3.Bayon turlari. Qismning har bir funksiyasiga bayonning ma’lum turi, ya’ni rivojlovning о‘ziga xos davra va usullari mos keladi. Bunday musiqiy bayon turi uchta:
1. Bayonning ekspozitsiyaviy (“kо‘rsatuv”) turi tonal turg‘unlik, mavzuviy va strukturaviy birlik bilan ajralib turadi. Bayonning bu turi mavzu ekspozitsiyasiga mos keladi.
2. Bayonning о‘rtaliq turi tonal va mavzuviy noturg‘unlik, parchalash strukturasi, ohang ishlovi, og‘ishmalar va modulyatsiyalar bilan ajralib turadi. Bayonning bu turi о‘rtaliq, bog‘lamlar, rivojlovlar uchun xos.
3.Bayonning yakuniy turi asosiy yoki bо‘ysunuvchi tonallikda tonikaning erishilgan mustahkamlanishini hosil qiladi. Yakuniy bayon turining belgilari quyidagilar bо‘lishi mumkin:
a) kadansli qо‘shimchalar, tonikani tutib turish yoki takrorlash;
b) tonika organ punqti;
v) subdominanta tomonga og‘ishmalar;
g) oldingi qismga о‘sha tonallikdagi qо‘shimcha tuzilmalarni qо‘shish;
d) fakturani yengillashtirish, ovozlar sonini qisqartirish.
Bayonning yakuniy turi reprizada,tugallanish qismida va kodada uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |