Ijtimiy fanlar


Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichi



Download 0,95 Mb.
bet44/88
Sana31.05.2022
Hajmi0,95 Mb.
#622687
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (1)

Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichi - milliy ma'naviyatimizning Islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomilining uchinchi bosqichi va yetakchi tamoyillaridan biri, Tavhid Haqiqatining irfoniy ta'rifini shakllantirgan tasavvuf tamoyili tarixida ayni XII—XIII asrlar keng xalq ommasini o’ziga jalb eta boshlagan ulug’ tariqatlar zamoni bo’ldi va bu yo’nalishning eng mukammal nazariy asoslari ham shu asrlarda yaratildi. Riyozat ma'rifatining eng yuksak namunalarini ko’rsatgan o’z zamonasining ma'naviy qutblari – ulug’ piri murshidlarning aksariyati shu asrlarda yashab o’tdilar.

  • Irfon — tasavvuf nazariyasi, Borliq haqiqatini anglab yetishning tasavvufiy yo’nalishi. Irfon Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga daxldorligini amalda ta'minlash yo’li.

  • Zuhd — zohidlik, moddiy olam hirs-u havaslaridan butkul yuz o’girib, Alloh ibodatiga berilish, tarki dunyochilik, tasavvuf tamoyili tarixida birinchi bosqich.

  • Shariat - (arab tilidagi lug’aviy ma'nosi "yo'1"). Islom dinida barcha musulmonlar rioya qilishi shart bo’lgan umumiy qonun-qoidalar. Tasavvuf yo’lini tanlagan so’fiylar uchun rioya qilish shart bo’lgan birinchi bosqich.

  • Tariqat — arab tilida "tariq"so'zining lug’aviy ma'nosi ham "yo'1" bo’lib, "tariqa(t)"ning tasavvufiy ma'nosi ma'naviy kamolot sari intilgan so’fiyning maxsus tanlagan yo’lidir. Bu yo'l tavba maqomidan boshlanib, muridning bir ulug’ piri murshidga qo'1 berishidan ("fano fi-sh-shayx" maqomi) to "fano fi-l-loh" darajasiga yetishgunicha davom etadi. Majoziy ma'noda bu bosqichdagi piri murshidning vazifasini kulolga, muridni uning qo’lidagi loyga, "tavba" maqomini loyning xas-xashakdan tozalanishiga qiyos qilish mumkin. Barcha gunohlaridan astoydil tavba qilgan muridni sopol yoki chinni yasashga yaraydigan loy deb tasavvur qilsak, piri murshid unga ishlov berib, yaxshi bir ko’za yasaydi, unga jilo berib, "oftobda quritgach", pi-shirish uchun "xumdon"ga soladi.

  • Ma'rifat — tasavvufda tariqatdan keyingi uchinchi bosqich bo’lib, "Alloh(Haq)ni tanish" ma'nosini bildiradi va "fano fi-1-loh" maqomidan "baqo bi-l-loh" maqomigacha bo’lgan ma'naviy takomil darajasini anglatadi. Yuqoridagi majoziy o’xshatishni davom ettirsak, "ma'rifatulloh" bosqichini xumdonga qiyos etish o’rinli bo’lib, bu "xumdon"ning olovi esa "ishqi ilohiy"dir. Ana shu muqaddas ishq olovi butun borlig’ini chulg’ab olib, inson ruhiyatidagi nafs yo’liga moyillik va xudbinlik "chirki"ni butkul kuydirib tashlagan bo’lsa, so’fiy "haqiqat" bosqichiga ko’tarilib, oriflik maqomiga erishadi. Tasavvufda faqat oriflik maqomiga erishgan so’fiygina piri murshid xirqasiga noil bo’lishi mumkin.

  • Fano fi-sh-shayx” – to’liq ishonch bilan piri murshid irodasiga o’zligini topshirish. Bu maqomni to’g’ri talqin qilish uchun tasavvufdagi piri murshidlik maqomining asl mohiyatini anglab yetish talab etiladi.

  • Fano fi-l-loh” – lug’aviy ma'nosi:"Allohda yo’q bo’lish". Tasavvufiy ma'nosi: ilohiy ishq jazbasida butkul o’zlikdan kechish. Mansuri Xallojning mashhur"Analhaq" xitobi ushbu holatning eng yorqin namunasidir.

  • Baqo bi-l-loh” — lug’aviy ma'nosi "boqiylikda (abadiylikda) Alloh bilan". Tasavvufiy ma'nosi: nafsoniy va xudbinlik mayllaridan butkul ozod bo’lib, irodasini to’liq Borliq haqiqatiga bo’ysundirish, oriflik maqomiga yetishish.


  • Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish