Ayni vaqtda ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatli va raqobabardosh bo’lishiga erishish, bu ishni katta sarmoya va kapital mablag’larga ega bo’lmagan holda amalga oshirish zarur edi.
Mana shuning uchun kichik va o’rta korxonalarning, xususiy tadbirkorlikning ahamiyati nechog’li beqiyos ekanini isbotlab o’tirishga hojat yo’q, - deb ko’rsatdi I.Karimov (17 iyul 2001 y. Vazirlar Mahkamasining majlisida so’zlagan nutqida).
Masalaning boshqa yana bir o’rta muhim tomoni ham bor. Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o’ziga xos xususiyatini inobatga oladigan bo’lsak, bizda aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o’sib bormoqda. Ularning soni yiliga taxminan 200-230 ming kishiga ko’paymoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |