Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Zarafshon daryosi va uning tarmoqlari



Download 0,76 Mb.
bet19/20
Sana27.03.2023
Hajmi0,76 Mb.
#922234
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism

Zarafshon daryosi va uning tarmoqlari
Zarafshon daryosi Ravotxo’ja to’g’oni yaqinida ko’shni Tojikiston hududidan oqib chiqib, mustaqil Vatanimiz – O’zbekiston Respublikasi sarhadlariga kirib keladi. Mamlakatimiz hududida daryo Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib o’tadi. Samarqand shahri yaqinida, uning shimoli-sharqidagi Cho’pon tepaligi yonida, Zarafshon ikki tarmoqqa – Oqdaryo (o’ng, uzunligi 131 km ) va Qoradaryo (chap, uzunligi 127 km)ga ajraladi. Ushbu ikki tarmoq Miyonko’l orolini hosil qilib, Navoiy viloyatining Xatirchi tumani markazi-Yangirabot shaharchasi yaqinida birlashadi va yana Zarafshon nomi bilan oqadi. Zarafshon suvining 70-75% qismi uning Qoradaryo tarmog’idan oqadi. Bu oraliqda atrofdagi tog’lardan daryoga ko’plab soylar oqib tushadi. Bu soylar suvining ozligi va sug’orishga olinishi natijasida ular Zarafshon daryosi va uning tarmoqlarigacha etib kelmay, qurib qoladi.
Navoiy shahri yaqinida, Boyqut va Toshrabot qishloqlari oralig’ida, daryo vodiysi ancha torayadi. So’ng janubi-g’arbiy yo’nalishda oqib, Qizilqum cho’lining sharqiy chegaralariga kirib boradi. Bu erda daryo Buxoro, so’ng Qorako’l vohalaridan oqib o’tadi. Mana shu oraliqda, ya’ni Qorako’l shahrigacha daryo Qorako’ldaryo deb ham ataladi. Qorako’l shahridan 3 km yuqorida qurilgan to’g’on- suv taqsimlagichda Zarafshon suvi kanalarga bo’lib yuboriladi. To’g’ondan quyida daryo o’zani yana ikki tarmoqqa ajraladi: chapdagisi (kattarog’i) Toyqir, o’ngdagisi esa Sarbozor deb ataladi. Har ikki tarmoqning yuqori qismi sug’orish kanali sifatida xizmat qiladi. Sug’orishdan ortgan va ekin maydonlaridan chiqqan qaytarma suvlar Toyqir o’zani orqali Dengizko’lga quyiladi. Zarafshonning Sarbozor tarmog’i ham Qorako’l vohasida ancha masofada oqib o’tadi. Lekin, quyi oqimida uning o’zani ko’pincha quruq bo’ladi. Aniq qilib aytganda, hozirgi kunda Zarafshon Amudaryoga etib bormaydi.

III. Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Samarqand viloyati respublikamiz, qolaversa,undan tashqarida ham mashxur bo’lishiga qaramasdan, uning umumiyijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi, xususan, sanoat, turizim sohalari imkoniyat darajasida emas. Shu sababdan ham, mamlakatimiz mintaqaviy siyosatida unga alohida etibor qaratilmoqda.
Rayonning kuchli tomonlari uning foydali qazilmalari va mehnat resusrlari, nisbatan qulay, transporti, geografik o’rni, zaif tomonlari esa suv zaxiralarining yetishmasligi “cho’llik” hususiyatidir. Xo’jaligi ham mukammal hududiy ishlab chiqarish majmuasi ko’rinishida shakllanmagan.
Zarafshon iqtisodiy rayoni transchegaraviy xususiyatga ega bo’lgan Zarafshon daryosining o’rta va quyi qismini o’z ichiga oladi. Tabiiy va geografik jihatdanuning aksariyati qismi Qizilqum cho’llaridan iborat. Tog’li hududlari qisman Samarqand viloyati ajralib turadi. Buxoro viloyati bu borada o’rtacha mavqega ega.
Zamonaviy geografiyada bugungi kunning asosiy masallasi O`zbekistonning turli rayonlarda bo`layotgan o`zgarishlarni o`rganish katta ahamiyat kasb etadi, xususan Zarafshon iqtisodiy geografik rayoni xam uziga xos tabiiy va iqtisodiy ko`rsatgichlar bilan O`zbekistonning boshqa rigyonlaridaan farq qiladi.
Zarafshon iqtisodiy geografik rayoniga qisqacha tavsif beradigan bo’lsak, eng avvalo iqqtisodiy rayonning rivojlanishda geografik o’rnini alohida takidlash muhimdir.Tabiiy va iqtisodiy geografiya uzviy bog’liqdir zero, iqtisod tabiatsiz rivoj topmaydi va yuksalishda ham davom etmaydi. Har bir iqtisodiy geografik rayonning tabiiy va iqtisodiy tavsifi bo’ladi. Geografik rayonni tabiiy tavsifda rayonning hududi unga qo’shni hududlarga nisbatan joylashgan o’rni va u rayonning tabiiy imkoniyatlari baholanadi. Iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, unda bu jarayonning sanoat jihatdan salohiyati, transporti qishloq xo’jaligining ahamiyati baholanadi.
Iqtisodiy jihatdan bu rayonning rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar eksport va importdagi ahamiyati boshqa rayonlarga nisbatan iqtisodiyotini ajratib turuvchi jabhalarini ta’kidlashimiz mumkin.
Biz bilamizki, Zarafshon iqtisodiy rayoni o’zining jadal rivojlanishi bilan O’zbekistonda o’z o’rniga ega bo’lib kelayotgan rayon hisoblanib, iqtisodiyotdagi o’rni kattadir. Zarfshon tabiiy-geografik rayoni Zarafshon vodiysining o’rta va quyi qismini o’z ichiga oladi. Relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefiga ko’ra, 3 qismga: Zarafshon vodiysiga, Turkiston-Nurota-Oqtog’ va Zarafshon –Ziyovuddin tog’lariga bo’linadi. Zarafshon vodiysi botiqda joylashgan, uning kengaygan joyi Samarqand, Buxoro va Qorako’l vohalari. Toraygan joylarda Hazar va Qorako’l yo’llari joylashgan. Vodiy, asosan, lyoss, qum, shag’al konglomeratlar bilan qoplangan palegan va neogen jinslardan iborat eng baland joyi Oqtog’ (2005 m). Uning Shimolida Nurota-Qo’ytosh botig’i joylashgan. Botiq shimoldan Nurota tizmasi (1500 m) o’rab turadi. Eng baland joyi, Haydarboshi (2165 m) cho’qqisidir.
Vodiyning o’rab turgan tog’lari Gersin burmalanishida ko’tarilgan mezozoy davrida yemirilgan, alp bosqichida yana ko’tarilgan. Foydali qazilmalarda volfram (Nurota), oltin (Marjonbuloq), marmar (Gozgon va Oqtog’) omonqo’ton konlari bor va yerda turli ma’danlar qazib olinmoqda.
Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashib, neogen davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli quruqlikka aylangan, so‘ngra daryo o‘zanini yuvib, chuqurlashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu qayirlar gil, qumoq va lyossimon jinslardan tashkil topgan.
O‘rta Zarafshon okrugini har ikki tomonidan o‘rab turgan tog‘lar esa paleozoy erasining ohaktosh, kristall va slanes kabi tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslar gersin tog‘ hosil bo‘lish jarayonida burmalangan. Natijada okrug shimolida Nurota, Oqtov va Qoratov, janubida esa Qoratepa, Ziyovuddin hamda Zirabuloq tog‘lari ko‘tarilib qolgan. Bu tog‘lar so‘nggi nurash oqibatida pasayib, Zarafshon daryosining irmoqlari va soylar hamda fizik nurash ta’sirida yassilanib, qiymalanib, hozirgi qiyofasi shakllangan.
O`rta Zarafshon okrugining tog` oldi tekisliklarida asosan och bo`z tuproq tarqalgan, ba`zi yyerlarda esa oddiy bo`z tuproqlar uchraydi. Okrugning tog`larga tutashgan kismlarida esa och bo`z tuproqlar to`q bo`z tuproqlar bilan almashinadi. Och bo`z tuproq tarkibida boryo`g`i 0,5—1,5% chirindi bo`ladi. O`rta Zarafshon. okrugining tabiiy o`simliklari kishilarning xo`jalik faoliyati tufayli ancha o`zgartirilgan. Shu sababli madaniy voha tuprog`i tarqalgan obikor yyerlarda asosan madaniy o`simliklar o`stiriladi.
Zarafshon daryosining quyi qayirlarida va eski qayirlarida hamda kadimiy o`zanlarida qamish, ro`vak, jinril, tol, yovvoyi jiyda, yantoq, sho`rajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulg`un o`sadi.
Zarafshon okrugining bo`z tuproqli lalmikor rayonlarida qoziquloq, shuvoq, bug`doyiq, oq quvrak, kampirchopon o`sadi. Shuningdek, bu joylarda bahorda efemer va efemeroid o`simliklar, ayniqsa rang, qo`ng`irbosh, lolaqizg`aldoq, chuchmoma kabilar keng tarqalgan.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish