Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari



Download 170,83 Kb.
bet79/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

10. Repriza. Repriza sonata shaklida ekspozitsiya takrori bо‘lib, birgina farqi hamma partiyalar asosiy tonallikda bayon qilinadi.
Kо‘p hollarda unda qator о‘zgarishlar mavjud bо‘ladi, asosan ular bosh partiyaga taalluqlidir. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bosh partiya bir muncha qisqartiriladi.Agar ekspozitsiya kengaytirilgan uch qismli shaklda bо‘lsa, doim shunday bо‘ladi. Bu holda faqat uchinchi, repriza,ya’ni eng dinamik qism takrorlanadi( P.Chaykovskiy. 1-Konsert).
2.Bosh partiya bir muncha kengaytiriladi (Betxoven. 21- Sonata ).
3.Bosh partiya asosiy bо‘lmagan tonallikda о‘tkaziladi. Klassik uslubda kam uchraydigan (Motsart. 15 -So­nata, C-dur о‘rniga F-dur) bu kabi «normadan og‘ish» XIX asr kompozitorlari asarlarida keng tarqalgan (masalan, List. h-moll Sonatasi, h-moll о‘rniga b-moll).
4. Reprizada bosh partiya tushirib qoldirilgan holatlar ham uchraydi (Shopen. Sonata b-moll).
Betxoven davridan boshlab, yanada murakkab dramatur­giya tufayli dinamik repriza deb nom olgan repriza ham uchraydi. U asosiy kulminatsiya vaziyatida kelishi, oldingi butun ishlanmali rivojlov olib kelgan chо‘qqi sanalishi bilan tavsiflanadi (Betxoven. 9-Simfoniya).
Yordamchi partiyada reprizadagi asosiy о‘zgarish uning bosh partiyaga tonal bо‘ysundirilishi sanaladi. Ayrim hollarda yordamchi partiya dastlab boshqa, keyin asosiy tonallikda bayon qilinadi (Betxoven. 8-Sonata).
Reprizaning alohida turlari ham utschraydi.
1. Kо‘zguli repriza, unda bosh va yordamchi partiya о‘rin almashadi (Motsart. 9- Sonata ; Shopen. Ballada g-moll).
2. Tо‘liqsiz repriza, unda bosh par­tiya tushirib qoldiriladi (Shopen, b-moll va h-moll Sonatalari).
Koda. Koda deb repriza tugallanganidan keyin kiritiladigan qismga aytiladi.
Gaydna va Motsart sonatalarida koda mavjud emas.Betxoven tomonidan ilk marta tizimli ishlab chiqilgan yangilik— sonata shakliga rivojlantirilgan kodalarning kiritilishi bо‘ldi.
Kо‘pincha koda rivojlovli ishlanmadan boshlanadi, bu unga mustaqil ishlanmali bо‘lim xarakterini baxsh etadi. Bu hollarda koda ishlanmali deb ataladi (Bet­xoven. 21, 23-Sonatalar).
Kо‘pincha koda bosh partiya mavzusiga tuziladi. Ba’zida unda sonata shaklining ikkala asosiy mavzusi qatnashadi, ular vaqtga kо‘ra yaqinlashadi (Betxoven. 21-Sonata). Bunday koda sintetik deb yuritiladi.
Koda muqaddima mavzusiga asoslanishi mumkin (Shubert. Simfoniya h-moll). Unda ba’zida avval rivojlovda paydo bо‘lgan lavha ikkinchi marta о‘tkaziladi (Betxoven. 3-Simfoniya). Kam hollarda koda yangi mavzu materialiga tuziladi (Betxovenning «Egmont» uvertyurasidagi koda).
Kodaning yakunlovchi roli tufayli uning uchun asosiy tonallikning subdominanta sohasiga og‘ishmalar va yana keyin keluvchi tonikani ta’kidlash xos.

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish