b) Variatsiyalangan reprizalarda material bayoni asosiy mavzu xarakterini о‘zgartirmaydigan ayrim faktura о‘zgarishlari bilan beriladi.
Variatsiyalash kuyni noakkord ovozlar yordamida ornamentlash (bezaklashda), ritm о‘zgarishlarida va h.k. ifodalanishi mumkin.
Bu usullar mavzuning melodik tо‘yinganligini kuchaytiradi, uni boyitadi va detallashtiradi. Ular murakkab uch qismli shaklda yozilgan turkumlarning ohista qismlaridagi reprizalar uchun xos sanaladi (Betxoven. Sonata № 16, II q. Andante gratsiozo).
Aniq ifodalangan tasviriy ibtidoli dasturiy asarlarda variatsiyalangan reprizalar alohida shtrixlar bilan bо‘yoqdorlikni kuchaytirishi, asarning ma’lum qismlarini yanada ta’kidlashi mumkin (masalan:F. List. «Vallenshtadt kо‘li yonida»).
Do'stlaringiz bilan baham: |