Birinchidan, inson hayotida ma’lum sabablar asosida yuzaga kelgan hodisalar o‘rganiladi.
Ikkinchidan, insonning rivojlanishi uchup qulay sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi.
Uchinchidan, ta’sir etuvchi hodisalarning oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv predmeta sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini xarakterlaydigan vazifani amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o‘rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo‘llash, muammoni oldindan ko‘rish va yechishga, sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko‘ra ijtimoiy gumanistik munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika sohasi pedagog faoliyati bilan bog‘liqsir. Shuning uchup ijtimoiy pedagoglar — pedagogika universitetlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog va pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqtiklaridan biri, har ikki sohaning ob’ekti — bolalar ekanligidadir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiy-lashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik- psixologik, sotsial-axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqtiy, psixik tomondan buzilishga yo‘l qo‘yilgan bolalardir. Bunday bolalar jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, balki bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidektushunishi va upish ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga ko‘mak bera oladigan mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchup haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqgda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogika o‘z nomiga ko‘ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug‘ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyittg mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson —inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevoeita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg‘armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o‘ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o‘rgatib boradi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika bir-biriga juda bog‘liq, lekin ularning farqi shundaki, pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug‘ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo‘qotganlar masalalarini o‘rganadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga, fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga e’tibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg‘iz yashovchilar, iqtisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa o‘kuv muassasalarida amalga oshadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o‘rganish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.
Bola (o‘smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o‘rgatib, o‘zaro tushunish hissini uygotish;
Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo‘yish, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganish va hayotda o‘z maqsad va mazmunini aniqtash yo‘llarini ko‘rsatish;
Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;
O‘z sha’ni, mustaqilligi va o‘ziga ishonch kabi tuyg‘ularni rivojlantirish;
Bola (o‘smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruxdarda odamlar bilan muloqot o‘rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o‘rinda ijtimoiy pedagogdan o‘z ta rb iyala puvch ilar i i i sh yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. Shuningdek, bolaga uni o‘rab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy xuquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu kabi amaliy vazifalarni qiskdcha tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: yaxshilik qilishga o‘rgatish, o‘z hayotini qurishda ko‘maklashish, bilimga qiziqishini orttirish, o‘z individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatipi takomil- lashtirish.
Ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o‘zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o‘z hayotiga mas’ul bo‘lish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo‘llab- quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsif- lanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati — xavf ostida qolgan odamga madad qo‘lini cho‘zish, oila va bolaga o‘z hayot yo‘lini topishda ko‘maklashish, o‘z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o‘rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazi- falaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |