Tayanch iboralar.
Orgazm – jinsiy lazzatlanish
Feminism – jamiyatda ayollarni faolroq ustunligi
Geteroseksual – har hil jins bilan jinsiy hayot kechirish
Gomoseksual – erkak erkak bilan jinsiy aloqa qilish
Biseksual – ikki hil jins bilan ham jinsiy aloqa qilish
Masturbasiya – o’zini o’zi jinsiy lazzatlantirish
JSA – jahon seksologlar assosiyatsiyasi
Nazorat savollari.
Inson uchun jins nimani anglatadi?
Inson jinsini tushunish uchun kerak bo’ladigan asosiy tushuncha nima?
Jinsiy munosabatlarning 3 xil hususiyatlari aytib bering?
Jinsiy munosabatlarga tegishli bo’lgan huquq dekloratsiyasini sanang?
Kelajakda jinsiy salomatlikka oid ta’lim qanday?
Genderning shakllanish jarayoni qanday?
SEK so’zining mohiyatini tushuntiring?
Jins va insonning jinsiy munosabatlari nima?
Mavzu № 12 Jins. Jinsni rivojlanishiga oid Freyd va Erikson nazariyalari.
O’quvchi bilishi kerak:
1. Jins rivojlanishiga oid Freyd va Erikson nazariyalari.
2. Jinsiy erkinlikni rivojlanish bosqichlari.
3. Ayol hayotining davrlari nuqtai nazarida jinsning rivojlanishi va vazifalari.
Ma'ruza mazmuni
1. Jinsiy rivojlanishga oid Freyd nazariyasini qisqacha mazmuni
1) Freyd nazariyasi nuqtai nazarida ruhiy rivojlanish.
1905yilda psixoanalitik Zigmund Freyd shunday ta'kidladi: seksual mayl - jinsiy yetilish davridan boshlab emas, balki tug’ilishi bilan boshlanadi. Emizikli davrdanoq, bolada erotik hislarni payqash mumkin.
Freyd tomonidan 4 ta bosqichdan iborat bo’lgan gipoteziyasini taklif etilgan:
Oral (tug’ilgandan boshlab to 1,5 yoshgacha)
Anal (2 yoshdan 4 yoshgacha)
Fallitik (3 yoshdan 5 yoshgacha)
Latent (6 yoshdan maktab davrigacha)
Bu bosqich onaga bog’liq, chunki og’iz bo’shlig’i yoqimli hislar mujassamlashgan joy hisoblanadi va u biologik ehtiyojlarni qoniqtirish a'zosidir. Og’iz inson hayoti mobaynida muhim erogen soha hisoblanadi. Oral bosqich, ko’krak bilan boqish tugagandan so’ng to’xtaydi:
Bu bosqichda erogen sohalar anal teshik atrofida joylashgan bo’lib, ichaklarni bo’shatish paytida jinsiy qoniqishni yuzaga keltiradi. Bu bosqichda hojatni nazorat qilish shakllanadi.
Yetakchi erogen soha bo’lib, jinsiy a'zolar hisoblanadi. Bu yoshda bolalar birinchi bor jinsiy tafovutni anglay boshlaydilar. Bolalar e'tiborini tortuvchi insonlar - bu ularning ota-onalaridir. Bolalar kattalarga nisbatan jinsiy bog’lanadilar, qizlar otalariga, o’g’il bolalar esa onalariga. Hattoki onalarini otalaridan qizg’anadilar.
Jinsiy a'zolarni qo’zg’atganda, jinsiy qoniqish paydo bo’la boshlaydi.
6 yoshdan o’smirlik davrigacha latent davr deb nomlangan, jinsiy hotirjamlik xukm suradi. Bu yoshda bolalar energiyasi umuminsoniy tajribalarni (bilimlarni) egallashga, oilasidan tashqaridagi kattalar va tengdoshlari orasidagi munobatlarga qaratilgan.
Freyd bu davridagi jinsiy maylni kamayishini, bola organizmidagi fiziologik o’zgarishlar hamda undagi shaxsiy ego va superegoni paydo bo’lishi bilan bog’laydi.
Latent davrni psixoseksual rivojlanish bosqichi deb ko’rib chiqish mumkin emas, chunki bu davrda yangi erogen sohalar paydo bo’lmaydi, seksual instinkt esa nisbatan kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |