IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
93
ma‘lumotlar asosida o‗tmishdagi insonlarning Olam to‗g‗risidagi dunyoqarashlarini bilib
olamiz.
Yozma manbalarga ko‗ra xarita tuzgan kishilar o‗zlari yashab turgan joyni Olamning
markazi (masalan, Afina, Aleksandriya, Misr) deb belgilaganlar. Buyuk faylasuflar Aristotel
(mil. aw . IV — III asr), Pitolemey (milodning II asri) Olamning markazida qo‗zg‗almas Yer,
uning atrofida barcha osmon jismlari joylashadi va harakatlanadi deb geosentrik g‗oyaga asos
soldilar. Geosentrik (geo — yer, sentr — markaz) g‗oyaga ko‗ra Dunyoning markazida Yer,
barcha osmon jismlari Yer atrofida aylanadi. Geliosentrik (gelio — Quyosh, sentr — markaz)
g‗oyani yunon olim i Pifagor (mil. avv. VI — V asr) va uning safdoshlari yaratdi. Faqat ular
dunyoning markaziga butun borliqqa hayot beruvchi „Markaziy oy― ni, ya‘ni Q uyoshni
qo‗yishdi. Yerni shar shaklida deb hisoblashdi. Polyak astronomi Nikolay Kopermikning
fikricha, Olamning markazida Quyosh joylashgan, uning atrofida butun osmon jismlari,
jumladan, Yer ham aylanib turadi. Ushbu geliosentrikni qo‗llab-quvvatlagan va boshqa
sayyoralarda ham hayot borligini yoqlagani uchun Jardano Bruno 1600- yilda Rim shahrida
o‗tda kuydiriladi. Galiley esa 1633- yilda ,,tavba― qilib kechirim so‗ragani uchun omon qolgan.
Vatandoshlarimiz A l-Farg‗oniy va Beruniylar ham shu g‗oya tarafdori bo‘lganlar. Olam
va hayotning paydo bo‘lishi to‗g‗risidagi tushunchalar o‗tmishda kishilarning osmon jismlari
harakatini qiziqish bilan kuzatishlari natijasida kelib chiqqan. Lekin osmon jismlari qachon va
qanday paydo bo‘lganligi, ularda kechadigan turli hodisalarning sabablari jumboqligicha
qolavergan. Inson ongi Olam sirlarini bilishda ojizlik qilgani va o‗zlarini ham xudo
yaratganligiga ishonganligi uchun osmon jismlarini xudolarning timsoli deb bilganlar. Masalan,
qizg‗ish sayyora Mirrix (Mars)ga qonni yaxshi
ко
‗radigan „urush xudosi― deb, bizga eng yaqin
sayyora Zuhra (Venera)ga ,,go‗zallik xudosi" deb nom berganlar.
Qadimgi yunon afsonalariga ko‗ra, osmonda ko‗ndalang yo‗nalgan Somon yo‘lining
durdona (yulduz) lari bu „yunon xudosining ko‗kragidan otilib chiqqan sut― deb talqin
qilingan. Darhaqiqat, barcha mavjudotning yaratuvchisi yagona ilohiy kuch bo‘lgan. Bu
qudratli ilohiy kuch bir-biridan bajaradigan vazifasiga ko‗ra farq qiladigan xudolarni yaratgan.
Masalan, hali tepada osmon, pastda esa Yer bo‘lmasdan burun okean xudosi Apsu va dengiz
xudosi Jiamata dunyoda hukmronlik qilgan. Keyinchalik Yer xudosi Geya, shamol xudosi
Eol, Yer osti xudosi Pluton, Yer osti olov xudosi Vulkan, suv (dengiz) xudosi Neptun va
boshqa xudolar odamlar e‘tiqodida paydo boMa boshlagan va ularga sigMnishgan. Lekin
musulmon xalqlari yagona yaratuvchi Ollohdan boMak hech qanday xudo yo‗q degan
fikrdadirlar.
Demak, Olamda mavjud bo‗lgan turlicha geometrik ko‗rinishdagi to‗rsimon
makonlarning birortasida bir paytning o‗zida kengayish kuzatilsa, boshqa joylarida siqilish
bo‘lib turadi deb aytsa bo‗ladi. Turli joylarda uzluksiz sodir bo‘layotgan bunday jarayonlar
Olam taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradi. Shunga o‗xshash fikrni
O‗zbekiston Milliy universitetining geografiya fakulteti dotsenti P.N . G ‗ulomov ham
ta‘kidlagan. Olamning kelajak taqdiri esa moddiy jarayonlarning nisbati va o‗zaro ta‘siri bilan
uzviy bog‗liq. Shubhasiz, u bir holatdan ikkinchi holatga o‗tib turadi. Har holda yuqorida
ko‗rib o‗tilgan Olam taqdiri modellarining qaysi biri hayotiy ekanligini kelajakdagi yangi
kashfiyotlar natijasi ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |