252
birinchi yarmi davomida rus hukumati Pyotr I orzularini amalga oshirish yo’lida uning
vasiyatlarini bajarib, Qipchoq dashtlarini o’ziga bo’ysundirdi va u yerda harbiy istehkomlar
bunyod etdi. Bu davrda Rossiya uchun sanoatni rivojlantirish, uni xom-ashyo bilan ta’minlash
va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar izlash kechiktirilmas vazifa bo’lib
qoldi. Rossiyaning agressiv tashqi siyosati davomida uning kelajakda imperiyani kengaytirish
uchun Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eronga uyushtiradigan harbiy yurishida, janubdagi
dengizlar, ular orqali okeanga chiqishida O’rta Osiyo platsdarm vazifasini bajarishi kerak edi.
YAna shuni ko’rsatib o’tmoq joizki, chorizmning Turkistonga bo’lgan qiziqishi bu o’lkadagi
katta yer osti boyliklarini o’zlashtirishga intilish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga XIX asr o’rta-
larida O’rta Osiyoda Rossiya va Angliya manfaatlari to’qnashdi. Bu hol Rossiyaning O’rta
Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini ishlab chiqish va harbiy yurishlarni tezlashtirishiga sabab
bo’ldi. SHu sabablarga ko’ra chor Rossiyasi o’zining tish-tirnog’igacha qurollangan qo’shinlari
bilan Turkiston xalqlarini bo’ysundirish va jonajon Vatanimizni bosib olib, unga egalik qilish
maqsadida harbiy yurishlarini boshladi.
Oldindan belgilangan reja asosida rus qo’shinlarining hujumi Qo’qon xonligiga qaratildi.
Zamonaviy qurollar bilan to’la ta’minlangan 2850 kishilik rus qo’shini bir yil oldin mag’lubi-
yatga uchragan general Perovskiy boshchiligida 1853 yil iyul oyida Oqmachit qal’asiga hujum
qildi. Oddiy qurollar bilan qurollangan 400ga yaqin qal’a himoyachilari 20 kun davomida dush-
man hujumini qaytarib, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik timsoli bo’lib tarixga kirdilar. 1853-
1856 yillardagi Qrim urushi sababli Rossiya O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarini to’xtatishga
majbur bo’ldi. U Qo’qon xonligidagi faol harakatini 1860 yil yozidagina qayta tashkil qila oldi.
Xalqimizning qahramonona qarshiligiga qaramasdan yangi harbiy texnika bilan qurollangan rus
qo’shinlari 1860-1864 yillarda Pishpak, To’qmoq, Avliyo ota, Turkiston, CHimkent shaharlari
va ular atrofidagi qishloqlarni bosib oldilar. Bu janglarda ko’ngilli himoyachilar, Qo’qon
xonligi sarkardasi mulla Alimqul va boshqalar o’z qahramonliklari bilan vatanparvarlik
namunalarini ko’rsatdilar. 1864 yil oktyabrida general CHernyayev boshchiligidagi rus
qo’shinlarining Toshkentga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular Niyozbek qal’asini egal-
lab, CHirchiq daryosidagi to’g’onni buzib tashladilar va shaharga suv chiqmay qoldi. 1865 yil may
oyida ruslar Toshkent shahriga yangitdan hujum boshladilar. Himoyachilarning fidokorligi, Mulla
Alimqulning tadbirkorligi yangi harbiy qurollar va muntazam harbiy qo’shin oldida ojiz edi.
Toshkentni ruslar 42 kun deganda bosib oldilar.
1865-1866 yillarda rus qo’shinlari Qo’qon xoni va Buxoro amiri o’rtasida hamisha qo’ldan-
qo’lga o’tib turgan Xo’jand, O’ratepa, Jizzax shaharlarini qattiq janglardan keyin egalladi.
Buxoro amiri Muzaffarning ko’rgan tadbirlariga, xalqning qahramonona qarshiliklariga
qaramasdan 1868 yilgi CHo’ponota va Zirabuloq janglarida ruslarning qo’li baland keldi.
Natijada amir Muzaffar Qo’qon xoni Xudoyorxon (1864-1879) kabi Rossiya bilan noteng sulh
shartnomasini imzolashga majbur bo’ldi. Qo’qon xonligiga va Buxoro amirligiga tegishli
bo’lgan yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o’tkazildi. Katta miqdorda tovon puli
to’landi.
Olinmas qal’a hisoblangan Xiva xonligiga ruslar qattiq tayyorgarliklardan keyin 1873 yilda
hujum qildilar. Xonlikdagi qoloqlik, harbiy texnika va san’atning pastligi bu yerda ham
ruslarning g’olib kelishiga asos bo’ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1864-1910)
Gandimiyon shartnomasiga asosan 2200000 oltin so’m to’ladi hamda Amudaryoning o’ng
87
4 ta mahalliy yozuv ajralib chiqdi. Parfiya, so’g`d, baqtriya va xorazm yozuvlari bo’lib, ular
O’rta Osiyo hududida arablar kelgunga qadar saqlanib qoldi.
Ahmoniylar davrida O’rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan
tanishdilar.
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar, xo’jalik va ishlab chiqarish
maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug`orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’ldi.
O’zbekistondagi dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan
bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib
turish uchun tashkil etildi.
O’lkamizda mil. avv.
2 ming yillik o’rtalarida (Surxon vohasi-Sopolli tepa) qadimgi
dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlandi.
Mil.avv.
7-
6 asrlarda qadimgi
Baqtriya davlati tarkibida Surxondaryo, Qashqadaryo,
Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar kirgan. Qiziltepa, Uzunqir,
Yerqo’rg`on va Afrosiyob o’rnida Baqtriya va So’g`dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu
shaharlarning yoshi
2700 yildan kam emas. Yana bir qadimiy davlat
Xorazm bo’lib, uning
markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri bo’lgan. Qadimgi davlatlarning davlatchilik taraqqiyoti
mahalliy aholining yuqori darajadagi rivojlangan dehqonchiligiga asoslangan edi.
Mil. avv.
334 yilda Makedonskiyning qo’shinlari Qadimgi Sharqda hukmronlik qilgan
forslarga qarshi frish boshlaydi. Uch asosiy jangdan so’ng Ahmoniylar davlati yengiladi.
Mil. avv.
329 yilda Iskandar Baqtriyani egalladi. Shundan so’ng u So’g`diyonanining
markazi bo’lgan Maroqandni egallab, o’z harbiylarining bir qismini qoldirib, Sirdaryo-Yaksart
tomonga yo’l oladi.
Maroqand-
Spitaman qo’zg`aloni (mil.av.
329-
327 yillar).Mil.av.
328 yil Spitaman
Baqtriyada va Quyi Zarafshonda yunon-makedon bosqinchilariga qarshi hujum uyushtiradi,
lekin mag`lubiyatga uchraydi.
Iskandar Baqtriya, So’g`diyona va Ustrushona (Jizzax va Sirdaryo o’rtalari)ning bir qismini
istilo qilib, mil.av.
327 yilda Xindistonga hujum boshlaydi. Xorazm, Choch, Farg`ona va saklar
yurti mustaqil bo’lib qoladi. So’g`diyona, Baqtriya, Marg`iyona va Parfiya yangi davlatga
qo’shilib, keyinchalik ularning tuprog`ida ayrim yunon-makedon davlatlari vujudga keladi.
Iskandarning xarbiy yurishlari o’lkamizda ko’pgina yo’qotishlar bilan birga Sharq va G’arb
o’rtasida keng savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Ellinizm
madaniyati vujudga keldi.
Iskndarning xarbiy yurishlari natijasida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va
Xindistongacha cho’zilgan xududda ulkan davlatga asos solindi. Bu davlatning poytaxti Bobil
shahri bo’ldi, lekin mil. av.
323 yil Makedonskiyning vafotidan so’ng bu yirik davlat
parchalana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: