Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari



Download 170,83 Kb.
bet41/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

О‘rta qism. Murakkab uch qismli shakl uchun о‘rta va chekqa qismlar kontrastning mavjudligi tipik sanaladi.
Murakkab uch qismli shaklda kontrast darajasi va chuqurligi u yoki bu asarning uslubi, janri va g‘oyasi bilan bog‘liq ravishda turlicha bо‘lishi mumkin.
Murakkab uch qismli shaklda kontrast qator ifoda vositalari yordamida hosil qilinadi. Tematik kontrastdan tashqari, faktura kontrasti, orkestr asarlarida esa registr va tembrlar kontrasti xarakterlidir. Tonal kontrast ham shu jumlaga kiritiladi.
Murakkab uch qismli shakl о‘rtalig‘ining ikki turi uchraydi:
a) trio – tarkibli uch qismli shaklning aniq strukturaviy rivojlanishga ega о‘rta qismi. «Trio» atamasi shaklning ikkinchi qismi uch ovozga yozilgan paytdan mustahkamlanib qolgan.
Trio, birinchi qism kabi, oddiy ikki yo uch qismli shaklda quriladi (istisno tarzida bitta davriya kо‘rinishidagi trio ham uchraydi: (Betxoven. Sonata № 7,III q.).
Trio kontrast olib kiradi. U tematizmning keskin almashuvi, yangi tonallikning paydo bо‘lishi yoki lad maylining о‘zgarishi, bayon qilish xarakterining almashuvida о‘z ifodasini topadi. Trio ba’zan takrorlanadi.
Trio kо‘pincha birdaniga, tayyorgarliksiz keladigan yangi tonallikda о‘tkaziladi. Klassiklar asarlardagi trio va chekka qismlar о‘rtasidagi tonal munosabatlar, odatda, turdoshlikning birinchi darajasi doirasidan chiqmaydi.
Major asarlarda trioda subdominanta (S—F), shu nomdagi (S—s) yoki pa­rallel minor (S—a) tonalliklaridanfoydalanish tipik sanaladi.
Trio tonal yopiq, zero odatda, tо‘liq kadans bilan tugaydi.
b) epizod – о‘rtaliq mustaqil shaklga ega emas, u erkin ketma-ketlikda keladigan qator tuzilmalardan iborat bо‘ladi.
Epizodning yana bir farqli xususiyati uning tonal noturg‘unligidir. Epizod uchun modulyatsiyalash, oquvchanlik, ba’zan repriza oldidan dominanta organ punktining paydo bо‘lishi tipik sanaladi. Epizodni triodan farqlab turadigan qator xususiyatlar (strukturaviy shakllanmaganlik, ishlanmalilik, tonal noturg‘unlik) bilan birga ular о‘rtasida umumiy jihatlar ham mavjud: har ikkisi yangi, kontrastlovchi materialga quriladi, har ikkisi, odatda, (asosiy emas) epizodik tonallikda bayon etiladi.
Triodan farqli о‘laroq, epizod takrorlaymaydi. Epizod uchun о‘ziga xos jihatlar (oquvchanlik, erkin rivojlanish, variatsiyalilik) esa uni sonata turkumlari yoki lirik pyesalarning sokin qismlari uchun yaroqli qilib qо‘yadi.
Epizodli murakkab uch qismli shakl klassiklarning turkumli asarlarining vazmin tempdagi qismlarida uchraydi (Betxoven. № 4 va 16 sonata).
Murakkab uch qismli shaklning uchinchi qismi – repriza birinchi qism materialining asosiy tonallikda takrorlanishi bilan tavsiflanadi. Birinchi qism bilan о‘xshashlik tamoyiliga kо‘ra farqlanadigan reprizalarning uchta turi mavjud.

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish