Hayz sikli fiziologik jarayon bo’lib, oxirgi hayzni 1-kunidan to keyingi hayzning boshlanish kunigacha bo’ladi. Hayz balog’atga yetish jarayonning dastlabki 12- 15 yoshlar orasida kuzatiladi. Qizlar 17 - 18 yoshda to’liq balog’at yoshiga yetadilar. Hayz qon ketish sikli bo’lib ma’lum bir muddat qarib 3-6 kun davom etadi. Hayz ayolning bola tug’adigan yoshida qaytarilib faqat homiladorlikda va ko’pincha bola emizish davrida hayz ko’rmaydi. Hayz klimks (45-55) yoshda to’xtaydi. Har gal hayz ko’rganda ayol 50-150 gramm gacha qon yo’qotadi. Hayz qoni ishqoriy ryaksiyali, qo’ng’ir rangda shilliq aralash bo’lib, unda ivish jarayoni kam bo’ladi. Qiz bola 1-marta hayz ko’rganda uning organizimida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tana shakli bir muncha dumaloqlashadi, ayollarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. Ko’krak bezlari kattalashadi, qov ustida junlar paydo bo’ladi, tashqi va ichki jinsiy azolar to’liq yetiladi. Ko’pincha hayz sikli 28 kun, kamdan-kam ayollarda 21 yoki 30-35 kun davom etadi. Hayz sikli moboynida ayollar organizimida turli o’zgarishlar hayz sikli 5 ta bosqichda o’tadi;
Bosh miya po’stlog’i
Gipotalamus
Gipofiz
Jinsiy bezlar
Periferik a’zolar
Tuxumdon jinsiy bez bo’lib 2 ta asosiy vazifani bajaradi:
1.Follikullarning siklik ravishda taraqqiyoti, ovulasiyasi - yetilgan tuxum hujayraning ajralishi.
2.Tuxumdon 2 xil jinsiy gormon: Estrogen va progesteron ishlab chiqaradi va kamroq miqdorda erkaklar garmoni androgenlar ishlab chiqaradi.
Tuxumdonda dastlab follikul yetila boradi, bu jarayonga FSG va LG garmonlari ta’sirida follekul qorin bo’shlig’iga yoriladi, yani ovulatsiya vujudga keladi. Ovulatsiyadan keyin yorilgan follikul o’rnida yangi tana, sariq tana vujudga keladi. Bachodan sikli quyidagi bosqichlarda kechadi.
1-Bosqich deskvomatsiya
2-Bosqich reginiratsiya
3-Bosqich proliferatsiya
4-Bosqich sekretsiya.
Deskvamatsiyabosqichida bez yo’llaridagi epiteliy asta sekin halok bo’ladi, shilliq qavat qisman eridi (auto’liz), qisman parchalanib shilliq qavatning ustki spongio’z qavati ko’chib tushadi. Ba’zan qavatlari yuzasidagi ko’chgan spongios qavat o’rnida qolgan yara yuzasidan qon ketadi. Hayz qoni tamom bo’lganidan keyin bachadonning yupqa bazal qavatidan shilliq qavat tez fursatda o’sa boradi. Bachadon shilliq pardasidagi bu o’zgarishlar prolifiratsiya bosqichi deyiladi 13-15- kunlarida bu fazaning yetilgan davri bo’ladi Shundan keyin epiteli hujayralarida sekretsiya ajralishining dastlabki belgilari kuzatiladi. Bu faza endo’metriyda sekret ajratish bosqichi deyiladi. 16-kundan boshlab, bez epiteliysi yadro’sida bo’linish jarayoni to’xtaydi.