Iii-mavzu. Ehtiyojlar va uning qondirilishi



Download 29,05 Kb.
bet1/6
Sana01.01.2022
Hajmi29,05 Kb.
#284703
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу

III-MAVZU. EHTIYOJLAR VA UNING QONDIRILISHI




    1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi

    2. Resurslarning kamyobligi

    3. Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi




    1. Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi

Inson boshqa jonzodlardan o’zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi. Inson biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim- kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.

Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne’matlarni ishlab chiqarish kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, odam borsa oyog’i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzod. U ma’lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi.

Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va sog’lom hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o’qituvchi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo’shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi.

Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi: birinchidan, mehnat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson kamolotga erishadi, qobiliyatini o’stiradi. Hayotda o’z o’rnini topadi, obro’-e’tiborga erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun jihozlangan ish joyi bo’lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna- jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o’lchash asboblari, laboratoriya uskunalari o’rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi.

Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog’liq. Maktab o’quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi.

Ehtiyojlar to’xtovsiz ravishda mos rivojlanishi ksrak: Aks holda ehtiyojlar qondirilmay qoladi. O’z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ayniqsa texnika taraqqiyoti yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Masalan, tezkor axborotlar olish zarurati EHMlarni yaratdi. Kompyuterlash jarayoni EHMlarni yaratish va qo’llash bilan bog’liq ehtiyojlarni yuzaga chiqardi. Kompyutyerlarning birinchi avlodiga

ehtiyoj avval qisqarib, so’ngra yuqoldi. Hozir to’rtinchi avlod mashinalariga — AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor.

Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko’payishi, turmushining yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go’sht talab qilinsa, aholi soni 1,5 marta ko’paysa, shunga ko’ra jamiyat miqyosida jami go’shtga bo’lgan ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi keladi, ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80 yillarida qo’lda ko’tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta bo’lgan. Magnitafoni bor kishi g’ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon kerak emas. Uning o’rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo bo’ldi. Eski radiotexnika o’rniga videotexnika keldi;

- muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi nisbat o’zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari o’rtasidagi nisbatan o’zgaradi. Yo’lovchilar o’z tanloviga binoan tramvay, troleybus, avtobus, taksi yoki metroni afzal ko’rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir tovarga bo’lgan ehtiyojlarni boshqa o’rinbosar tovar qoniqtira oladi. Shirinlikka bo’lgan ehtiyoj umumiy bo’lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-birining o’rnini bosa oladi. O’rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko’chadi.

Хullas ehtiyojlarning miqdoran o’sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy jarayon bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o’sib, yangilanib borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo’liqadi.


    1. Download 29,05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish