Kanishka davrida (1-2 asrlar) poytaxt Peshovarga ko’chiriladi va uning yerlari ancha
kengayadi, lekin o’lkamizning Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent va Farg`ona
vohalari Kushon davlati tarkibiga kirmagan. Ushbu hududlarda boshqa mahalliy davlatlar
rivojlanib, kushon madaniyatiga xos an’analar deyarli tarqamagan. Savdoning rivojlanishida
Buyuk ipak yo’lining ahamiyati katta bo’lgan. Kanishka davridan boshlab davlat dini Budda
dini bo’lgan. Oromiy va yunonlar yozuvi asosida kushon yozuvi mavjud bo’lgan. Kushon
davlatining o’z tilla tanga pullari bo’lgan, tangalarga “shoxlar-shoxi” so’zlari yozilgan. Bu
so’zlar Kushon saltanatining o’sha davrdagi qudratidan dalolat beradi. Bu davlatning
parchalanishiga xarbiy yurishlar, ichki nizolar sabab bo’ldi.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |