Ta’limning vazifasi — o‘sib kelayotgan avlod tomonidan o‘quv fanlari tizimi — fan asoslari, texnika, mafkura, madaniyat va san’at, ijtimoiy tajribasining o‘zlashtirilishidir. Matematika asoslari, tabiiy fanlar, badiiy va jismoniy ta’lim, ona tili va xorijiy tillar bo‘yicha bilim olishdir. Ta’lim — mehnat tarbiyasi, o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotida ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnatda ishtiroki bilan bog‘liq.
Ta’lim jarayoni majburiy tartibda tarbiyaviy funksiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Ta’lim va tarbiya birligi zarurati o‘tmittg pedagoglari tomonidan bir necha marta ilgari surilgan. «Tarbiya- lovchi bilim» atamasi faqat hozirgi pedagoglar tomonidangina amaliyotga tatbiq etilmagan.
Muloqot, o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati, o‘quvchi va o‘quv jamoasida namoyon bo‘lgani uchup ta’lim jarayoni ijtimoiy xarakterga ega. Maktabdagi bilimdan tashqari o‘quvchi ommaviy axborot vositalaridan, oilasidan bilim oladi (radio, internet, matbuot kabi).
Tarbiya bu — Shaxsshakllanishi, upish xarakteri, his-tuygulari, axloqiy-estetik ideali, mehnat qilish uquvi, axloq madaniyati shakllanishidir.
Amaliyot ko‘rsatadiki, maktab ta’limi jarayonida, bola ijodiy tafakkuri—akdiy mashqlar metodini qo‘llash, nostandart fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchiga o‘ziga ishonch ortishida yordam berishni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan o‘qituvchi ko‘proq samaraga erishadi. Tarbiyalovchi ta’lim metodining favqulodda ahamiyati haqida rus pedagogi K. D. Ushinskiy yozib o‘tgan.
Tarbiya metodi — kattalarni bola rivojlanishiga ta’sir o‘tkazish usullari hisoblanadi. Tarbiya mazmuni, upi tashkil qilish shakllari va metodlari, Shaxsrivojlanishining yakuniy natija- lariga bogliq bo‘ladi. Shaxsni o‘rab turgan muhit haqidagi bilimni egallash jarayonida aqtiy tarbiya sodir bo‘lib, tafakkur, ijodiy yondashuv rivojlanadi. Sport bilan shug‘ullanish, sog‘liqni mustahkamlash bo‘yicha maktabda tashkil qilingan ishlar natijasida jismoniy tarbiya amalga oshadi. Maktabda o‘tkazilayotgan xuku kiy bilim, vatanparvar, baynalmilal, jinsiy axloq tuyg‘ularini rivojlantirish ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltiriladi.
Maktabning tarbiyaviy faoliyati o‘quv jamoasi, sinf jamoa- lari o‘zaro harakati, o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarishini tashkil qilinishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Maktab ishida darsdan tashqari va nomaktab tarbiya tushunchalari ham mavjud. Uning maqsadi—bolalar uchup turli badiiy, tasviriy, dramatik va fan to‘garaklarida mashg‘ulotga sharoit yaratish hisoblanadi. Shuningdek, bu ijtimoiy foydali ishni tashkil qilish, turli tadbirlar o‘tkazish hamdir.
Savol va topshiriqlar:
O‘quv-tarbiya muassasalarining mavjud tizimi.
Maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi. Ta’lim-tarbiya shakllari va metodlari.
Bola shaxsi, uning rivojlanishi va muhitga bog‘liqpigi
Shaxstarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob’ekt hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bupla u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqsor va sifat o‘zgarishlarni o‘z bosh i lyap kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga — bo‘yining o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqtiy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shayushanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi — bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va upish xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqtash va bexato baholash uchup uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim.
Pedagogikada «shaxe» tushunchasi «inson» tushunchasidan farqti o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Ya’ni jamiyat a’zosining boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shayushanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aqt, iroda, diqqat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bo‘lishi, insonni Shaxsdarajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikata zaruratni vujudga keltirmoqsa, Kursning nomidan ham ko‘rinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, Bunga misol tariqasida quyidagi jadvalni kelti- rishimiz mumkin:
Ommaviy axborot vositalari Iqgisodiyot
Ko‘cha-ko‘y, mahalladagi voqe’liklar ShAXS
Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar
Ishlab chiqarish jarayonlari
Ilm-fanning turli sohalari ^
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut — insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab) shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shui lay ijtimoiy institutlarni ijgimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila — ijtimoiylashishning yetakchi institut, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘z- lashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim — ta’lim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qi- layotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim o lit jarayonida, u pafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |