Ijtimoiiy fanlar



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   370
Bog'liq
Публикация2

 
10-MAVZU:  
O’ZBEKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMYATINING O’RNATILISHI 
REJA: 
1.  1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri 
2.  Oktyabr  to’ntarishi.  Turkistonda  mustabid  Sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi,  uning 
shovinistik siyosati 
3.  Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi va bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi 
4.  Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati 
 
TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: 
Fevral  inqilobi,  SHo’roi  Islom,  SHo’roi  Ulamo,  Ittifoqi  muslimin,  Oktyabr  to’ntarishi, 
Turkiston  Muxtoriyati,  Istiqlolchilik  harakati,  Farg’ona  muvaqqat  muxtoriyat  hukumati, 
Farg’ona, Buxoro va Xorazm qo’rboshilari. 
 
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilobi g’alabasi Turkiston o’lkasiga ham o’z 
ta’sirini  o’tkazdi.  Natijada  Turkistonda  ham  ishchi  va  soldat  deputatlari  Sovetlari  va  har  xil 
toifalar  vakillaridan  tuzilgan  ijroiya  komitetlar  tashkil  etila  boshlandi.  Toshkentning  hamma 
dahalari vakillari to’planib «SHo’roi Islomiya» tashkilotini tuzdilar. 
1917  yilning  mart  oyida  o’lka  muxtoriyati  masalasi  Turkiston  ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi 
asosiy  masala  bo’lib  qoldi.  Turkistonga  muxtoriyat  maqomini  berish  g’oyasi  nafaqat 
demokratik ziyolilar o’rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham tarqala boshladi. 31 mart kuni 
rus podshosining o’lkadagi tayanchi-Turkiston general-gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 
yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.SHchepkin raisligida Turkiston qo’mi-
tasi  tashkil  qilindi.  9  kishidan  iborat  bu  komitet  a’zolarining  to’rttasi:  A.  Bukeyxonov, 
M.Tinishboyev, S. Maqsudov va A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillaridan edi. 
Turkiston  mahalliy  aholisining  oshib  borayotgan  ijtimoiy-siyosiy  faolligi  sharoitida 
Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «SHo’roi Islomiya»ning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan 
chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi ish boshladi. 
Qurultoyning  so’nggi  majlisida  markaziy  rahbar  organ-Turkiston  o’lka  musulmon  sho’rosi 
tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. SHunday qilib Turkistonning birligi va yaxlitligi to-
mon muhim qadam qo’yildi. 
Afsuski,  birlashish  jarayonlari  har  doim  ham  bir  tekis  rivojlanmadi.  Munavvar  Qori  bosh-
chiligidagi  «SHo’roi  Islomiya»dan  1917  yil  iyun  oyida  diniy  ulamolardan  tashkil  topgan 
«SHo’roi  Ulamo»  ajralib  chiqdi.  «SHo’roi  Ulamo»  jamiyati  tarafdorlari  demokratik  kayfiyat-
dagi  milliy  ziyolilar  va  musulmon  ruhoniylarning  jamiyatda  islohotlar  o’tkazish  yo’lidagi  har 
qanday  urinishlariga  va  yevropacha  madaniyatning  kirib  kelishiga  keskin  qarshi  chiqishdi. 
Ma’rifiy, siyosiy sohadagi yangilanishlar haqidagi g’oyalarni ham rad etishdi. 


262 
 
qo’lga olish maqsadida faoliyat yuritgan. 
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va 
o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga 
harakat  qildilar.  Jadidlarning  ayrim  qismi  mustabid  tuzumning  siyosatiga  ko’nikmay  xorijga 
o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar harakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik hara-
katiga  g’oyaviy  rahnamolik  qilish,  ayniqsa,  sovet  organlarida  ishlab,  milliy  mustaqillik 
g’oyalarini targ’ib qilishdagi sa’y-harakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 
yillarda ommaviy qirQin qilinishiga olib keldi. 
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX 
asr boshlarida shakllangan bo’lsa ham bu hududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik hara-
katiga  ham  o’ziga  xos  xususiyatlar  baxsh  etdi.  Buxoro  va  Xiva  jadidlari  dastlab  amir  va  xon 
hukmronligini  cheklash,  mavjud  tuzum  sharoitida  islohotlar  o’tkazib,  jamiyat  taraqqiyoti  va 
milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir 
yakka  hukmronligi  har  qanday  taraqqiyotga  to’siq  ekanligini  tushunib  yetdilar.  CHunki  1917 
yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar 
kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilin-
ishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan islohotlar o’tkazish haqidagi farmonini 
bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kel-
gan.  Buxoro  va  Xorazm  Xalq  Respublikalarida  jadidlar  hukumat  organlarida  rahbar  lavozim-
larida  ishlab  mamlakatni  taraqqiy  qildirish  va  mustaqillikni  saqlab  qolishga  intildilar  (1920-
1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo’lsa, 
keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan mahv qildi. 
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining mil-
liy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi 
kurashda muhim o’rin tutadi. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish