Ijrosining buxgalteriya hisobi ikkinchi bob. Moliya organlarida davlat budjeti ijrosining


Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (3-shakl)



Download 31,08 Kb.
bet4/7
Sana12.05.2020
Hajmi31,08 Kb.
#50074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYA ORGANLAM DA DAVLAT BUDJETI

Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (3-shakl)

Muayyan mahalliy budjetga xizmat qiluvchi bank muassasasi ushbu mahalliy budjet mablag‘lari hisobvarag'i bo'yicha har kuni o‘z ko'chirmasini unga ilova qilib barcha boshlang'ich (dastlabki) hujjatlami mazkur moliya organiga beradi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasi tomonidan bu berilgan hujjatlar asosida moliya organining buxgalteriya xizmati har kuni «Mahalliy budjet mablag‘ lari depozit hisobvarag'iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» ni (3-shakl) tuzadi. Ma’lumotnomada budjet tasnifining bo‘limi, bobi, paragrafi, daromadlaming nomi, hujjatlar soni va to‘lovning har bir turi bo‘yicha summasi ko‘rsatiladi. Kun ichida budjet ijrosi bo‘yicha barclia operatsiyalarga tuziladigan memorial orderda daromadlaming umumiy summasiga tegishli schyotlar korrcspondensiyasi keltiriladi. Mahalliy budjet hisobvarag‘iga kelib tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma memorial order, mahalliy budjet mablag‘ lari hisobvarag‘idan ko‘chirma va boshqa hujjatlar bilan birga moliya organining buxgalteriya xizmatining hujjatlar yig‘majildlariga tikib saqlanadi.

Moliya organlarida qo’llaniladigan buxgalteriya hujjatlariga yozuvlar yozuv qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Ikki yoki undan ko‘proq nusxalarda tuziladigan buxgalteriya hujjatlari, yozuv mashinkasi bo‘lmaganda, nusxa ko‘chiradigan qog‘oz ostida sharikli ruchka pastasi bilan to‘ ldiriladi. Buxgalteriya hujjatlaridagi bo‘sh qatorlar chizib chiqiladi. Buxgalteriya hujjatlarida qirish va izohlanmagan tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buxgalteriya hujjatlaridagi xatolami, noto‘g‘ri yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga to‘g‘ri matnni yoki summani yozish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Ustidan ingichka chiziq keyinchalik avval yozilganlami o'qish mumkin bo‘ lishi uchun chiziladi. Buxgalteriya hujjatidagi xatoni tuzatish «tuzatilgan» degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda hujjatni avval imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi tasdiqlangan boMishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talablarga javob bermaydigan hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Moliya organi buxgalteriya xizmatiga kelib tushgan boshlang‘ich hujjatlar, albatta, shakli bo‘yicha (barcha rekvizitlar va imzolaming borligi) hamda mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaming qonuniyligi, ayrim olingan ko‘rsatkichlaming mantiqan o'zaro bog‘liqligi) tekshirib chiqiladi. Hujjatlardagi ma’lumotlaming ishonchliligiga, boshlang‘ich hujjatlaming o‘z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan hujjatlar har kunlik barcha operatsiyalar bo‘yicha 274-shakldagi umumiy memorial-order rasmiylashtiriladi.

Tekshirilgan va buxgalteriya hisobiga olish uchun qabul qilingan hujjatlar operatsiyalaming amalga oshirilgan sanasi bo‘yicha xronologik tartibda tartiblashtiriladi va tegishli memorial-orderlar bilan rasmiylashtiriladi.

Memorial-orderlar operatsiyalar amalga oshirilishi bilan, ammo hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuziladi va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.

Memorial orderlar hisobga olish registrlariga yozilishidan avval birinchi sonidan boshlab ketma-ket tartibda, har oy uchun alohida raqamlab chiqiladi.

Наг bir hisobot oyi tugagandan so‘ng barcha memorial-orderlar, ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda yig‘ilgan va kitob qilingan bo‘lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lmagan taqdirda ulaming uch oyligini birga qo'shib kitob qilish mumkin. Kitobning muqovasiga: Moliya organining nomi; kitobning nomi va tartib raqami; hisobot yili (yil va oy); memorial-orderlaming boshlang'ich va oxirgi raqami; kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.

Hujjatlaming saqlanishi, ulaming rasmiylashtirilishi va arxivga berilishini bosh buxgalter ta’minlaydi. Hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Moliya organining buxgalteriya arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari belgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining kitoblarini buxgalteriya arxivida saqlash muddati tugagandan so‘ng belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlarining kitoblari arxivga topshirilganligiga dalil bo‘ ladigan hujjatlar buxgalteriyada doimiy saqlanadi.

U yoki bu sabablarga muvofiq buxgalteriya hujjatlari yo'qolsa yoki o‘g‘ irlansa, u holda moliya organi rahbari bu holatni tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi va yozma tarzda moliya organi joylashgan hududdagi huquqni muxofaza qilish organlariga va yuqori moliya organiga xabar bcrishi kerak.

Moliya organida maktab ta’lim i fondi budjetining ijro etilishi bo'yicha buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos bo‘lib quyidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:

1) budjetdan tashqari maktab ta’lim i fondi daromadlari va xarajatlarining parametrlari;

2) moliyalashtirish miqdorlari o'zgarganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma-xabamoma (17-mtj shakl);

3) farmoyish (5-mtj shakl);

4) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha xabamoma (11-mtj shakl);

5) maktab ta’lim i fondi maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘ lar harakati to‘ g‘risida ma’lumotnoma;

6) maktab ta’lim i fondi mablag'lari bo‘yicha xarajatlar smetasi bajarilishi to‘g‘risida oylik va choraklik hisobotlar;

7) 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari muassasalarining maktab ta’lim i fondi mablag‘lari hisobidan kapital qo'yilm alar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish bo‘yicha hisobotlari;

8) memorial order (274-shakl);

9) 0‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki muassasalarining maktab ta’ lim i fondi mablag‘ lari maxsus hisobvarag‘idan ko‘chirmalari, 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab ta’lim i fondi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari to‘g‘ risidagi hisobotlari;

10) maktab ta’lim i fondi mablag‘larining ijro etilishi bilan bog‘ liq boshqa hujjatlar.


Download 31,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish