IJT IM O IY ISH ETIKASI DARSLIGI BO ‘YICHA ATAMALAR
A ltruizm (egoizmning aksi) - odamlarga ongli va ixtiyoriy
xizmat qilish, boshqalarga yordam berishni istamoq, muhabbat,
sodiqlik, vafodorlik ramzi asosida ularning baxtiga ko‘maklashish.
Bu ibora O.Kont tomonidan egoizmga qarama-qarshi ma’noda
kiritilgan. Altruizm ijtimoiy ishdagi asosiy tamoyillardan biri
hisoblanadi. Altruizmga xos boMgan qobiliyat ijtimoiy-madaniy
soha ishchilarining muhim sifatlaridandir.
Altruizm shaxsning o‘z-o‘zini baholash, «yagona bir o‘zim»
deyish qoidasidan voz kechishini anglatadi. Altruizm axloqiylikni
tashqaridan baholash orqali ta’minlanadi, shuning uchun altruizm
insonni o‘z faoliyatiga vijdon bilan qarash, xolisona baholashga
majbur etadi.
Altruizm yaxshi fazilat sifatida buddizm va xristianlik
etikasida tavsiflangan. Altruizm tushunchasi keyinchalik XVIII asr
ingliz etikasida (A.Shefsberi, F. Xatchesori, A. Smit) va boshqa
fransuz ma’rifatparvarlari g‘oyalarida rivoj topgan.
0 ‘z qadriga etish, boshqalarning qayg‘usini yengillashtirishga
qaratilgan g‘oyalar Shopengauer tomonidan ham rivojlantirildi.
A.Nitsshe tomonidan inkor qilingan gumanizm etikasi altruistik
ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
A ltruist - o‘zgalarga beg‘araz g‘amxo‘riik qiluvchi va
odamlar baxt-saodati yoMida o‘zini qurbon qilishdan voz
kechmaydigan shaxs. Shuni ham nazarda tutish kerakki, o‘zini
yomon ko‘radigan, o‘z qadr-qimmatini anglamaydigan shaxsdan
altruist etishib chiqmaydi. Altruist o ‘zini er bilsa; boshqani sher deb
hisoblaydigan mard, kamtar va o‘zgalar baxt-saodati, faravonligi,
erki, ozodligida o‘z ideallarini ko‘ra boshladigan, olijanob shaxsdir.
Javonmardlar oddiy hunarmandlar, ziyolilar vakillari boMib,
ular muayyan jamoaga uyushadilar. Ularning ustoz (pir) lari bo‘lar
edi. Utoz oldida mardlik belbog‘ini bogMagan va unga chin yigitlik
so‘zini bergan odam o‘z ahdiga sodiq qolar, hayotini jamoa
manfaatiga, do‘stu yorlariga bag‘ishlardi. Javonmardlar bir-birlarini
aka-uka, birodar, qiyomatli do‘st deb bilardilar. Ular molu dunyo
deb o‘z vijdonlarini aslo sotmas, shunday qilganlarga qarshi astoydil
kurashardilar. Ayni chog‘da javonmardlar vatanni tashqi dushmanlardan himoya qilishar, mustamlakachilarni yurtlaridan haydab
chiqarishda qahramonlik namunasini ko‘rsatishardi.
0 ‘zbeklarda mehmonnavozlik, do‘st-birodarlarga sodiqlik,
qarindosh-urug‘ini qadrlash, qiyin ahvolga tushganlarga yordam
qo‘lini cho‘zish, muruvvat va saxovatpeshalik javonmardlik
ta’sirida tarixan qaror topgan, desak xato bo‘lmaydi. Demak,
altruizmning sharqona ko‘rinishi bo‘Igan javonmardlik g‘arbiy
shakllar mazmunini yanada boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |