Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Download 242,44 Kb.
bet3/16
Sana04.09.2022
Hajmi242,44 Kb.
#848144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Saudiya arabistoni iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda aks ettirilgan ilmiy fikr-mulohazalar va tavsiyalar mamlakatimiz tashqi savdo faoliyatini yanada rivojlantirishda qo’llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot materiallaridan oliy o’quv yurtlarida, xususan “Arab mamlakatlari iqtisodiyoti”, “Xorijiy sharq mamlakatlarida sanoatlashtirish va integratsiya muammolari”, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kabi fanlardan maruza matnlarini tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, 29 sahifadan iborat.

II. Asosiy qism
2.1. Saudiya Arabiston geografik o’rni
Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi sohilbo‘yi orollarini o‘z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (222km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz va Akaba ko‘rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko‘rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo‘yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o‘rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.000km².dan 2.200.000km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri.
Relyefi. Saudiya Arabistoni relyefiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog‘ tizmalari, ichki cho‘l yassitog‘lik hududi-Najd, Shammar yassitog‘ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho‘llari, sharqiy sohilbo‘yi pasttekisligi-Al-Xasa.
Mamlakatning eng chekka g‘arbida Qizil dengiz va Xijoz tog‘ tizmasi oralig‘ida dengiz bo‘yi qumli cho‘l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko‘rfazida 7km.gacha kamayadi.
Arab ko‘rfazidan to Yaman respublikasigacha Xijoz tog‘ tizmasi va uning janubda davomi bo‘lgan Asir tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Xijoz tog‘i­ning balandligi turlicha, o‘rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog‘ tizmalarining balandligi 800-1000m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog‘larning balandligi keskin ko‘tariladi, Asirda 3000m.gacha yetadi. Eng baland cho‘qisi Saud tog‘i 3133m.Bu yerda ba’zi bir cho‘qqilar qishda qor bilan qoplanadi.
Markaziy yassitog‘lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko‘ta­rilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo‘nalishda pasayib boradi.
Shammar tog‘i Najdning shimoli-g‘arbiy chekkasida ko‘tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo‘lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi.
Katta Nefud cho‘li(Qizil cho‘l) Shammar tog‘idan shimoli-g‘arbda joylashgan. Maydoni 670000km². Cho‘lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo‘lgan. Cho‘l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi.
Toshloq cho‘l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo‘lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi.
Rub-al-Xali cho‘li katta cho‘kmada joylashgan. Cho‘lning uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho‘­zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ustun turadi. Cho‘lning janubi-g‘arbiy qismi-bu butunlay hayotsiz kenglikdir.
Kichik Nefud qumli cho‘li ichki Arabistonning markaziy qismini egallab, uzunasiga 1200km.ga, kengligi 20km.dan 100km.gacha yetadi. To‘lqinsimon qum qatorlari orasida tor tekisliklar cho‘zilgan, ulardan mahalliy ko‘chmanchilar yaylov sifatida foydalanishadi.
Fors ko‘rfazi sohili bo‘yida Al-Xasa pasttekisligi cho‘zilgan, u janubda Rub-al-Xali cho‘li bilan kesishadi.Al-Xasaning shimoli-sharqiy qismi dashtdan iborat bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan uncha baland bo‘lmagan qum qatorlari cho‘zilgan. Janubiy qismi-bu to‘lqinsimon qum dengizidir. Fors ko‘rfazi sohilining hamma qismi uchun pasttekisliklar hos bo‘lib, ular sho‘rhoklar-sabxa bilan qoplangan.
Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozir­gacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor.
Iqlimi va ichki suvlari. Saudiya Arabistoni tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Qizil dengiz sohilbo‘yi-Tixama yer sharida eng issiq va dim joy hisoblanadi. Bu yerda harorat hech qachon +15ºCdan pastga tushmaydi, tez-tez +45ºCgacha ko‘tarilib turadi. Issiq shu darajada kuchli bo‘ladiki, dengiz sohilbo‘yida suv +29ºCgacha isiydi. Yil mobaynida Qizil dengiz yuzasidan 3,5m.gacha suv bug‘lanadi. Havoning nisbiy namligi 90%gacha yetadi.
Ichki qismlarining iqlimi quruq va kontenentalligi bilan farq qiladi. Iyulning o‘rtacha harorati +30ºC, yanvarda +10ºC. Qishda shimoliy rayonlarda harorat -11ºCgacha pasayib ketadi. Yog‘in miqdori qishki sellar hisobiga bir yilda 250 mm.gacha yetadi.
Rub-al-Xali cho‘li haroratning juda keskin tebranishi bilan mashhur. Kechasi harorat +8ºC cha tushib ketadi, kunduzi esa quruq issiq odamlarni va hayvonlarni holdan toydiradi. Havo harorati namligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan qaynoq sharqiy shamol-samum hisoblanadi. Samum havo haroratini +50ºCgacha ko‘taradi, nisbiy namlik 0ga yaqinlashadi.
Mamlakat gidrografiyasining muhim elementi grunt suvlarning yuzaga chiqishi hisoblanadi. 40ta shunday manbadan 400000l suv chiqadi ,doimiy oqar daryolar va ko‘llari yo‘q.
O‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘simliklari chalacho‘l va cho‘lga moslashgan. Qishki va bahorgi yomg‘irlar vaqtida mamlakatning katta qismi yashil gilam bilan qoplanadi. Bu yerda yovvoyi achchiq tarvuzlar, palinalar, astragallar, aloe, bargsiz butalar efedralar, saksovullar o‘sadi.
Asir tog‘i o‘simlik dunyosiga birmuncha boy.Tog‘larning g‘arbiy yonbag‘rida balzam va ajdaho daraxtlari zich o‘sadi. Akatsiya va bodom daraxtlari uchraydi.
Mamlakat hayvonot dunyosi turli-tuman.Yovvoyilardan-bo‘ri, chiya­bo‘ri, finik tulkisi, cho‘llarda qum kiyiklari, tog‘larda nubiya tog‘ echkilari uchraydi. Mamlakatda kemiruvchilar ko‘p. Sudraluvchilardan mayday udavlar, ef, agama va kaltakesaklar bor. Qushlar dunyosi turli-tuman – burgut, kalxat, lochin va bq. Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi suvlari baliqlarga boy, 2000dan ortiq karallar bor.
Mamlakatning umumiy aholisi 28,6mln. kishidan ortiq. Ortacha zichlik 1km²da 10 kishi. Aholisining 90%i arablar va barbarlar, 10%i afroosiyoliklar. Davlat tili arab tili. Mamlakatning deyarli 100% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi(sunniylar). Tug‘ilish har 1000 kishiga 29,34, o‘lim har 1000 kishiga 5,94. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda - 66,4 yosh, ayollarda - 69,8 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha - 42,52%, 15-64 yoshgacha -54,8%, 65 yoshdan kattalar - 2.68%. IAA -7mln.kishi, shundan qishloq xo‘jaligida 12%, sanoatda -25%, xizmat ko‘rsatishda - 63%. 15-65 yoshgacha bo‘lgan aholining 35%i xorijliklar.
Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli ravishda dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan hisob­lanadi, Hozirgacha kashf etilgan neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zaxiralarining-26%i(262,7mld barrel) va tabiiy gaz zahiralarining-3,7%i (6,544trl.m³) Saudiya hududlarida joylashgan.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti deyarli neft hisobidan shakllangan, bugungi kunda neft eksporti mamlakat daromadining 75%ini, YaMM daromadining 40%i neft xissasiga to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistonida neft qazib chiqarishning tannarxi qator omillar sababli boshqa davlatlarga nisbatan ancha pastligini ham ta’kidlash zarur. Ularning asosiylari quyidagilardir:
-neft qatlamlari yer sathiga yaqin joylashgan;
-neft zaxiralari chegaralangan maydonlarda markazlashgan;
-asosiy neft konlari bilan birga gaz zaxiralarining ham topilishi neft quduqlarida qo‘shimcha bosim paydo etib, neftni qazib chiqarishni osonlashtiradi;
-Saudiya Arabistonining 3 qit’a o‘rtasida qulay geografik joylashuvi(Afrika, Yevropa, Osiyo) neftni iste’molchiga tez va oson yetkazib berish imkonini beradi.
Eng yirik neft konlaridan- Govar qazib olinadigan neftning yarmini beradi, ⅓ qismi Abkayk va Saffaniya konlariga to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistoni iqtisodining bir tomonlama rivojlanganligi uning dunyo bozoridagi neft narxining o‘zgarishiga ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Buni yaxshi tushungan SAP hukumati 80-yillar oxiridan boshlab milliy iqtisodni ko‘p tarmoqli yo‘nalishda rivojlantirishga katta e’tibor bera boshladi. SAP iqtasodining neft va gaz ishlab chiqarishga asoslanganligini hisobga olib, birinchi navbatda neft va gazni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berilgan. Shu kungacha SAPda 15 ta neftni qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Download 242,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish