va Hindiston To’liga meros qilib berildi. Mo’ng’ullar bosib olgan viloyatlarni
uluslarga taqsimlanib uzel asosida boshqariladi. 1227 yil Chingizxon 70 yoshida vafot etadi.
Mo’ng’ullar hukmronligi davrida xalqning ahvoli nihoyatda og’irlashadi, ular ikki to-
monlama eziladi, ba’zi oqsuyaklar o’zlarining molu-davlatlaridan ayrilishidan qo’rqib
mo’ng’ullar xizmatiga o’tadi. Mo’ng’ullar mamlakatni boshqarishda Mahmud Yalavochga o’x-
shash mahalliy savdogarlardan yaxshi foydalangan. Uning qarorgohi Xo’jand shahri bo’lib,
Movarounnahr noibi va soliqlarni o’z vaqtida yig’ishtirib olish bilan shug’ullangan. Mahalliy
aholi mo’ng’ullarga «kalon»-yer solig’i hosilning 1/10 qismi hajmida, «qopchun»-chorva
solig’i
-har 100 chorvadan bar boshdan, «zakot» solig’i, «shulen» deb ataladigan oziq-ovqat
soliqlari to’langan. Bunday soliq turlarining ko’pligi mahalliy aholi boshiga ko’p kulfatlar
keltirgan. Aholining bunday azoblari natijasida Buxoroda 1238 yil yirik qo’zg’olon ko’tariladi.
Unga asli kasbi elakchi bo’lgan Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi. Unga yaqindan yordam
bergan kishi Shamsiddin Maxbubiy edi. Mahmud shahardagi mo’ng’ullarning tarafdorlari bo’l-
gan sadrlar, feodallar, badavlat kishilarni saroyga to’plab uzini hukumdor deb e’lon qiladi
[6]
.
Shundan keyin Mahmud Buxoro atrofida katta kuch to’plab, ularga qurol berib, mo’ng’ul-
larni mamlakatdan haydab yuborishga chaqiradi. Bu davr haqida o’sha davr tarixchisi Juvayniy
ma’lumot bergan. Unda aytilishicha Mahmud amaldorlar va badavlat kishilarni haqoratlagan,
oddiy xalq va fuqorolarga iltifot ko’rsatgan. Ammo mo’ng’ullar bilan jangda Tarobiyning kuchi
hali yetarli emas edi.Qo’zg’olonning aniq rejasi, taktikasi bo’lmagan. Natijada Karmana
yaqinida qirg’inborot jang bo’lib o’tadi. Unda qo’zg’olon rahbarlari o’ldiriladi. Rahbarsiz qol-
gan olamon sarosimaga tushadi. Bir oz vaqt qo’zg’olonga rahbarlik qilgan Torobiyning ukalari
Muhammad va Alida harbiy tajribaning yo’qligi, omma o’rtasida yetarli obro’ga ega emasligi
natijasida xalq harakati bostiriladi. Uni bostirishda Mahmud Yalavochning katta hissasi bor.
Qo’zg’olon natijasida soliqlar miqdori kamaytirildi. Jon solig’idan boshqa turli xil soliqlar be-
103
Saljuqiylar
davlati.
Sirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g`iz davlatning dastlabki yobg`usi
(sardori) Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari Tug`rulbek, Dovudbek, Chag`ribek
va
Shakarbeklar
o’z
davrlarida
saljuqiylar
shuhratini
yuksakka
ko’tardilar.Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy
qabilalari Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog`li yerlariga kelib o’rnashib,
chorvachilik bilan shug`ullanganlar. XI asrning
20-
30 yillariga kelib saljuqiy
urug`-qabilalarning hozirgi turkman yerlari orqali G’aznaviylar tasarrufidagi
Xuroson o’lkasiga kirib borishi faollashadi.
1038 yilda Saraxsda,
1040 yilda
Dandoniqonda bo’lib o’tgan hal kiluvchi urushlar davomida saljuqiylar
g`aznaviylarni yengib, butun Xuroson yerlarini egallab, o’z davlati markazini
shu xududga ko’chiradilar. Shu tariqa Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga
aylanadi. Saljuqiylar hukmdori Tug`rulbek egallangan Movarounnaxr va
Xuroson hududlarini o’z avlodlari-Chag`rilbek va Dovudbeklar tasarrufida
qoldirib, o’zi g`arbga tomon harbiy yurishlarni davom ettiradi. Tug`rulbekning
Do'stlaringiz bilan baham: