Ииршишнивп ■l/fl w eb-dizflyn ■



Download 9,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/110
Sana24.01.2022
Hajmi9,72 Mb.
#407171
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va web-dizayn.Мамаражабов М



3  4  5
3.5-rasm.
  Property  Bar paneli.
O i c h a m   m aydoni  (Size)  (2  raqam )  bezakli  shtrixlarning 
o‘lchamini  1  dan  999  gacha foizlar  hisobida  o'zgartirish  imkonini 
beradi.
Obvektlar  ro'yxati  maydoni  (3  raqam)  —  bu  ro ‘yxatda  turli 
formatdagi  purkaladigan  obyektlarning  namunalari  keltirilgan.
Save  tugmachasi  (4  raqam)  m o ‘yqaJam  rejimida  ish  yuritish 
bilan  bir  xil.
O'chirish  tugmachasi  (Delete)  ro'yxatdagi  xohiagan  variant- 
lardan  birini  o'chiradi  (5).
Purkash  tartibi  (Srau  Order)  obyektning  kontur  bo'ylab joyla­
shish  ro‘yxatini  taqdim  etadi:  tasodifan  (Ramdom),  ketma-ketli 
(Sequentially),  yo‘nalish  bo‘ylab  (Bu  Direction).
Obvektlar  ro ‘yxatiga  q o ‘shish  tugmasi  (Add  to  SprayList) 
obvektlar  ro'yxatiga  yangi  elem entlarni  qo'shish  imkoniyatini 
beradi.  Ulardan  keyinchalik  «Ijrochi»  qatorini  (play  list)  tashkil 
qilish  mumkin.
SavoI  va  topshiriqlar
1.  Imitatsiya  uskunasi  (Artistic  Media)  deganda  nimani  tushunasiz?
2.  Kalligrafiya  rejimi (Calligraphis)da  qanday  chiziqlarni  chizish  mumkin?
3.  Obyektlarni purkash  nima?


II  BO ‘L IM . 
WEB-DIZAYN
IV  BOB
WEB-DIZAYN  VA  W EB-SAHIFA  YARATISH
Y O ‘LLARI 
4.1.  Web-dizayn  tushunchasi
Dizayn 
(ingliz tilidan 
design  —
 injener-konstruktor, lotinchadan 
designare —
  o lc h a b   ko‘rmoq,  o ‘lchab  bermoq)  — bu ijodiy faoliyat 
bo‘lib,  uning  asosiy  maqsadi  sanoat  buyumlarining  formal  sifatini 
belgilaydi.  Bu  sifat,  shuningdek  buyumning  tashqi  qirralarini  o ‘z 
ichiga  olish  bilan  birga,  asosan,  shu  luzilmaviy  va  funksional 
aloqadorlikni xaridor hamda ishlab chiqanivchi ko‘zi bilan qaraganda 
uni  yagona  holatga  keltiradi.  Dizayn  sanoat  ishlab chiqarishi  bilan 
bog'langan, insonni o ‘rab turgan atrof-muhitning barcha jabhalarini 
qurshab  oladi.
Dizaynning  turlari 
dizaynerlik  faoliyati  loyihalash  predm e- 
tining  farqlanishi,  loyiha  ishining  maqsadlari  va  usullari  hamda 
uning yakuniy natijasi  bilan  farqlanadi.  Dizaynning quyidagi turlari 
mavjud:
—  grafik  dizayn;
—  sanoat  dizayn;
—  web-dizayn.
Grafik  dizaynda 
—  informatsion  grafika,  reklama  va  boshqalar 
bilan  ishlanadi.  Web-dizayn  va  grafik  dizayn  nomining  o ‘xshash- 
ligiga qaramasdan, dizaynning turli yoknalishlari  bo‘lib hisoblanadi. 
Web-dizayn  m a’lumotni  saytda tasvirlash  uchun  ishlatiladi.  Ammo 
grafik dizayn bilan  web-dizayn  o ‘zaro bog4angan.  Grafik  dizaynda 
tayyorlangan 
illustratsiyalar
  saytlarni  bezashda  keng  ishlatiladi. 
Grafik  dizayn  aslida  foydalanuvchiga  uzatiladigan  m a’lumotning 
qabul  qilinishini  loyihalashi  kerak  [35,  44].
Grafik  dizaynning  yoknalishlari:
1.  Firma  stili.
2.  Shriftlar.
3.  Plakat.
88


4.  Grafik  reklama.
5.  Kitobiy  grafika.
6.  Gazeta  grafikasi.
7.  Jurnal  grafikasi.
Sanoat dizayni 
-  maishiy buyumlar va asbob-uskunalami ishlab 
chiqishda,  mashinasozlik  obyektlarida,  transport  vositalarida  va 
boshqalarda  ishlatiladi.
Bulardan  tashqari  dizaynning  bir  qancha  ko'rinishlari  mavjud. 
Bular: 
arxitektura dizayni, kiyim va aksessuarlar dizayni, art-dizayn, 
reklama  dizayni.
Web-dizayn 
(ingliz  tilidan  olingan  b o iib , 
web-design  —
  web 
sahifani  loyihalash  m a ’nosini  bildiradi)  —  bu  web-sahifaning 
jihozlanishidir.  Web-dizayn  sayt  uchun  xuddi  poligrafiya  dizayni 
va  qog‘ozli  nashrlar  dastgohlari  singari  muhim  rol  o'ynaydi.  Web- 
dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish, 
balki  uning  strukturasini  loyihalash,  unda  harakatlanish  vositalari, 
ya’ni  butun  saytni  yaratish  tushuniladi.  Shu  sababli  ham  biz  ushbu 
darslikda  nafaqat  w eb-m uharrirlarni,  balki  grafik  m uharrirlar, 
animator  dasturlarni  ham  gapirib  o iish n i  m a’qul  kokrdik  [21,  22].
Agar  sayt  juda  ajoyib  bezatilgan  b o iib ,  amm o  unda  qulay  va 
tushunarli  harakatlanish  chizmasi 
ham m abop  kerakli  matnlar 
boim asa, sayt yaxshi dasturchilar tom onidan tayyorlangan samarali 
dasturiy  vositalarga  ega  b o i m a s a   —  bunday  sayt  tezda  o ‘z 
foydalanuvchilarini  yo‘qotadi  va  undagi  noqulaylik  (hattoki  u 
professional  va  munosib  stilda  tayyorlangan  b o isa   ham)  muvaffa- 
qiyatsizlikka  mahkum  b oiadi.  Yaxshi  web-dizayn  saytning  sahifa- 
larini  hamohanglik  bilan  birlashtiradi.  Boshqacha  aytganda,  web- 
dizayn  saytning joylashish  o ‘rnini  belgilaydi.
Web-dizaynni  o ‘rganishda  quyidagi  uchta  tushuncha  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi: 
Web-sahifa,  Web-sayt  va  Web-server.
Web-sahifa 
-   o ‘zining  unikal  adresiga  ega  b o ig a n   va  maxsus 
ko‘rish  dasturi  yordamida  (brauzer)  ko‘riluvchi  hujjatdir.  Unga 
matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya m a iu m o tlar birlashmasi
—  multimediyali  hujjatlar,  boshqa  hujjatlarga  giperm urojaatlar 
kirishi  mumkin.
Web-sayt 
— bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 
Inglizcha  «site»  (tarjimasi  «joy»)  so‘zining  o'zbekcha  talaffuzi.
89


U m um jahon  o'rgim chak  to ‘ri  m a ’lum  axborot  topish  m um kin 
bo‘lgan va  noyob  U RL bilan belgilangan virtual joy.  M azkur U RL 
web-saytning  bosh  sahifasi  manzilini  ko‘rsatadi.  0 ‘z  navbatida, 
bosh  sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga 
murojaatlar bo‘ladi.  Web-sayt  sahifalari  HTM L,  ASP,  PH P,  JSP, 
grafik .va  boshqa  fayllardan  tashkil  topgan  bo'lishi  mumkin.  Web- 
saytni  ochish  uchun  brauzer  dasturidan  foydalaniladi.  Web-sayt 
shaxsiy,  tijorat,  axborot  va  boshqa  ko‘rinishlarda bolishi  mumkin.
Web-server 
—  tarmoqqa  ulangan  kompyuter  va  undagi  dastur 
hisoblanib,  umumiy  resurslarni  mijozga  taqdim  etish  yoki  ularni 
boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar m a ’lumotlar bazalari 
va  multimediyali  m a’lumotlarni  bir-biriga  moslashtiradi.  Web- 
serverda  W eb-sahifa  va  W eb-saytlar  saqlanadi.  Web-server  — 
Internet  yoki  Internetga  ulangan  umumfoydalanishdagi  axborot 
serveri.  Unda  hujjatlar  va  fayllar  —  audio,  video,  grafik  va  matn 
fayllari  saqlanib,  ular  foydalanuvchilarga  H TTP  vositalar  orqali 
taqdim  etiladi.  Web-server nomi  u  umumjahon tarmog‘ining qismi 
b o ‘lgani  uchun  kelib  chiqqan.  Maxsus  dasturiy  t a ’minotga  ega 
b o ig an ,  bir  yoki  bir  necha  web-sayt  fayllarini  saqlash  va  ularga 
ishlov  berish  mumkin.  Bir  necha  web-sayt  bitta  kompyuterda 
ishlasa,  Web-server  deganda  web-sayt  ishlovchi  virtual  makon 
(dasturiy ta ’minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi.  Shunga ko‘ra 
ko‘pchilik  uchun  «web-server»  deganda  «web-sayt»  tushuniladi. 
Ko‘p axborotni  saqlovchi web-saytlar bir paytning o lzida bir necha 
kompyuterda  saqlanishi  va  ularga  ishlov  berilishi  mumkin.  Web­
server  mijozlarning  web-saytga  so‘roviga javob  beradi.
Bu  tushunchalarga  qo‘shimcha  web-hujjat  tushunchasini  ham 
ko‘rib  o'tamiz.
Odatda,  maxsus H TM L (Hyper Text Markup  Language) tilidagi 
Web-hujjat jahon  o ‘rgimchak  uyasining asosini  tashkil  qiladi.  Ular 
gipermatndan  iborat  bo‘lib,  foydalanuvchiga  ajratib  ko'rsatilgan 
so‘z yoki jumlaga  qaratib,  m a’lumotlarni  o ‘qish,  hujjatning boshqa 
qismiga  yoki  ayni  hujjat  bilan  giperhavola  yordamida  bog‘langan 
b o sh q a   w e b -h u jja tg a   o ‘tish   im k o n in i  b e ra d i.  W eb -h u jjat,. 
shuningdek,  m atn ,  tasvir,  tovush,  videolarni  mujassamlovchi 
giperm uhit  m a ’lumotni  ham  o ‘z  ichiga  olishi  mum kin.  Web- 
hujjatni  ochish,  ularni  o ‘qish  yoki  aks  ettirish  Internet  brauzerlari
90


yordamida amalga oshiriladi. Web-hujjat tushunchasi web-sahifalar 
va  web-saytlar  tushunchalari  bilan  chambarchas  bogiiq.  Odatda, 
web-sahifasi  atamasi  web-hujjat  atamasining  smonimini  bildiradi. 
Web-sayt  atamasi  esa  yagona  mavzu  ostida  birlashtirilgan  yoki 
bitta tashkilot, muallif yoki foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan sahifalar 
majmuasiga  tegishlidir.
M unosib  w eb-dizaynni  y aratish d a  qatnashuvchi  quyidagi 
elementlarni  sanab  o ‘tishi  mumkin:
Shrift 
—  web-sayt  ichida  imkoni  boricha  bitta  shrift,  yoki, 
odatda, ikki-uchta bir-biriga o ‘xshash (oson qorishadigan) shriftlarni 
qo‘shib  ishlatish  mumkin  bo‘lgan  xususiyatlar  va  tanlangan  fonda 
o ‘qish  mumkin  bo'lgan  ranglarga  ega  boiishi  lozim.
Abzats 
— imkoni boricha web-saytning barcha sahifalarida  matn 
va boshqa vizual  materiallarni  tekislash  (sozlash)ning bir ko‘rinish- 
larida  boiishi  maqsadga  muvofiq.
Web-saytning rangli sxemasi 
— sahifaning oddiy matnini, havola 
va tashrif buyurilgan  havolalarni taqdim qilishning uch xil  ranglarini 
belgilaydi.  Rangli  sxema,  yoki  turli  mavzudagi  saytning  boiim lari 
uchun  bunday  sxemalaming  bir  nechta  ko‘rinishi  saytning  barcha 
sahifalarida  takrorlanishi  lozim.
W eb-dizayn  o ‘zida  belgilangan  rangli  va  mantiqiy  sxemani 
birlashtirgan qandaydir grafikli jihozlashni nazarda tutadiki, shuning 
uchun  ish  boshida  saytni  jihozlashning  umumiy  konseptsiyasini 
o ‘ylab ko‘rish  kerak bo‘ladi.  Barcha grafik elementlarni  ikkita katta 
sinfga ajratish  mumkin:  chizilgan va biror real voqelik fotosuratlari. 
Saytni  bezash  ishlarida  bu  ikki  tipni  aralashtirib  yubormaslik  yoki 
ularni  w eb-saytning  tem atik  yoki  m antiqiy  qismlariga  t o ‘g‘ri 
taqsimlash maqsadga muvofiq.  Shuni alohida takidlab o ‘tish kerakki, 
saytda  har qanday tipdagi  fotosuratlarni  illustratsiya  sifatida  ishla- 
tishdan  oldin,  ularni  tegishli  tarzda  qayta  ishlash  zarur.
W eb-dizaynning  asosiy  maqsadi  —  saytning  egasiga  foyda 
(moddiy, ma'naviy) keltiradigan koi'inishda taqdim qilishdan iborat. 
Foyda  sayt  orqali  mollarni  to ‘g ‘ridan-to‘gsri  sotish  orqali  bo‘lishi, 
shuningdek,  unga  qo'shimcha  firmalarni,  mahsulotlarni  reklama 
orqali yangi mijozlarni o lziga tortish yo‘li bilan ham kelishi mumkin. 
Ta’limda esa bularga q o ‘shimcha o ‘quv resurslarini yetkazib berish, 
ta’limni  boshqarish  ishlarini  amalga  oshirish  mumkin.
91


M a ’lumki,  w eb-dizayner  boshqa  kasblarga  nisbatan  yosh 
(yangi) kasb  hisoblanadi.  Internetga bo‘lgan talabning ortishi bilan, 
saytlaming  dizayniga  b o ig an   talab  va  web-dizaynerlar  soni  ham 
ortib  bormoqda.
Endi  web-loyihalarning  asosiy  tiplari  va  ularning  har  birini 
vizual bezashga qo‘yiladigan talablar bilan tanishib chiqamiz. Saytlar 
tarkibiga  ko‘ra  quyidagi  asosiy  tiplarga  bo‘linadi:

Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish