276
xo'jaligi tarmoqlarini qaytadan tiklashga arang muvaffaq bo'lib, o'z qaddibastini asta-sekinlik
bilan rostlab borayotgan edi. Shuning uchun ham bu mintaqada sanoatlashttrish jarayonining
tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita hukmron Markaz va Kommunistik partiya bo'ldi.
Chunk! ular O’zbekistonning xom ashyo resurslarini to'la ishga solish, bu hududda qizil sovet
imperiyasining mavqeini mustahkamlash, uni yangi mustamlakachilik tizginiga yanada kiritib
olishni o'z oldilariga bosh maqsad qilib qo'ygandilar. Bu o'rinda shuni aytish joiz3d, Ittifoq hu-
kumatining sanoatlashtirish rejasida O’zbekistonda zamonaviy yirik industrial tarmoqlami
emas. balki ko'proq xom ashyoni (ayniqsa paxta xom ashyosini) qayta ishlaydigan sanoat
korxonalarini, tog'kon sanoatini rivojlantirishga asosiv urg'u berilgandi. Negaki, bu hudud
Markaz uchun ko'proq xom ashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi.
Shu bois ham muhim e'tibor paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq tarmoqlarni rivojlantirishga
qaratilgandi. O’zbekistonda 1925-yilda atigi 21 sanoat tarmog'iga taalluqli 149 ta korxona
mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga moslash-
gan, uncha katta bo'lmagan korxonalar edi. Industrlashtirish -yillarida O’zbekiston energetik
resurslarga nihoyatda boy bo'lishiga qaramay, kuchli gidroenergetik inshootlar qurilishi sust
olib boiildi. Agar O’zbekistonda 20-yillar oxirida buniod etilgan to'ng'ich Bo'zsuv GESi bilan
Ukrainada qurilgan DneproGES quvvatini birbiriga solishtiradigan bo'lsak bunda katta farqli
manzara namoyon bo'ladi. Negaki, DneproGESning 50 ming kv/s quvvati bilan Bo'zsuv
GESining esa 2 ming kv/s quvvatini birbiriga qiyoslab bo'lmasligi o'zo'zidan ravshandir. Bu
ham O’zbekistonning Ittifoq davlati nazdida ko'proq iqtisodiy qoloq o'lka sifatida gavdalanishi
kerakligiga yaqqol bir ishoradir. Sanoatlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash
zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon va Shahrisabzda
pillakashlik fabrikalari, Farg'ona (1930) va Toshkent (1936—1939) to'qimachilik, Chirchiq
elektrokimyo (1937) kombinatlari. Toshkent mashinasozlik zavodi, bir necha konserva, g'isht
pishirish va urug' yetishtirish korxonalari qurildi. Umunian, statistik ma'lumotlarga qaraganda
O’zbekistonda birinchi besh yillik (1928— 1932)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933—
1937) davrida 189 ta katta va kichik sanoat korxonalari quril-gan hamda ishga tushirilgan.
Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va salmog'i ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq,
Yangiyo'l kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925—1940 -yillar davomida respublikada
qurilgan GESlar soni 49 taga yetdi. Toshkent—Angren temir yo'li, Toshkent — Termiz katta
o'zbek trakti avtomobil yo'li qurildi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar bo'lgan davrda O’zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik
va o'rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o'z ichiga olardi. Gar-
chand sanoat qurilishi urushgacha bo'lgan -yillarda ancha ko'zga ko'rinarli tarzda rivojlanib,
muayyan yutuqlarga erishib borgan bo'lsada, biroq bu sohada ko'plab jiddiy muammolar va nu-
qsonlar ham mavjud edi. Avvalo, Ittifoq davlati bilan respublika o'rtasida imperiyachilik mu-
nosabatlari tizimi, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma'muriybuyruqbozlik usul-
lari O’zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur salbiy asorat qoldirdi. Mustabid tuzum tomonidan
O’zbekiston sanoatini rivojlantirish siyosatining amalga oshirilishi orqasida respublika metro-
poliyaning rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokrit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom
ipak bilan ta'minlovchi mintaqasiga aylantirildi.
O’zbekistonda buniod etilgan sanoat korxonalarining ko'pchiligi xom ashyo yoki yarim
mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi. Ularni boshqa hududlardagi
63
17. Каримов И.А. Ватанимизнинг босқичма-босқич ва барқарор
ривожланишини таъминлаш – бизнинг олий мақсадимиздир. Том 17.Т.:
Ўзбекистон, 2009.
18. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008.
19. Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз
фаровонлигини янада юксалтиришдир. Т.: Ўзбекистон, 2010.
20. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.–Т.:
Ўзбекистон, 2011.
Do'stlaringiz bilan baham: