Faraz qilaylik, matn qismini hujjatning ekranda ko‘rinmaydigan qismiga qo‘yish kerak. Bunday hollarda matn avval almashuv buferiga ko‘chiriladi, so‘ngra matn surilib, kerakli joy ekranga chiqariladi va matn buferdan qo‘yiladi.
Almashuv buferi – xotiraning bir qismi bo‘lib, axborotlarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi. Matnni almashuv buferiga olish uchun avval ajratiladi. Стандартная(Standard)anjomlar panelida Копироватьвбефер(Copy)tugmasi bosiladi. Bunda matnda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, ammo ajratilgan matn nusxasi almashuv buferiga joylashadi. Buferdagi nusxani qo‘yish uchun kursor kerakli joyga qo‘yiladi va Стандартная(Standard)anjomlar panelida Вставитьизбефера (Paste)tugmasi bosiladi. MicrosoftWord olingan nusxani kursor turgan
joydan boshlab qo‘yadi. Zarurat tug‘ilganda uni tahrirlash mumkin. Matn qismini ko‘chirish uchun u ajratiladi va Стандартная(Standard)anjomlar panelida Удалитьвбефер(Cut)tugmasi bosiladi. Natijada ajratilgan matn qirqib olinadi va matn hujjatda qayta taqsimlanadi. Surish orqali kursor matn qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyga olib kelinadi va Стандартная(Standard)anjomlar panelida Вставитьизбефера(Paste) tugmasi bosiladi. Matn kursor turgan joydan boshlab qo‘yiladi. Hujjatning matn qo‘yilgan joydan boshlab quyi qismi qayta taqsimlanadi.
Matnni tekshirish va orfografik xatoliklarni to‘g‘irlash
Orfografik(Орфографик) xatoliklarni tekshrish uchin maxsus funksiya mavjud bo‘lib, maxsus tugma yoki Орфография (Правописание(Spelling))buyrug‘i orqali yoqiladi. Tekshiruv kursor turgan joydan boshlanadi va hujjat oxirida tugallanadi. Microsoft Word har bir so‘zni standart lug‘at bo‘yicha tekshiradi. Ayrim so‘zlar to‘g‘ri yozilgan, ammo lug‘atda bo‘lmasligi mumkin. Орфография (Spelling) muloqot oynasida faqat noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar tasvirlanadi, hujjatda uni ajratadi. U
16
haqiqatan ham noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, taklif qilingan ro‘yxatdan to‘g‘ri variantni tanlash yoki o‘zingiz to‘g‘irlashingiz mumkin.
Hujjatni boshidan tekshirish uchun kursor hujjat boshiga qo‘yiladi va Стандартная(Standard)anjomlar panelida Орфография(Spelling)tugmasi bosiladi. Agar noto‘g‘ri yozilgan so‘z lug‘atda bo‘lmasa, u holda Варианты(Suggestion)oynasi bo‘sh bo‘ladi (I.3.2-rasm). Bunday hollarda Пропустить(Ignore)tugmasi bosiladi va tekshirish davom ettiriladi. Agar ro‘yxatda to‘g‘ri variant mavjud bo‘lsa, u ajratiladi va Заменить (Change) tugmasi bosiladi. Agar ikkita bir xil so‘z ketma – ket uchrasa, birinchi maydon nomi Повторслов(RepeatedWord)ga almashadi. Bunday hollarda Удалить (Delete) tugmasi bosilib, ortiqcha so‘z o‘chiriladi. Tekshirish tugallangandan so‘ng OKtugmasi bosiladi.
I.3.2-rasm. Orfografiyani tekshirish
Mavjud xatolikni mustaqil to‘g‘irlash uchun Нет в словаре (Not InDictionaty)maydoni tanlanadi va matn Заменитьна(ChangeTo)maydoniga kiritiladi. Bunday xatoliklar tez-tez uchrab tursa, Автозамена(AutoCorrect) tugmasi bosiladi. Keyingi navbatda bunday xatolik uchrasa, MicrosoftWord uni avtomatik ravishda to‘g‘irlaydi.
Matnning biror qismi ajratilib, Орфография (Spelling) tugmasi bosilsa, Microsoft Word faqat ajratilgan qism orfografiyasini tekshiradi. Tekshiruv tugallangandan so‘ng, tekshiruvni davom ettirish to‘g‘risida so‘rov chiqariladi. Tekshiruvni tugallash uchun Нет (No)tugmasi bosiladi.