Ijtimoii pedagogika



Download 2 Mb.
bet2/205
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#259084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Komil inson — yetuk shaxsning shakllanishida kadrlar tayyor- lashning milliy dasturi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g‘oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy — siyosiy hayotga ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni o‘z mamlakatining taqdiri uchuy mas’ul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash — Kadrlar tayyorlash milliy dasturshshsh bosh maqsadlaridan biridir.

Mamlakatimiz kelajagi uchuy Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchuy bir qator vazifalarni bajarish kerak. Bular:

  • Ta’lim tizimida mazkur tajriba qanday o‘tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur tahlil etib, ta’lim andozalari, o‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, yangi avlodni kamol toptirishga qarati.pap tuzatishlar kiritishdir.

  • Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashuviga xizmat qiladi, hozirgi davrning tobora ottgib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo‘lgan mutlaqo yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi.

  • Milliy goyani amalga oshirish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimlarini, ko‘proq xalq pedagogikasida, o‘yinlarida va shu kabilarda o‘z aksini toptan progressiv milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va normalarni qayta tiklash, rivojlantirish hamda hozirgi hayotga, o‘quv-tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog‘liqsir.

  • Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshkd a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.

  • Milliy istiqlol goyasi va ijtimoiy pedagogika nafaqat o‘quv yurtlaridagi, balki butun jamiyatdagi mafkuraviy voqelik- larni sharhtovchi, o‘zgartiruvchi va jamiyat a’zolari ongini tar- biyalovchi imkoniyatlarga ega. Milliy istiqtol goyalarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zaruriyati ijtimoiy pedagogika fanidan I pup day mas’uliyatli vazifani ham hal etishni talab etmoqda. Aynan ijtimoiy pedagogika butun jamiyatni, uning a’zolari ongiga milliy istiqtol goyalarini singdirishda, jamiyatning barcha puqtalaripi pedagogik tarbiyalagsda katta imkoniyatlarga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogika milliy istiqgol qo‘lga kiritgan jarayonlarni ijtimoiy pedagogik sharhlab, uni yanada takomillashtirishga, fuqarol i k ja m iyatip i barpo etishga xizmat qilmog‘i kerak. Milliy istiqgolning ijtimoiy buyurtmasi — O‘zbekiston xalqida mustah- kam mafkuraviy immunitet, fuqarolarning o‘zligini anglashi, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bagrikenglikni, shakllantirishni talab etmoqda. Shuning uchup ham pedagogikada ilgari yetarlicha e’tibor berilmagan yo‘nalish — ijtimoiy pedago- gikaning ahamiyati kattadir.

Bu yo‘nalish ayniqsa, bugungi mustaqil O‘zbekistonning ma’- naviy-ma’rifiy rivojlanishida, jamiyat a’zolarini milliy istiqtol goyalari ruhida, mustahkam irodali, o‘zligini, o‘z haq- xuquqtarini anglagan, mustaqil fikrga ega, hatto iqgisodiy biznes sohasida ham ma’naviy, faoliyat yuritish, jamiyat a’zolariga ma’naviy-ma’rifiy yordam berish kabi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarni bajarishda, ya’ni yurtimizda insonlar ongiga milliy istiqgol g‘oyasini singdirish, ma’naviy axlohiy ruxda tarbiyalash va ma’naviy yordam ko‘rsatish yuzasidan mustaqil O‘zbekistonda ko‘plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqsa. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, turli jamg‘armalar, partiyalarni kelti- rishimiz mumkin.

Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etittg, ularning faoliyatidan unumli foydalanish milliy istiqlol goyasi va mafkurasini fuqarolar ongiga singdirishning muhim omilidir. Bunda tashkilotlarda va joylarda milliy g‘oyaga bag‘ishlangan davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuningdek, «Kamolot», «Ustoz», «Mahalla», «Ulugbek» kabi jamg‘armalarda yoshlarimizning g‘oyaviy tarbiyasiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, vahobiychilik kabi siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini oligsda ko‘l keladi.

Demak, jamiyatda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning zamirida har bir fuqaroning manfaatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy pedagogik faoliyat sifatida ma’naviy-mafkuraviy targibot ishlarini olib borish, ya’ni milliy goya prinsiplarini aholi o‘rtasida targibot qilish yotadi.

Bu hakda Prezident IAKarimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «...chukur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tue olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachomgidam kura muhim ahamshgg kasb etmoqda1».

Ijtimoiy pedagogika ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning alohvda sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o‘rtasida milliy istikdol goyalarini targibot -tashviqogini keng olib borish imkoniyatini beradi.

Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir eta- digan g‘oyaviy-emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi.

Ijtimoiy pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chukur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq Ittifoq davrida ijtimoiy pedagogika yutuqtari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, mishshy an’analarga befarq bo‘lish holatlari bilan izoxdash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yubordi. Shuning uchuy ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchuy ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida fakrt ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqar- malarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot ba zasini ham o‘z ichiga oladi.

I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». T., Ma’naviyat. 119-bet.

Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o‘qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chupki ayrim odam onщdagi ijtimoiy kasallikning oldini olish va uning ma’naviy-axloqiy og‘ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurappa nisbatan ancha osondir.

Pedagogika fanidan malumki, tarbiya — bu ijtimoiy hodisadir. Demak, individning barkamol Shaxssifatida shakllanipsh uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Afsuski, pedagogika olamida yosh avlodning ijtimoiy hayotidagi hodisa va jarayonlarning tarbiyaviy ta’siri masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy o‘rganishga qaratilgan maxsus yo‘nalish nazardan chetda qolib keldi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchuy kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo‘nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning pedagogika o‘quv yurtlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chupki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o‘rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o‘rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o‘rganish davri yetib keldi. Demak, pedagogika fanining yana bir yo‘nalishi — IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo‘lgan ehgiyojni davrning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o‘ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so‘zlaridan tashkil topib ularning ma’nosini o‘zida jamlaydi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi.

Yangi bilimlarning o‘sishi ilmiy fikrlarning real hayotga tatbiq etilishi, yangi bilimlarning yuzaga kelishi, jamiyatning ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi, fanning different- satsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Chunonchi, asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to‘plam nuqgai nazaridan bir ob’ektni o‘rganuvchi mustaqil fan birligini o‘zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohvda kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafasi hamda psixologiya bilan o‘zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda... Bunday misollarni ko‘plab kelgirish mumkin.

Pedagogikada keyingi vaqgda differensiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika ham shular jumlasidandir.

Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va voqelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi. Uning o‘ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogika- sidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqtaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini i shla b chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqgai nazardan o‘rganish va yanada takomillashtirish davr taqozosidir.

Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimizning kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi — yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilandi.

«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog‘liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o‘zaro aloqalari turli shakllarda bo‘ladi. Demak, pedagogika o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to‘g‘risidagi fandir.

Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spesifik aspektda o‘rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog‘i spesifikasi «ijtimoiy» so‘zida namoyon bo‘ladi, «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o‘zaro muloqoti» for- malari bo‘lgan narsa-hodisalarni o‘zida jamlaydi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bo‘lagi bo‘lib, u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jihat- larini o‘rgatadi.

Shunday qilib, pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodni tar- biyalovchi va ta’lim beruvchi fan hisoblanadi, ijtimoiy pedagogika esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolani jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.

Insonni atrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishi, o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqaripsh, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashuvi murakkab va davomli hodisadir.

Har qanday jamiyatning rivojlanish etapida ma’lum ijti­moiy, ma’naviy qadr-qimmat, o‘zini tutishi, axloqiy qonun- qoidalar, normalarni ittitab chiqadi. Jamiyatning har bir a’zosi mazkur qonun-qoidalarni egallab, uning teng huquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko‘rsatadi. Bu ta’lim-tarbiya orqali amalga oshadi.

Jamiyatda o‘zaro munosabatda bo‘lgan, o‘zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlar orkdti bola ijtimoiy normalarni egallaydi. Bulardan ba’zilari bolaning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga avvalo o ila, ta’lim, madaniyat va din, turli-tuman klublar, birlashmalar, shuningdek, video-kino- prokat, kompyuter-internet tarmoqtari kiradi.

Ijtimoiy tarbiyalash tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o‘rganish lozim?

Ijtimoiy pedagogika — fanning shunday tarkibiki, uning vositasida:


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish