Ijtimoii pedagogika


A) Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi



Download 2 Mb.
bet136/205
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#259084
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   205
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

A) Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi.

Tarbiyaning tabiatga uygun bo‘lishi — ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uygun bo‘littg prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yottgiga oid tafsifiga tayangan holda bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatga uygun bo‘lishi haqida gapirgan edi. Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Abu Ali Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yolyun xislatlarni k^yta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axlossiz insonni tarbiyalamoqchi bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi, inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.

Sharq Uyg‘onish davri mutafakkiri Abu Nasr Forobiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarida izohtagan ediki, inson tabiatning eng oliy mavjudoti, u atrof-muhitni har tomonlama idrok qilishi mumkin.

Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan, siyosiy fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalashda atrof-muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi.

Tarbiyaning tabiat bilan uygun bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedgogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalarini ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo, bola tarbiyasi tabiat bilan uygun ravishda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlab, yozadi: «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Shveysariya pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchup muassasalar va bolalar uyini yaratgan, uning fikricha, tabiat maqsadi — inson tabiiy kuchlari inson maqsad va qobiliyatlarini rifojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis pedagogi Adolf Disterverg ham I. G. Pestalotsi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya printsipi deb hisoblab, ta’lim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi zarurligini uqtirgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygun bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K. D. Ushinskiy o‘zining asosiy «Inson tarbiya- sining mavzusi sifatida» degan psixologik pedagogik-asarida yozgan ediki, bolaning ta’lim-tarbiyasi uchun prinsiplar va qoidalarni bilibgina qolmay, ularni har bir aniq bola uchup har bir aniq holda tatbiq qila olishi lozim. K. D. Ushinskiy fiziologiya gigiena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi.

Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uygun bo‘lishi prinsipida huyidagi qoidalarga tayanishi lozim:

bolalar yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish;

me’yoridan chetga chitali bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;

bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;

bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.

Tabiiylik, tabiiy muvofiqtik — bolani tarbiyalash, o‘qitittt

va ijtimoiylashtirish bolaning jismoniy psixik rivojlanilsh qonuniyatlari asosida sodir bo‘lilsh va talgkil etilishi kerak.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish