2.1.TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB - QUVVATLANISHI.
O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash shakllari va turlari.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida kichik biznes ma’lum darajada rivojlanib bordi. Lekin ularni yaratish sur’atlari, ularni muttasil rivojlanib borishi va umumiqtisodiy hayotdagi o’rni bozor iqtisodiyoti talablariga xali javob bera olmaydi. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llarida xali to’siqlar, qiyinchiliklar ko’p. Ularni faqat davlatning kompleks tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbir-choralari asosida engib o’tish mumkin. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy shakli bo’lgan kichik biznesni yaratish va rivojlantirish bizning sharoitimizda yangi va murakkab jarayondir. Ular ish boshlab, o’z faoliyatlarini yo’lga qo’ygunlaricha juda ko’p qarshiliklarga, qiyinchiliklarga duch keladilar. Tadbirkorlik muammolari bo’yicha o’tkazilgan so’rov ma’lumotlari buni tasdiqlamoqdalar. Yuqoridagi keltirilgan qiyinchiliklar turli xil sabablar bo’yicha 40 %dan 83 % gacha bo’lgan.
Ma’lumki O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari etarli darajada yaratilgan. Lekin ulardan tashqari tadbirkorlikni rivojlantirishning qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy asoslari ham yaratilgan. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish yo’li bilan yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasini shakllantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko’rsatish ayniqsa, bank, auditorlik, konsalting, vositachilik, bank faoliyatidan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borishini talab qiladigan hizmatlar hajmini keskin oshirish, axolining ko’pchiligi tadbirkorlik, biznes ishlari bilan shug’ullanish, xoxishini yaratish va ularni bozor iqtisodiyotiga jalb qilib, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish maqsad qilib qo’yilgan. Shuning uchun:
1995 y. 28 avgustda Vazirlar Maxkamasining “O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qullab-quvvatlash Davlat dasturi” qabul qilindi.
Ushbu dasturda davlat yordamining shakllari va xillari, mutasaddi tashkilotlar, kichik biznesga yordam berish uchun mablag’ olish manbalari ko’rsatilgan.
Kichik biznesni rivojlanishini qo’llab-quvvatlash shakllari va turlari nihoyatda xilma-xildir. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Davlat - huquqiy yordami;
Tashkiliy va boshqaruv yordami;
Moliyaviy-iqtisodiy yordam;
Moddiy-texnikoviy yordam;
Ijtimoiy-psixologik yordam.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshida «Iqtisodiy isloxotlar, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo’yicha boshqarmalar a’ro Kengash» ishlab turibdi. Uning vazifasi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini beradi, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash shakllarini belgilaydi, kichik biznesning umumiy g’oyasini (ideologiyasini) yaratadi. Bu Kengash tadbirkorlik sohasini rivojlantirish strategiyasini, yo’nalishini, qullab-quvvatlash usullari, shakllarini belgilaydi.
Oliy Majlis ixtiyoridagi «Iqtisodiy isloxotlar va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash Qo’mita» tadbirkorlikning xuquqiy asoslarini yaratadi va uni takomillashtirib (to’ldirib, tuzatib) boradi. Qonun doirasida tadbirkorlar manfaatlarini himoyalash vazifalarini bajarib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qoshida kichik va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish bo’yicha «Respublika Muvofiqlashtirish Kengashi» faoliyat ko’rsatadi. Uning ixtiyorida 5 ishchi guruhi yaratilgan.
Davlat mulkini boshqarish va Tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |