Sezgi organlari tashqi muhit ta’sirini qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi hosil bo‘lishi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv markazlari bilan bog‘- liq. Sezgi organlari organlar faoliyatini nazorat qilib va boshqarib turadi. Masalan, odam svetofoming qizil chirog‘iga to‘xtaydi, tanish ovozni eshitib, o‘girilib qaraydi, gaz hidini sezganida oshxonadan xabar oladi. Sensor sistemalar, ya’ni analizator.Nerv impulslari sezgi organlarida joylashgan retseptorlardan sezuvchi ney- ronlar orqali markaziy nerv sistemasiga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida yarimsharlar po‘stlog‘idagi neyronlaming qo‘zg‘alishi sezgi tuyg‘usini hosil qiladi. Retseptorlar, qo‘zg‘alishni nerv markazi- ga o'tkazadigan nerv yo‘li va yarimshar- lar po‘stlog‘ining maxsus zonasi sensor sistemam (lot. sensus - sezgi) hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |