Iii bo`lim. Organik kimyo. 1-Ma`ruza. Mavzu: Organik kimyo fani predmeti. Organik kimyoning asosiy qoidalari. Reja



Download 420,5 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2017
Hajmi420,5 Kb.
#10737
1   2   3   4   5   6   7

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Spirtlar, alkanollar, alkogolyatlar, antifriz, diollar, triollar, «kumol usuli», fenoplast.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.



5-Ma`ruza.

Mavzu: Aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar

va ularning umumiy xossalari.

Reja.

1. Aldegidlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

2. Ketonlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

3. Karbon kislotalar va ularning xossalari.

4. Chumoli va sirka kislotalar.

Yangi darsning bayoni.

1. Aldegidlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Aldegidlar deb uglevodorod molekulasida bittadan karbonil (-CH=O) guruhi bo`ladigan organik birikmalarga aytiladi.

Nomlanishi. Aldegidlar uch hil nomlanadi:

1. Tarixiy – aldegidlar: chumoli aldegid, sirka aldegid.

2. Ratsional – metil aldegid, etil aldegid.

3. Sistematik – metanal, etanal.



Gomologik qatori va tuzilishi.

CH2O, HCH=O, chumoli aldegid, metanal

C2H4O, CH3CH=O sirka aldegid, etanal

C3H6O, CH3CH2CH=O propion aldegid, propanal

C4H8O, CH3(CH2) 2CH=O moy aldegid, butanal

C5H10O, CH3(CH2) 3CH=O valerian aldegid, pentanal,

C6H12O, CH3(CH2) 4CH=O kapron aldegid, geksanal.

Izomeriyasi. Aldegidlarning izomeriyasi faqat aldegid guruhi bilan birikkan radikallar izomeriyasiga bog`liq, izomeriya butanaldan boshlanadi.

CH3

CH3CH2 CH2CH=O CH3CHCH=O

n-butanal 2-metil propanal



Olinishi. Sanoatda formaldegid metanoldan olinadi, buning uchun metil spirti bug`lari havo bilan birgalikda 300 0C gacha qizdirilgan mis katalizator ustidan o`tkaziladi.

CH3OH + CuO  CH2O + H2O + Cu

Sanoatda asetaldegid atsetilendan Kucherov reaksiyasi asosida olinadi. Etilenni bevosita oksidlab sirka aldegidga aylantirish usuli ham ishlab chiqilgan: reaksiya katalizator–PdCl2 bilan CuCl2 aralashmasi ishtirokida, 1 MPa bosim va 100 0C haroratda olib boriladi:

CH2═CH2  CH3CHO



Fizik–kimyoviy xossalari. Chumoli aldegid yoki formaldegid–o`tkir bo`g`uvchi hidli rangsiz gaz, zaharli. U suvda yaxshi eriydi. Formaldegidning suvdagi 40 % li eritmasi formalin deyiladi, u tibbiyotda foydalaniladi.

Etanal boshqacha aytganda sirka aldegid–o`tkir hidli, rangsiz suyuqlik, suvda yaxshi eriydi. Past molekulali aldegidlar suyuq, geksadekanaldan yuqorilari esa qattiq moddalardir. Molekulasida 7 tadan 16 tagacha uglerod atomlari bo`ladigan yuqori aldegidlar xushbo`y bo`lganligi sababli atir-upa sanoatida keng ko`lamda ishlatiladi.

Aldegidlarning kimyoviy xossalari ularning dastlabki ikkita gomologi: formaldegid va atsetaldegid misolida ko`rib chiqiladi.

Kimyoviy xossalari jihatidan formaldegid–ancha reaksiyaga kirishuvchan modda. Unga oksidlanish va biriktirib olish (shu jumladan polikondensatlanish ham) reaksiyalari xos.

Formaldegid ko`p miqdorda fenolformaldegid smolalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

1) Aldegidlar uchun o`ziga xos bo`lgan reaksiya bu «kumush ko`zgu» reaksiyasidir. Bu jarayon kumush bir oksidining ammiakli suvdagi eritmasi va aldegid guruhi orasida boradi;

HCH=O + Ag2O +NH4OH  HCOOH + 2Ag + NH3 + H2O

2) Biriktirib olish reaksiyalari. a) formaldegid bilan vodorod aralashmasi qizdirilgan katalizator–nikel kukuni ustidan o`tkazilganda aldegid qaytarilib spirtga aylanadi: HCH=O + H2  CH3OH

b) aldegidlar gidrosulfitlar va sianidlarni biriktirib olish reaksiyasiga kirishadi: RCHO + HSO3Na  RCH(OH)SO3Na

RCHO + HCN  RCH(OH)CN

Kimyoviy xossalari–jixatidan atsetaldegid formaldegidga o`xshaydi. Uning uchun ham oksidlanish va biriktirib olish reaksiyalari xos.

Polikondensatlanish–bu quyi molekulyar moddalardan yuqori molekulyar birikmalar hosil bo`lish jarayoni bo`lib, unda qo`shimcha modda sifatida (suv, ammiak, vodorod xlorid va boshqalar) quyi molekulyar birikmalar ajralib chiqadi.

C6H5OH + CH2O  C6H4(OH)CH2OH

nC6H4(OH)CH2OH + nC6H5OH  nC6H4(OH)CH2C6H4(OH) + nH2O

Ma`lumki, polikondensatlanishdan farq qilib, polimerlanishda qo`shimcha moddalar ajralib chiqmaydi. Polikondensatlanish mahsulotlari ham polimerlanish mahsulotlari kabi polimerlar deyiladi.

Polikondensatlanish reaksiyalarida zanjir asta-sekin o`sib boradi: bir-biri bilan reaksiyaga kirishadi, so`ngra hosil bo`lgan birikma o`sha monomerlarning molekulalari bilan navbatma-navbat reaksiyaga kirishadi. Natijada polimer birikma hosil bo`ladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan fenolformaldegid smolalarning hosil bo`lishi misol bo`la oladi. Reaksiya katalizatorlar ishtirokida (kislota yoki ishqor) qizdirish bilan boradi. Yangi birikma formaldegid bilan reaksiyaga kirishadi.

Ishlatilishi. Metanal va etanal bo`yoqlar, plastik massalar, dori-darmonlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, sirka kislota olishda, erituvchi sifatida hamda boshqa organik sintezlarda boshlang`ich mahsulot sifatida ishlatiladi.

2. Ketonlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Molekulalarida ikkita uglevodorod radikali bilan bog`langan karbonil guruhi >C=O bo`ladigan organik birikmalar ketonlar deyiladi.

Ularni uglevodorodlarning ikkilamchi uglerod atomidagi ikkita vodorod atomi o`rnini kislorod atomi olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Ketonlarning umumiy formulasi: R-CO-R1, R va R1 radikallar turli xil va bir xil bo`lishi mumkin.

Nomlanishi: Ketonlar uch hil nomlanadi;


  1. 1. Tarixiy – keton, atseton.

2. Ratsional – dimetil keton, metil etil keton.

3. Sistematik – propanon, butanon.

Ketonlarning nomi ularning molekulasiga kirgan radikallarning nomidan keyin keton so`zini qo`shib yoki tegishli uglevodorodlar nomiga –on qo`shimchasini qo`shib hosil qilinadi.

Gomologik qatori va tuzilishi.

CH3COCH3, atseton, dimetilketon, propanon,

CH3CH2COCH3 metiletilketon, butanon-2

CH3(CH2) 2COCH3 metilpropilketon, pentanon-2

CH3(CH2) 3COCH3 metilbutilketon, geksanon-2

CH3(CH2) 4COCH3 metilbutilketon, geptanon-2



Olinishi. Atseton olishning bir qancha usullari mavjud: 1) yog`ochi quruq haydash, 2) kalsiy atsetatni parchalash, 3) «kumol» usuli, 4) izopropil spirtni oksidlash, atsetilenni suv bug`i bilan gidratlash (Fe va Mn katalizatorlari ishtirokida).

Ca(CH3COO)2  CaCO3 + CH3COCH3



Ketonlarning fizik–kimyoviy xossalarini ularning birinchi gomologi–atseton misolida ko`rib chiqamiz. Barcha ketonlar kabi atseton ham «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi, polimerlanmaydi. Shu bilan u aldegidlardan farq qiladi.

Atseton (propanon)–o`ziga xos hidli rangsiz yonuvchan suyuqlik.

56,2 0C da qaynaydi, suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi. Eng ko`p foydalaniladigan organik erituvchi, yog`lar, smolalar va ko`pchilik bosqa organik moddalarni yaxshi eritadi.

Formaldegid vodorodni biriktirib olgani kabi atseton ham vodorodni biriktirib olish reaksiyasiga kirishadi:

CH3COCH3 + H2  CH3CHOHCH3



Ishlatilishi. Atseton erituvchi sifatida sanoatning ko`pchilik tarmoqlarida (sun`iy ipak, tutunsiz o`q-dori, kinoplyonka, laklar, dori-darmonlar ishlab chiqarishda) hamda ko`pchilik organik birikmalarni sintez qilishda boshlang`ich xomashyo sifatida ishlatiladi.

3. Karbon kislotalar va ularning xossalari.

Molekulasida funksional karboksil guruh –COOH bo`ladigan organik birikmalar karbon kislotalar deyiladi. Karboksil degan nom karbonil va gidroksil so`zlaridan kelib chiqqan.

Agar molekulasida bitta karboksil guruh bo`lsa, kislota bir asosli, ikkita bo`lsa–ikki asosli va hokazo bo`ladi. To`yingan bir asosli karbon kislotalar gomologik qatorning vakillariga quyidagi moddalarni misol qilib keltirish mumkin. Sistematik nomenklaturaga ko`ra kislotalarning nomi tegishli alkan nomiga kislota so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi.

Gomologik qatori va tuzilishi.

HCOOH chumoli kislota, metan kislota

CH3COOH sirka kislota, etan kislota

CH3CH2COOH propion kislota, propan kislota

CH3(CH2)2COOH moy kislota, butan kislota

CH3(CH2) 3COOH valerian kislota, petan kislota

CH3(CH2)4COOH kapron kislota, geksan kislota

Kislotalarning izomeriyasi radikalning tuzilishiga bo`g`liq. Izomerlar moy kislota C3H7COOH dan boshlab paydo bo`ladi.

CH3CH2CH2COOH CH3CHCOOH izomoy yoki

moy yoki n–butan kislota CH3 2 –metil propan kislota

Karbon kislotalar va ularning xossalari. Karbon kislotalarning ko`pchilik xossalari ularning molekulasida karboksil guruhlar borligi tufaylidir. Uglerod bilan qo`shbog` orqali bog`langan kislorod atomi elektronlarni o`z tomoniga tortadi. Uglerod qisman musbat zaryadli bo`lib qoladi va –OH guruhidagi ikkinchi kislorod atomining elektronlarini tortadi.

Karbon kislotalarning hammasi–kuchsiz elektrolitlar (HCOOH–kuchi o`rtacha). RCOOH + H2O  H3O+ + RCOO-

Karbon kislotalar mineral kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Karbon kislotalarda gidroksil guruhi ta`sirida karboksil guruhiga qo`shni bo`lgan uglerod atomidagi vodorod atomlarining harakatchanligi ortadi. Shu sababli ularning o`rnini xlor yoki brom atomlari oson egallashi mumkin.

HOOCCH3 + Cl2  HOOCCH2Cl + HCl

Xlorsirka kislota yoki xlor etan kislota

HOOCCH2CH3 + Br2  HOOCCH2CH2Br + HBr

2–brom propan kislota

Karbon kislotalarning o`ziga xos xususiyati ularning spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qilishidir.

ROH + HOOCR  ROOCR + HOH

4. Chumoli va sirka kislotalar.

Olinishi. Ilgari chumolilarni suvga bo`ktirib so`ngra eritmani haydash yo`li bilan chumoli kislota olingan. Hozirgi vaqtda u uglerod (II)-oksid bilan natriy gidroksiddan olinadi: a) CO + NaOH → HCOONa

Hosil bo`ladigan tuzdan chumoli kislota siqib chiqariladi, so`ngra haydab olinadi: b) HCOONa + H2SO4 → HCOOH + NaHSO4



Sirka kislota olishning hozirgi sintetik usuli sirka aldegidni oksidlashga asoslangan. Bu aldegidning o`zi esa atsetilendan M. G. Kucherov reaksiyasi bo`yicha olinadi (atsetilen juda arzon xom-ashyodan, ya`ni metandan olinadi):

HCCH + HOH  CH2=CHOH  CH3CHO + [O]  CH3COOH

Hozirda sanoatda butanni to`g`ridan–to`g`ri oksidlash orqali olinadi:

2CH3CH2CH2CH3 + 5O2  4CH3COOH + 2H2O



Karbon kislotalarning fizik–kimyoviy xossalarini chumoli va sirka kislotalar misolida batafsilroq ko`rib chiqamiz.

Chumoli kislota HCOOH–o`tkir hidli rangsiz suyuqlik, 101 0C da qaynaydi. Suvda istalgan miqdorda eriydi. Terini kuydiradi. U chumoli bezlaridan ajralib chiqadigan suyuqlik tarkibida, shuningdek ba`zi o`simliklarda (masalan, qichitqi o`t barglarida) bo`ladi.

Kimyoviy xossalari jihatidan chumoli kislota barcha karbon kislotalar orasida eng reaksiyaga kirishuvchan hisoblanadi. Bunga sabab shuki uning karboksil guruhi uglevodorod radikali bilan emas, balki vodorod bilan bog`langan. Molekulasida aldegid guruhi borligi tufayli chumoli kislota «kumush ko`zgu» reaksiyasiga kirishadi:

HOCHO + Ag2O  2Ag + CO2 + H2O

Chumoli kislota qizdirilganda parchalanadi: HCOOH  CO + H2O



Sirka kislota CH3COOH odatdagi haroratda–o`ziga xos o`tkir hidli rangsiz suyuqlik. U +16,6 0C dan past haroratda muzga o`xshash kristallar holida qotadi, shu sababli muz sirka kislota deyiladi. Sirka kislota suvda istalgan miqdorda eriydi, uning suvdagi 3-9 % li eritmasi sirka essensiyasi deyiladi.

Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kislota mineral kislotalarga o`xshaydi. Uning suvdagi eritmasi ionlarga dissotsilanadi.

CH3COOH  CH3COO- + H+

Mineral kislotalar kabi sirka kislota ham asoslar, asosli oksidlar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalardan uning tuzlari–atsetatlarni olishda foydalaniladi.

CH3COOH + NaOH  CH3COONa + H2O

2CH3COOH + CaO  (CH3COO)2Ca + H2O

CH3COOH + KCl  CH3COOK + HCl

Ishlatilishi. Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalar sintez qilishda qaytaruvchi sifatida, oksalat kislota olish uchun, oziq–ovqat sanoatida dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vositalar sifatida, to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda, tibiiyotda ishlatiladi.

Sirka kislota esa plastik massalar, bo`yoqlar, dori-darmonlar, sun`iy tolalar, kinoplyonkalar olishda, terini oshlashda, qishloq xo`jaligida pestisidlar sifatida, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.



Takrorlash uchun savollar.

1. Aldegidlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

2. Metanal va etanal qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?

3. «Kumush ko`zgu» reaksiyasi nima?

4. Ketonlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

5. Atseton qanday olinadi va uning xossalari?

6. Karbon kislotalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

7. Metan va etan kislotalar sanoatda qanday usullar bilan olinadi?

8. Bu moddalarning sanoatda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Metanal, etanal, karbonil va karboksil guruhlari, «kumush ko`zgu» reaksiyasi, keton, atseton, polikondensatlanish, polimerlar, pestisid, atsetatlar.


Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.



6-Ma`ruza.

Mavzu: Murakkab efirlar, yog`lar, uglevodlar.

Reja.

1. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

2. Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari.

3. Uglevodlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Yangi darsning bayoni.

1. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Olinishi. Karbon kislotalar spirtlar bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo`ladi.

CH3COOH + HOC2H5  CH3COOC2H5 + H2O

Murakkab efirlarning umumiy formulasi R-CO-O-R1 , bunda R va R1 - uglevodorod radikallari.

Murakkab efirlarni kislotalarning gidroksilidagi vodorodi o`rnini radikal olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Lekin chumoli kislotaning murakkab efirlarida radikal R o`rnida vodorod atomi bo`ladi.

Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo`lish reaksiyasi eterifikatsiya («eter»-efir) reaksiysi deyiladi.

Nomenklaturasi. Murakkab efirlarning nomi ko`pincha qoldiqlari ularning tarkibiga kiradigan kislota va spirtlarning nomiga efir so`zini qo`shib hosil qilinadi. Masalan:

HCOOCH3 CH3COOC2H5 CH3COOC6H5

chumoli metil efir sirka etil efir sirka fenil efir

Fizik–kiyoviy xossalari. Karbon kislotalar murakkab efirlarining ko`pchiligi–suvda kam eriydigan suyuqlklar, lekin ular spirtda yaxshi eriydi. Murakkab efirlar molekulalarining tuzilishi o`ziga xos. (ularda masalan, gidroksil guruhlar yo`q) bo`lganligi sababli vodorod bo`lanishlar bo`lmaydi va spirtlar hamda kislotalar uchun xos bo`lgan atsotsilangan molekulalar ham bo`lmaydi. Shu sababli murakkab efirlar ularga mos keladigan kislotalarga qaraganda ancha past haroratda qaynaydi.

Ko`pchilik murakkab efirlardan xushbo`y meva hidi keladi. Masalan, chumoli amil efirdan olcha hidi, sirka-amil efirdan-banan, moy etil efirdan-o`rik, moy butil efirdan–ananas, izovalerian etil efirdan–olma hidi keladi.

Murakkab efir suv bilan reaksiyaga kirishib yana qaytadan kislota bilan spirtga aylanadi. Masalan:

CH3COOC2H5 + H2O  CH3COOH + C2H5OH

Murakkab efirning suv bilan reaksiyaga kirishib spirt va kislota hosil qilish reaksiyasi sovunlanish yoki gidrolizlanish deyiladi. U eterifikatsiya reksiyasiga teskari reaksiyadir.

Ravshanki, eterifikatsiya qaytar jarayondir:

CH3COOH + HOC2H5  CH3COOC2H5 + H2O

kimyoviy muvozanat qaror topishda reaksiyaga kirishayotgan aralashmada boshlang`ich moddalar ham, oxirgi mahsulotlar ham bo`ladi. Katalizator-vodorod ionlari (mineral kislotalar) to`g`ri va teskari reaksiyani (etirifikatsiya va gidrolizni) bir xilda tezlashtiradi, ya`ni muvozanat holatiga yetishni tezlashtiradi. Muvozanatni efir hosil bo`lish tomoniga siljitish uchun boshlang`ich kislota yoki spirtni mo`l miqdorda olish kerak. Reaksiya mahsulotlaridan biri reaksiya doirasidan chiqarib yuborilganda ham xuddi shu natijaga erishiladi; buning uchun efirni haydash yoki suvni tortib oluvchi moddalar bilan bog`lash kerak. OH- ionlari murakkab efirlarning gidrolizlanishini kuchaytiradi: muvozanat kislota bilan spirt tomoniga siljiydi va reaksiya amalda qaytmas bo`lib qoladi, chunki hosil bo`ladigan karbon kislota ishqor ta`sirida tuz hosil qiladi:

CH3COOC2H5 + NaOH  CH3COONa + H2O

Murakkab efirlarning suv bilan o`zaro ta`siri ularning juda muhim kimyoviy xossasidir (oddiy efirlar gidrolizlanmaydi).



Ishlatilishi. Ko`pchilik murakkab efirlar organik moddalarning yaxshi erituvchilari sifatida ishlatiladi. Ulardan meva essensiyalari tayyorlashda ham keng ko`lamda foydalaniladi. Ayrim murakkab efirlar tibbiyotda ishlatiladi: izoamil-nitrit stenokardiya xurujlarini susaytiradi, etilnitrit chakka qon tomirlarini kengaytiradi.

2. Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari.

Yog`lar yuqori bir asosli karbon kislotalar, asosan palmitin, stearin (to`yingan kislotalar) va olein (to`yinmagan kislota) kislotalar bilan uch atomli spirt glitserindan hosil bo`lgan murakkab efirlardir.

CH2OH HOCOC17H35 CH2OCOC17H35

CHOH + HOCOC17H35  CHOCOC17H35 + 3H2O

CH2OH HOCOC17H35 CH2OCOC17H35

glitserin stearin kislota stearin triglitseridi

Tabiiy yog`lar alohida modda emas balki, har-xil triglitseridlar aralashmasidir. Yog`larning hammasi suvdan yengil va suvda erimaydi. Ular benzinda, efirda, uglerod tetraxloridda, uglerod sulfidda, dixloretanda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Yog`lar barcha o`simlik va hayvonlarda uchraydi. Suyuq yog`lar odatda moylar deyiladi. Qattiq yog`lar (mol yog`i, qo`y yog`i va boshqalar) asosan to`yingan (qattiq) kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo`ladi. Suyuq yog`lar (kungaboqar oyi, pata oyi va boshqlar) esa to`yinmagan (suyuq) kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo`ladi.

Suyuq yog`lar gidrogenlash reaksiyasi yo`li bilan qattiq yog`larga aylantiriladi:

CH2OCO(CH2)7CH=CH(CH2)7CH3 CH2OCOC17H35

CHOCO(CH2)7CH=CH(CH2)7CH3 + 3H2  CHOCOC17H35

CH2OCO(CH2)7CH=CH(CH2)7CH3 CH2OCOC17H35

Gidrogenlanish mahsuloti–qattiq yog` (suyuq yog`) salomas deyiladi va sovun, stearin hamda glitserin ishlab chiqarishga sarflanadi.

Margarin–ovqatga ishlatiladign yog`-gidrogenlangan moylar (kungaboqar moyi, paxta moyi va boshqalar), hayvon yog`lari, sut va ba`zi boshqa moddalar (tuz, shakar, vitaminlar va boshqalar) aralashmasidan iborat.

Barcha murakkab efirlar kabi yog`larning ham muhim kimyoviy xossasi gidrolizlanish (sovunlanish) xususiyatidir. Gidroliz katalizatorlar–kislota, ishqorlar, Mg, Ca, Zn oksidlari ishtirokida qizdirilganda oson boradi:

CH2OCOR HOH CH2OH

CHOCOR + HOH  CHOH + 3RCOOH

CH2OCOR HOH CH2OH

Yog`larning gidrolizlanish reaksiyasi qaytar jarayondir. Lekin u ishqorlar ishtirokida amalda oxiriga qadar boradi–hosil bo`lgan kislotalarni ishqorlar tuzga aylantiradi va bu bilan kislotalarning glitserin bilan reaksiyaga kirishish (teskari reaksiya) imkoniyatini yo`qqa chiqaradi.

Yog`lar–ovqtning zaruriy tarkibiy qismi. Ulardan sanoatda (glitserin, yog` kislotalar, sovun olishda) keng ko`lamda foydalaniladi.

Sovunlar–bular yuqori molekulyar karbon kislotalarning tuzlaridir. Odatdagi sovunlar asosan palmitin, stearin va olein kislotalar tuzlarining aralashmasidan tashkil topgan. Natriyli tuzlar qattiq sovunlar, kaliyli tuzlar esa suyuq sovunlar deb ataladi. Sovunlar yog`larning ishqorlar ishtirokida gidrolizlanishidan hosil bo`ladi:

CH2–O–CO–C17H35 CH2–OH + NaO−CO–C17H35

CH–O–CO–C17H35 + 3NaOH → CH–OH + NaO−CO–C17H35

CH2–O–CO–C17H35 CH2–OH + NaO−CO–C17H35

stearin kislotaning triglitseridi glitserin natriy stearat

Yog`lar sulfat kislota ishtirokida ham sovunlanishi mumkin (kislotali sovunlanish). Bunda glitserin bilan yuqori karbon kislotalar olinadi. Bu kislotalar ishqor yoki soda ta`sirida sovunga aylantiriladi.

Sovun olish uchun xom-ashyo sifatida o`simlik moylari (kungaboqar oyi, pata oyi va boshqlar), hayvon yog`lari hamda natriy gidroksid yoki suvsizlantirilgan soda ishlatiladi. Sovun ishlab chiqarishda ko`p miqdorlarda xom-ashyo talab qilinadi, shu sababli sovunlarni ovqat bo`lmaydigan mahsulotlardan olish masalasi qo`yilgan. Sovun ishlab chiqarish uchun zaruriy karbon kislotalar parafinni oksidlab olinadi. Molekulasida 10 dan 16 tagacha uglerod atomlari bo`ladigan kislotalarni neytrallash yo`li bilan atir sovun, 17 dan 21 tagacha uglerod atomlari bo`ladigan kislotalarni neytrallab esa–kirsovun va texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan sovunlar olinadi. Sintetik kislotalardan olinadigan sovun bilan birga bir qatorda–sulfatlardan–yuqori spirtlarning murakkab efirlari bilan sulfat kislotaning tuzlaridan ham yuvish vositalari ishlab chiqariladi. Ularning hosil bo`lishini ushbu tenglamalar bilan tasvirlash mumkin:

RCH2OH + HOSO2OH  RCH2OSO2OH + H2O

sulfat kislotaning murakkab efiri

RCH2OSO2OH + NaOH  RCH2OSO2ONa + H2O

Bu tuzlarning molekulasida 12 dan 14 tagacha uglerod atomlari bo`ladi va ularning kir ketkazish xossalari juda yaxshidir. Kalsiyli va magniyli tuzlar suvda eriydi, shu sababli bunday sovunlar qattiq suvda ham kir ketkazadi. Alkilsulfatlar ko`pchilik kir yuvish kukunlari tarkibida bo`ladi.


Download 420,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish