Dunyo bozorida iste’mol mollari kon’yukturasi hozirgi zamon sharoitida o’rtacha har 9-oyda o’zgarib turadi. Agar shuni hisobga olsak kichik va o’rta biznes iqtisodiyotining izchil rivojlanishida nechog’lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko’rinadi.
Yirik korxonalarning butlovchi qismlar, materiallar etkazib beradigan tarmoqlarni barpo etishi rag’batlantirildi. Bu esa sanoatda import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish muammosini hal etish imkonini beradi hamda tashqi bozorlarga yapon tovarlari va texnollogiyalarini eksport qilish hajmining o’sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |