Iii bob. Yarimo’tkazgich moddalar


 Suyuq yarimo’tkazgichlar



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#88652
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Яримутказгичлар

 

3.5. Suyuq yarimo’tkazgichlar 

 

Avvalo,  shuni  ta’kidlash  kerakki,  yarimo’tkazgichlar  eritilganida  ularning 

kristall  panjarasi  buziladi.  Modda  qattiq  holatdan  suyuq  holatga  o’tganda  uning 

yarimo’tkazgichlik  xossasining  qolish-qolmasligini  kimyoviy  bog’lanish  tabiati 

aniqlaydi. 



 

 

89 



Agar  erish  jarayonida,  ya’ni  kovalent  bog’lanishlar  uzilayotganida, 

sohalardagi  elektronlar  yana  o’z  atomlari  atrofida  joylashsa,  bu  holda  modda 

yarimo’tkazgichlik  xossasini  saqlaydi.  Albatta,  uning  elektr  o’tkazuvchanligi 

kristalnikidan farq qiladi, ammo temperaturaga bog’lanish qonuni saqlanadi. 

Agar 

erish 


jarayonida 

sohadagi 

elektronlar 

umumlashganicha 

(mahalliylashmagan  holda)  qolsa,  bu  holda  suyulma  metall  bog’lanishga  ega 

bo’ladi,  binobarin  uning  o’tkazuvchanligining  haroratga  bog’lanishi  metallniki 

kabi bo’ladi. 

Olmos  kristali  tuzilishiga  ega  bo’lgan  moddalar  (germaniy,  kremniy)   

suyulganida    o’z  yarimo’tkazgichlik  xossalarini  yo’qotadi.  Tellur,  selen,  ko’p 

sulfidlar  va  metallar  oksidlari  esa  suyultirilganda  ham  o’z  yarimo’tkazgichlik 

xossalarini saqlaydi. 

Misolga tellurni olib qaraylik. Bu moddaning kristali geksagonal panjaraga 

ega,  unda  atomlar  zanjirchalar  ko’rinishida  joylangan.  Zanjirchani  tashkil  qilgan 

atomlar  orasida  kovalent  bog’lanish  mavjud,  zanjirchalar  orasida  esa  Van  dep-

Vaals  o’zaro  ta’siri  mavjud.  Erish  haroratidan  pastda  (T<500°C)  harorat  ortishi 

bilan  kristall  holatdagi  tellurning  elektr  o’tkazuvchanligi  ortib  boradi.  Erish 

haroratidan  o’tishda  elektr  o’tkazuvchanlik  sakrab  ko’tariladi,  yana  haroratning 

ortishi  davom  etganda  u  oshib  boraveradi.  Tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  erish 

vaqtida  dastlab  kuchsiz  Van  der  Vaals  bog’lanishlari  uziladi,  ammo  zanjirchalar 

ko’rinishida  yaqin  tartibda  joylashish  saqlanadi.  Tellurni  1000°C  ga  yaqin 

haroratgacha  isitganda  atomlar  zanjirlari  uziladi,  endi  uning  suyuqligi 

yarimo’tkazgichlik xossasini yo’qotadi. 

Tellurning Xoll koeffitsientining temperaturaga bog’lanishini tekshirganda 

ham  erish  jarayonida  bu  koeffitsientning  keskin  kamayib  ketishi  va  qizdirish 

davom  ettirilganda, u  yana  ham  kamaya  borishi kuzatilgan.  Erish nuqtasining har 

ikki  tarafida  Xoll  koeffitsienti  R

H

  ning  ishorasi  musbat  (bu  kovak 



o’tkazuvchanlikni  bildiradi).  Ammo,  575°C  yaqinida  R

H

  ning  ishorasi  manfiy 



bo’lib  qoladi.  Demak,  bu  sohada  tellur  aralash  elektr  o’tkazuvchanlikka  ega 

bo’ladi. 




 

 

90 



Selen ham erigandan so’ng muayyan temperaturagacha yarimo’tkazgichlik 

xossasini saqlaydi. Tellur holidan farqli ravishda, erish nuqtasida selenning elektr 

o’tkazuvchanligi  sakrab  kamayadi,  ammo  haroratning  yana  ortib  borishi  bilan  u 

ortib boradi. 

Eritilgan  alyuminiy  antimonid  AlSb  ning  elektr  o’tkazuvchanligi  ham 

harorat  bilan  birgalikda  ozroq  ortib  borishi  aniqlangan.  Lekin,  ZnTe  va  CdTe 

suyuq  holatda  ham  o’z  yarimo’tkazgichlik  xossalarini  saqlar  ekan.  Bunday 

moddalar  guruhiga  yana  bir  qancha  moddalarni  qo’shish  mumkin  (HgSe,  HgTe, 

Sb

2

Cl



3

Te-Se qotishmalar va boshqalar). 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish