Ii–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access



Download 1,53 Mb.
bet85/119
Sana26.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#903278
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)

Nazorat savollari


  1. Ro‘yxat qanday yaratiladi?

  2. Katakchalardagi ma’lumotlardan ombor sifatida foydalanish.

  3. Ma’lumotlarning to‘g‘rilik darajasi qanday aniqlanadi?

  4. Satr va ustunlar qanday saralanadi?

  5. Bir necha ustun bo‘yicha saralash tartibini bayon eting.

  6. Filtrlash qanday amalga oshiriladi?

  7. Foydalanuvchi avtofiltri qanday yaratiladi?

156

    1. Makroslar yordamida unumdorlikni oshirish




Excel foydalanuvchilari tez-tez takrorlanuvchi masalalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi- masalan, moliyaviy hisobotlarda sarlavhalar yozish yoki bir necha ustun kengligini o‘zgartirish. Agar shunga o‘xshash harakatlar vaqtni olib qo‘ysa, ularni makros ko‘rinishida yozish mumkin. Makros Excelda bajariluvchi nomlangan buyruqlar ketma-ketligidir.
Agar ustun sarlavhasi matnini yarim qalin va kattalashtirilgan shrift bilan yozilishi zarur bo‘lsa, sarlavhani avtomatik formatlash uchun makros yozish mumkin. Формат / Стиль (Format / Style) buyrug‘i yordamida ham formatlashning xuddi shunday effektlariga erishish mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda makroslardan foydalaning.
Bu ehtiyotkorlik ishni avtomatlashtirish uchun makroslardan foydalanmang, degani emas. Makrosni yozishdan avval, birinchi navbatda Excelning imkoniyatlarini bilan tanishish va qachon makrosdan foydalanish maksimal foydali bo‘lishini bilish zarur. Excelda foydalaniladigan Visual Basic makroslar tili ko‘pgina masalalarni yechishda katta imkoniyatlarga ega. Ammo, ko‘pgina hollarda to‘rt yoki besh sodda Excel buyruqlarini almashtiruvchi makroslar foydaliroq bo‘ladi.


      1. Makrosni yozish




Excel katakchasi odatda 8 ta belgini oz ichiga oladi. Quyidagi misolda varaqning birinchi ustuni kengligini 25 belgiga, boshqa uchta ustun uchun

  • 15 tadan belgiga moslab makros yozamiz. Makrosni yozish uchun

Сервис / Макрос / Начать запись (Tools / Macro / Record Macro)
buyrug‘idan foydalanamiz, makros nomi Запись макроса (Record Macro) muloqot oynasida beriladi. Masalan, ustun kengligini avtomatik o‘zgartirish makrosini yaratish quyidagicha bajariladi:
Makros yoziladigan varaq ekranga chiqariladi. U faol kitobning alohida modulida saqlanadi va bu kitobning ixtiyoriy varag‘ida bajarish mumkin bo‘ladi.
Сервис / Макрос / Начать запись buyrug‘i bajariladi. Natijada
Запись макроса muloqot oynasi ochiladi (II.9.1-rasm).
Имя макроса (Macro Name) maydonida kerakli nom kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Keyinchalik bu nom makrosni bajarish va tahrirlash uchun kerak bo‘ladi (makros nomi bo‘shliq yoki tinish belgilarini o‘z ichiga olmasligi kerak). Excel Запись макроса muloqot oynasini yopadi

157
va alohida anjomlar paneliga Остановить запись (Stop) tugmasini joylashtiradi va makrosni yozishni boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab, ixtiyoriy katakchani tanlash yoki Excel buyrug‘ini bajarish makrosda saqlanadi (yozish tugallangandan so‘ng normal ishga qaytish uchun Остановить запись tugmasi bosiladi).


II.9.1-rasm. Makrosni yozish muloqot oynasi
Endi amallar bajarish boshlanadi. Birinchi ustun tanlanadi - uning nomi (A harfi) da sichqoncha tugmasi bosiladi, so‘ngra Формат / Столбец / Ширина (Format / Columns / Width) buyrug‘i bajariladi. Ustun yangi kengligini kiritishni taklif qiluvchi muloqot oynasi ochiladi.
A ustun kengligini 25 belgiga o‘zgartirish uchun Ширина столбца
matn maydoniga 25 soni kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.
B,C va D ustunlar ajratiladi, va yana Ширина buyrug‘i bajariladi.
Ширина столбца (Column Width) matn maydoniga 15 soni kiritiladi va

OK tugmasi bosiladi.
Kursorni varaq boshiga keltirish uchun A1

katakchasi tanlanadi




(II.9.2-rasm). Har doim makrosni yozishda so‘nggi qadam, ekranda ishni boshlashning minimal holatiga keltirib qo‘yish bo‘lishi zarur.
II.9.2-rasm. Formatlangan ustunlar ko‘rinishi

158


Makrosni kiritishni tugallash uchun makrosni yozish davrida ochiladigan anjomlar panelida Остановить запись tugmasi bosiladi. Yozish tugallanadi va Excel makrosni kitobning oxirida joylashgan maxsus, modul deb nomlanuvchi, joyida saqlaydi.
Kitobni makroslar bilan birgalikda saqlash uchun Файл / Сохранить
(File / Save) buyrug‘i bajariladi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish