Ijt im o iy ish etikasi darsligi bo ‘yicha atamalar a ltruizm



Download 45,88 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi45,88 Kb.
#201205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
атамалар

Bolalar - o‘ziga xos ehtiyoj va manfaatlarga, ijtimoiypsixologik xususiyatlarga ega 18 yoshgacha bo‘lgan aholining
ijtimoiy-demografik guruhi.
Bolalik - insonning hayotiy davri bosqichi. Unda organizm
shakllanadi, muhim funksiyalari rivojlanadi, individning faol
ijtimoiylashuv sodir bo‘ladi (ya’ni jamiyatning sog‘lom va to‘la
huquqli a’zosining shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy faoliyat
turlari o‘zlashtiriladi, bilimlar, qadriyatlarning ma’lum tizimi
o‘rganiladi).
Bixeviorizm - (inglizcha - behaviour - xulq-odat, xattiharakat) - XIX asr oxiri, XX asr boshlarida psixologiyada paydo
bo‘lgan muhim yo‘nalish. Bixevirorizm asoschisi E.Torndayk
hisoblanadi. Bixeviorizm dasturi va termini birinchi marotaba
J.B.Uotson (1913) tomonidan taklif etildi. Bixeviorizm ilmiy asoslar
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bixeviorizm zaminida inson
xulqining tashqi muhitda harakatlantiruvchi verbal va emotsional
ta’sirlar majmuasini tushunilishi yotadi. Bixeviorizmning uchun
manbayi sifatida pozitivizm falsafiy tamoyillari anglashiladi, chunki
fanning vazifasini bevosita kuzatuvni tahlil etish va bayon etish
tashkil etadi deb hisoblaydi.
Valeologiya - sog‘lom turmush tarzi, inson organizmining
jismoniy imkoniyatlari, insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati haqida, salomatlikka xavf soluvchi texnologik omillaming
ta’siri, aholining sanitariya va gigiyena me’yoriy talablariga amal
qilish, salomatlikni tiklash usullarini o‘rgatish shakllari haqidagi
ta’limdir.
Vasiylik - 1) yaqinlari va qarindoshlarning qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan layoqatsiz fuqarolarning shaxsiy, mulkiy huquq va
manfaatlarini muhofaza qilish shakli; 2) g‘amxo‘rlik, otalikka olish.
Vasiylik sud tomonidan belgilanadi.
Vasiylik - ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlaridan biri; fuqarolarning mulkiy huquqi va manfaatlarini va shaxsni himoyalashning
huquqiy shakli.
Vasiylik: a) ota-onasiz qolgan 15-18 yoshdagi voyaga yetmaganlar ustidan; b) o‘z huquq va majburiyatlarini mustaqil amalga
oshirolmaydigan, salomatligi yo‘q voyaga etganlar ustidan;
d) ichkilikbozlik yoki giyohvandlik natijasida sud tomonidan
mehnatdan mahrum qilingan shaxslar ustidan belgilanadi. Vasiylikning turli shakllari ichida - internat uylar, ota-ona qaramog‘idan
ayrilgan bolalarga yordam ko‘rsatish markazlari, boshqa oilalarga
bolalarni joylashtirish va boshq.
Vijdon - axloqiy ong tushunchasi, o‘zining ijtimoiy xulqi
uchun axloqiy javobgarlik.
Ko‘pincha ijtimoiy ishchilar o‘z faoliyatida yomon xulqli
mijozlarining vijdonini «uyg‘otish»ga harakat qilishadi.
Gedonizm - (yunon tilida gedoni - huzur-halovat). Etika
nazariyasidagi axloqiy talablarini asoslash tamoyili bo‘ lib, unga
ko‘ra, huzur-halovat keltiruvchi va azob-uqubatdan qutqazuvchi
narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb
e’tirof etiladi.
Gum anizm - (lotincha - «Humanitas» - insoniylik, insonparvarlik, inson haqida g‘amxo‘rlik) - insonni himoya qilish, uning
huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan ta’limot. Ushbu
m a’noda gumanizm tushunchasi Sharq mutafakkirlarining ijodida
ham o‘z aksini topgan. Gumanizm zamonaviy jamiyat va davlatni
tashkil qilishning tamal toshlaridan biri ekanligi umuminsoniy
tamoyilga aylandi. Hozirgi davrda BMT, YUNESKO. EXHT kabi
nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlarida gumanizm tamoyiliga
tayanadilar va har bir xalqaro muammoni hal qilishda gumanizm
talablariga rioya qilishni zaruriy shart deb biladilar: 1) keng
ma’noda, inson qadr-qimmatini uning erkinligi, baxt, qobiliyatlarini
rivojlantirish va ko‘rsatishga bo‘lgan huquqini tan olishda
asoslangan dunyoqarashlarining tarixiy o‘zgaruvchi tizimidir. Inson
baxti ijtimoiy institutlami baholash omili, birlik, adolat, insoniylik
printsiplari - odamlar o‘rtasidagi munosabatlar me’yori hisoblanadi;
2) tor ma’noda - Uyg‘onish davrining madaniy harakatlanish.
Ijtimoiy ishning muhim printsiplaridan biri.
Ijtimoiy moslashuv - individ, qatlam, guruhning o‘zgaruvchan yoki o‘zgargan hayotning ijtimoiy sharoitlariga faol
moslashtirish jarayoni va natijasi. Ijtimoiy moslashuvda ikki xil
shakl mavjud: a) faol, ya’ni subyekt muhitga uni o‘zgartirish
maqsadida ta’sir etishga intilsa (masalan, u o‘zlashtirish kerak
bo‘lgan qadriyatlaming, o‘zaro ta’sir etish va faoliyat shaklining
o‘zgarishi); b) passiv, ya’ni subyekt o‘sha ta’sir va o‘zgarishdagi
jarayonga intilmasa. Ijtimoiy moslashuvning muvaffaqiyatli
ko‘rsatkichi bo‘lib mazkur muhitda individning yuqori ijtimoiy
mavqeyi, bu muhit hamda uning eng muhim elementlari bilan ruhiy
qoniqishi hisoblanadi (asosan, ish bilan, uning sharoit va mazmuni,
mukofatlash, tashkilot bilan qoniqqanligi). Ijtimoiy moslashishning
past ko‘rsatkichlari bo‘lib subyektni boshqa ijtimoiy muhitga
ko‘chirish (kadrlaming tez-tez almashish, migratsiya, ajrimlar)
hisoblanadi. Ijtimoiy moslashuvning muvaffaqiyatliligi muhit va
subyektning tavsifiga bog‘liqdir. Bunda ijtimoiy moslashuv inson
turmushining biologik, psixologik, sotsial sohalarini qamrab oladi.
Ijtimoiy moslashuv tushunchasining umumiy maqomi aniq ilmiy
sohalar uchun invariant bo‘lgani bois unga juda keng ta’rif berish
zarurati sezilmoqda. Ijtimoiy moslashuv tashqi va ichki muhit
ta’sirini in’ikos etuvchi tizimlaming alohida turi bo‘lib, ular bilan
dinamik muvozanat o‘matuvchi tendentsyaga qaratilgan. Bu
uvozanat tizimlarni, ularning tashqi muhit bilan va o‘sha tizimlar
rivojida, uyg‘un munosabatini ta’minlaydi.

Download 45,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish