Ijtimoii pedagogika



Download 2 Mb.
bet118/205
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#259084
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   205
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Bola uchun muhit nima? Bolaga oila, ko‘cha, maktab, mahalla va televizor ta’sir o‘tkazadi.

Kucha—kam bo‘lmagan ahamiyatga molik omil. Ota-ona va o‘qi- tuvchilarda «ko‘cha» so‘zi asabni qo‘zg‘aydi. Vaholanki, bir kunda bola ko‘chada bir necha soat o‘tkazadi, xolos. Ko‘chada bola tevarak- olamni anglaydi. U yashayotgan joy upish dunyoqarashini belgilaydi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘smirni mehnat hayotiga tortilishini ortga suradi. Agar XX asrning 20-yillarida 16 yoshli bolalar ishlagan bo‘lsa, hozir ular tengi bolalar o‘qimoqda. Ijtimoiy tarbiya esa ko‘chada orttiriladi. Bu yerda keng muloqot doirasi bor. O‘smir o‘zini e’tirof etadi. O‘z yetakchisi, ilhomchisi mavjud bo‘ladi. Ziddiyat ko‘chada paydo bo‘lib, o‘sha yerda unga barham beriladi. O‘smirlar kattalardan mustaqillik maqomini tortib oladi. Ularga dakki-dashnomlar yoqmaydi. Bu yerda xarakter shakllanadi.

Shaxsshakllanishida bolaning o‘zini namoyon qilish, tarbiyalash, mustaqil ta’lim olish, ta’sirlanish qobiliyatini hisobga olish muhim. Ta’sirlanish—shaxsshsht o‘zini rivoj­lantirish manbai.

«Agar hamkorlik va mas’uliyat hissi jamiyat va Shaxsbir butunligini ta’minlovchi Shaxsasosini tashkil qilsa, insonning ezgulikdan ta’sirlanishi uning shaxsini mukammalashtiradi».

Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam — Shaxssifatida shakllanadi.

Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoyish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam Shaxssifatida ijtimoiy mavqega erishadi.

Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkich ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir.

Ijtimoiy faollik — shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligidir. Totalitar tuzum sharoitida ijtimoiy tizimning har kщщay joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsatolmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoniga, ko‘pincha upish real istaklari va intelekgual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli upish ijtimoiy jarayonlar, hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda shaxsning ijtimoiy harakat- chanligi ham, ya’ni jamiyatdagi o‘z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni haqidagi tasavvuri bilan real mavqei o‘rtasida farq bo‘lgan bir sharoitda ijtimoiy maqomni shaxsiy talablar, qobiliyatlar va istaklar asosida quradi.

Savol va topshiriqlar:

Shaxstushunchasi, Shaxsshakllanishi.

Shaxsijtimoiylashuvi, ijtimoiy tarbiya,

Shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi.

Ijtimoiylashuvining samaradorligi, ijtimoiy faollik deganda nimani tushunasiz?

O‘zbekiston va chet elda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanish tarixi

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.

Ijtimoiy pedagogika fanining ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan. Hozirda ijtimoiy pedagogika fan sifatida o‘quv rejasiga kiritilib, pedagogika oliygohlarining pedagogika, psixologiya, defektologiya yo‘nalishlarida o‘qitib kelinmokda.

Har bir fan aniq bir haqiqatdan «o‘sib chiqadi», uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqtariga asoslangan bo‘lsa, yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqtaydi, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Ijtimoiy pedagogikadagi amaliy faoliyat

bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning rivojlanishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar O‘rta Osiyo hududida jahon dinlari orasida eng qadimgi din Zardushtiylik hukmronlik qildi. Zardushtiylik insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» ni o‘z davrining o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinida axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) oltin uchlikka tayangan edi. Bu nodir yodgorlik ayniqsa ijtimoiy -pedagogik masalalarni tarixiy nuqtai nazardan yoritganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. «Avesto»da jamiyat bir buchu i ijtimoiy tuzum sifatida tasvirlanadi. Bunda davlat muassasalari bilan birga jamoat tashkilotlari bahamjihat faoliyat ko‘rsatishlari kerakligi ta’kidlanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jamiyatni boshqarish uchup Iloxiy Nizom va Odil Nizom zarurligi aytilib, davlat mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi barcha yo‘nalishlar shu Nizomlar doirasida faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Ilohiy Nizom talablari «Avesto»ning «Vendidod» va «Xot» qismlarida bayon etilgan. Ilohiy Nizomga ko‘ra odam faoliyatining barcha yo‘nalishlari ezgulik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi shart. Podshoh va vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan band bo‘lganlar. Mahalliy o‘z-o‘zini boshkerish mahkamalari samarali ishlashi uchun unga yordam berganlar, ammo ularning ichki ishlariga huda-behudaga aralashmaganlar. Bu hol mahalliy mahkamalar va «erkaklar uylari» kabi (hozirgi choyxonalar) jamoat muassasalari mas’uliyatini oshirishga imkon tug‘dirgan. Har bir odamning fe’l- atvori, xatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik nazorati ostida bo‘lib, ularning musbat va manfiy jihatlarini belgilashning aniq mezonlari bo‘lgan.

«Avesto»da inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlarni so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim deb yozilgan («xulq-atvor», 1).

«Avesto»ning katta qismi bo‘lgan « Yasnalarda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata) — yaxshi fikr, xukta (gukta) — yaxshi so‘z va xvarsha (gvarshta) — yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon shavqat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat sonunga shon shavqat baxsh etaman» («yasna», 14), deyiladi.

Atrof-muhit tozaligi va jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar nazorat qilib borganlar. Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo tartibga chaqirilgan, qilgan ishlari uchup javobgarlikka tortilgan. Daraxtning bir shoxini sindirgan ham, nopok ko‘zani hovuzga solgan ham 25 qamchi kaltak bilan jazolangan.

Er-xotinning bir-biri bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga yoqmasligi, fitna, bo‘hton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga jamoatchilik sira yo‘l qo‘ymagan. Zinokorlik qattiq qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa ko‘prik solib berish bilan o‘z gupohlaripi yuvishi mumkin bo‘lgan. Har bir sog‘lom inson diniy talab va Nizomni bekamu-ko‘st bajarish bilan birga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishi shart bo‘lgan. Gunoh ish qilganlar jamoatchilik nafrati yo‘li bilan jazolangan. «Avesto»da shu kabi ko‘plab ijtimoiy pedagogik muammolar o‘z ifodasini topgan.



«Avesto» tadqiqotchisi A. O. Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Boxy Mana («Ezgu fikr») va Apo Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi, deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. «Yaxshi fikr» deganda ilohiy-qopup ruhidagi kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchup harakat qilittg, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va b()1 pqa jihatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi nshshgi yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi. Zardushtiylik oltin uchli k ka tayangan axloqiy me’yorlar: YaXShI FIKR, YaXShI SO‘Z, YaXShI ISh dan iboratdir.

Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan.

Avesto ta’limotida inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni kasb- hunarga ega bo‘lishi), adolatli bo‘lishi (ya’ni, insoniy bo‘lishi), axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lishi, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli putqga ega, vatanparvar kuchli iroda bilim sohibi bo‘lishi zarur edi.

Xulosa qilib aytganda, «Avesto» da insonning barkamol bo‘lib yetishishida upish so‘zi, fikri, shli bir bo‘lishligiga katta e’tibor qaratilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab u plan keyingi yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Ijtimoiy pedagogika fanining rivojida islom ta’limogining o‘rni va roli ahamiyatlidir. Islomda ta’lim tarbiyaga katta o‘rin berilgan. Shu bois islom axloqi bir necha asrlar mobaynida shayushanib, qanchadan-qancha ayaщodlarimiz sinovidan o‘tib, o‘zining haqqoniyligi, hamma zamonlar va avlodlar uchup muvofiqtigi, kilgilik jamiyati manfaatlariga mosligi, insoniyat kamoliga, ma’naviyat taraqqiyotiga xizmat qilishini amalda tasdiqtagan, lgu tufayli davrlar sinovidan eson-omon o‘tib kelayotgan o‘lmas bir ta’limot, umumbashariy hayot dasturi bo‘lib kelmoqsa.

Bu ta’limot odamlarni eng olijanob insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalagiga xizmat qilgan holda ezgulik, ijtimoiy adolat, o‘zaro totuvlik, birodarlik, mehribonlik kabi yuksak umumbashariy qadriyatlarni barqaror aylab, insonlarni jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlaridek olijanob vazifani bajarishlariga xizmat qilib kelmoqsa.

Vatanimizning, jumladan, Osiyo xalqlarining shonli tarixidagi eng yorqin sahifalardan biri bo‘lgan ilk o‘rta asrlar xaqti ravishda Uyg‘onish davri deb ataladi. Chunki bu davrda ilm- fan, madaniyat sanat, adabiyot, falsafiy diniy fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘lib, asrlar mobaynida necha-necha avlodlarimizni o‘zining sermazmunligi, upiversallshi va insonparvarligi bilan hayratga solib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning bugungi mustaqillik sharoitida o‘tmish ajdodlarimizning goyalari, namunali ishlari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqsa.

Inson ongi va ruhi uchup kurashda ularga sog‘lom ijtimoiy- ruhiy muhit lozimligi haqidagi ilk goyalar XI asrda O‘rta Osiyoda keng tarqala boshlagan «Tasavvuf» ta’limoti namoyondalari Ibn Sino (980-1070), Najmiddin Kubro (1145-1221), Ahmad Yassaviy (XI asrning o‘rtalari), Alisher Navoiy (1441-1501), Nosir Xisrav (1044-1088), Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy (1103-1179), G‘azzoliy (1059-1111), asarlarida ko‘zga tashlana bordi.

Bu allomalarning fandagi asosiy xizmatlari shundaki, ular ijtimoiy muhit tushunchasidan foydalanmagan holda bu tushunchaga ma’no va mohiyati jihatidan yaqin turuvchi sharoit, holatlarning inson ta’lim-tarbiyasiga ta’sirini ilmiy asoslab berdilar.

Sharq uygonish davrining qomusiy olimi Abu Nasr Forobiy (873 —1037) ijtimoiy hayotning turli masalalariga to‘xtalgan. Jumladan:

davlat tuzilishi va uni boshqarish;

ijtimoiy nizolarning oldini olish;

kamolotga erishgan ijtimoiy jamoa yaratish, ya’ni yetuk jamoaga erishish;

hirs — havaslardan tozalanish;

inson jamoasining kelib chiqishi va h. k.

Ijtimoiy pedagogikaning predmeta insonning maqsadli ijtimoiylashuv jarayoni ekan, bu haqsa Abu Nasr Forobiy ham fikr-mulohazalarini bildirganligining guvohi bo‘ldik. Abu Nasr Forobiy «Falsafatu Aristutalis» («Arastu falsafasi») asarida kadimgi yunon olimlarining inson haqidagi fikrlarini quyidagicha sharxlagan edi: «Insonning muhim xususiyatlaridan biri

uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Insonning ijti­moiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u Shaxssifatida boshqa insonlar o‘rtasida shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‘lsa, o‘zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatdan halos bo‘la olmaydi». Abu Nasr Forobiy insonning yashapsh va oliy darajadagi yetuklikka eripgmog‘i uchun insonlar jamoasiga doimo ehtiyoj sezib yashashini ta’kidlaydi. Demak, inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u bir vaqgning o‘zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Forobiyning fikriga ko‘ra, kishilarda tugma qusurlar bo‘lmaydi. Insonning kщvday muhitda tarbiya topishiga upish kelgusida qanday Shaxsbo‘lib shakllanishiga muhit katta ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonning o‘z mohiyati bilan ijgimoiyligi, ya’ni fakdt jamiyatda, o‘zaro munosabatlari jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarash yotadi.

Abu Rayhon Beruniy insonni eng sharafli zot ekanligini e’tirof etib, inson faqat o‘zi uchup yashamasligi, u umumbashariy borliq ekanligini e’tirof etadi. Insonning ijtimoiylashuvida madaniy aloqalar zarur ekanligini va insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta’kidlaydi.

XV — XVI asrlarda O‘rta Osiyoda tabiatshunos-faylasuflar, tarixchi, shoirlar va musavvirlar o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular Abdurahmon Jomiy (1414 —1492), Jaloliddin Davoniy (1427 —1502), Alisher Navoiy (1441 —1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440 —1505) o‘z asarlarida inson aqti tafakkuri, upish qobiliyati, insonning alohida axloqiy xislatlari, insoniylik goyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.

O‘rta Osiyo xalqpari ma’naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o‘chmas iz qoldirgan mutafakkir Abdurahmon Jomiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari diqqatga sazovordir. Jomiy hamma bir-biri bilan teng bo‘lgan, ezuvchi va eziluvchi bo‘lmagan fozil jamiyatni orzu qiladi. Unga erishish yo‘llarini axtaradi. O‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik goyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni yorituvchi chirok, deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart, deb yozadi shoir.

Ular ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga doyr o‘z qarashlarini bildirib o‘tganlar. Aynan «Ijtimoiy pedagogika» degan atamani o‘z ijoddarida foydalanmagan bo‘lsalar-da, ijtimoiy hayotimizning, atrof-muhitning insonlarga, ularning ma’naviy dunyosiga ta’sirini atroflicha yoritib berganlar.

Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar — Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874 —1919), Munavvar qori Abdurashidov (1878 —1931), Abdulla Avloniy (1878 — 1934), Abduqodir Shakuriy (1875 —1943), H.H. Niyoziy (1839 —1929) va boshqalarning asarlaridan ham ko‘plab keltirish mumkin.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A Avloniy, A Shakuriy, Mupavar qori Abdurashidov, H.H. Niyoziy, Maxmudxo‘ja Behbudiy kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy jihatdan izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratganlar. A Avloniy, nomidagi X. G. Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba makgablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblangan.

Biroq, O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda sobiq Ittifoq «sovet» pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o‘zbek ma’rifatparvar-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etildi.

Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqgtacha bo‘lgan pedagogika sohasidagi, ya’ni oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30 yillar oxirida sotsializm g‘alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqgdan boshlab ijtimoiy muammolar haqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida yengil hal etiladigan, «eskilik sarqiti»deb baholandi. Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi.

1991 yilda O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko‘pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.

1997 yillar da «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topit, ma’naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli Shaxssifatida shakllantirishning eng samarali yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogika fan oldiga ta’lim tizimini demokrat- lashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalar qo‘yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda.

Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ipglari shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha mamlakatimizda: «Ma’naviyat va ma’rifat mar- kazi», «Oila» markazi, nodavlat hukumatga qarashli bo‘lmagan xayriya jamg‘armasi «Sog‘lom avlod uchup», O‘zbekiston Respub­likasi xalq ta’limi qoshidagi g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar, 2009 yilni «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yili, ya’ni har bir navbatdagi yilning ijtimoiy muammolarning biriga bag‘ishlanishi va uning an’ana tusiga kirishi katta ahamiyat kasb etadi. Masalan: 2001 yil — «Onalar va bolalar» yili deb e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan «O‘smir va sog‘lom turmush tarzi» deb nomlangan Respublika metodik seminari o‘tkazilib, maktablar da «Sog‘lom avlod tarzi» predmeta kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 1998 yilni «Oila yili», 1999 yilni «Ayollar yili», 2000 yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001 yilni «Onalar va bolalar yili», 2002 yilni «Hariyalarni qadrlash yili», 2003 yilni «Obod mahalla yili», 2004 yilni «Mehr-muruvvat yili», 2005 yilni «Sihat-salomatlik yili», 2006 yilni «Homiylar va shifokorlar yili», 2007 yilni «Ijtimoiy himoya yili», 2008 yilni «Yoshlar yili», 2009 yilni «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo‘llari izlanmoqsa.

Bugungi kunda ko‘plab empirik nazariy bilimlar to‘plangan, ularni to‘la anglamoq va tizimlashtirmoq talab etilmoqsa.

O‘tmittg allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi nuqtai nazardan o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim.

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida vujud ga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o‘rganishning o‘rni beqiyosdir.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish