Ikkinchi davriya albatta asosiy tonallikda tugaydi. Tonallik jihatidan yopiqlik oddiy ikki qismli shaklning tugallanganligi va mustaqilligini kо‘rsatib beruvchi asosiy belgi bо‘lib hisoblanadi.
Oddiy ikki qismli shaklda yozilgan vokal pyesalarda muqaddima (kirish) va xotima (yakun) qismlari mavjud, ular u qadar katta bо‘lmay, takrorlanish xususiyatiga ega.
2. Oddiy ikki qismli shakl turlari
Oddiy ikki qismli shaklga nisbatan kо‘proq xos bо‘lgan tuzilish A +A1 xarfiy formula orqali ifodalanishi mumkin. Bu formula ikkinchi qismdagi musiqiy fikr rivoji birinchi qismning mavzuviy elementlaridan foydalangan holda amalga oshirilishini (birinchi qism ikkinchi jumlasining notama-nota yoki о‘zgartirib takrorlanishi) nazarda tutadi.
Bunday shakl repriza bilan kelgan oddiy ikki qismli shakl deb ataladi.
Uning sxemasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |