6.5. Galogen almashgan kislotalar
Tuzilishida bir vaqtning o’zida galogen atomlari va karboksil guruhi bo’lgan birikmalarga galogenalmashgan kislotalar deyiladi.
Karboksil guruhi va galogen atomining o’zaro holatiga qarab ular , , - va hokazo galogen almashgan kislotalarga; galogen atomlarining soniga qarab esa bir va ko’p galogen almashgan kislotalarga bo’linadilar va quyidagicha nomlanadilar:
Olinish usullari. Kislotalarni bevosita galogenlash bir muncha qiyinchilik tug’diradi. Chunki karboksil guruhidagi elektronlar bulutining yuqoridagicha siljishi natijasida uglerod atomi neytral holatda bo’ladi.
-galogen almashgan kislotalarni olishda Gel-Folgat-Zelinskiylar tomonidan yaratilgan usul, ya’ni kislotalarga xlor yoki bromni fosfor ishtirokida ta’sir etish keng qo’llaniladi:
Bu usul bilan ftor va yod almashgan kislotalarni olib bo’lmaydi.
- galogen almashgan kislotalar to’yinmagan kislotalarga galoid vodorodlar ta’sir ettirilib olinadi.
- galogen almashgan kislotalar oksikislotalar yoki laktonlarga galoidvodorodlar ta’sir ettirib olinadi:
Fizik va kimyoviy xossalari. Galogen almashgan kislotalar suyuq yoki qattiq holatda bo’lishlari mumkin. Ular kislotalarni va galogenli birikmalarning xossalarini namoyon qiladilar.
G
alogen almashgan kislotalarni kislotali xossalari tegishli kislotalarnikiga qaraganda bir-necha marotaba katta. Buning sababi karboksil guruhi bilan galogen atomlarining o’zaro ta’siri hisoblanadi.
Masalan:
Buning natijasida – OH–guruhidagi vodorodning uzilishi osonlashadi.
Fikrimizning dalili sifatida galogen almashgan kislotalarning kislotalik doimiyligi (konstantasini) keltiramiz:
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, galogen atomlari sonining ortib borishi kislotalikning ortishiga sabab bo’lar ekan. Undan tashqari kislotalik galogen atomlarining joylashuvi va tabiatiga ham bog’liqdir. Kislotalik galogen atomlarining tabiatiga ko’ra quyidagicha ortadi: J > Br > Cl > F
G
alogen almashgan kislotalarning kimyoviy xususiyatlari galogen atomlarining holatiga bog’liqdir. -galogen almashgan kislotalarni suv bilan salgina qizdirilganda galogen atomlari gidroksil guruhiga almashinadi:
-galogen kislotalar suv bilan qo’shib qizdirilganda galogen vodorodni yo’qotib to’yinmagan kislotalarga aylanadilar.
-galogen kislotalar bu sharoitda dastlab tegishli -oksi- kislotalarni hosil qiladilar, so’ngra hosil bo’lgan oksikislota suvni yo’qotib, laktonlarga aylanadilar.
Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. Monoxlorsirka kislota. CH2CI-COOH, 1890C da qaynaydigan 56,5-61,30C da suyuqlanadigan kristall modda.
U
ni sirka kislotaga yod ishtirokida xlor ta’sir ettirib yoki trixloretilenni 98% - li sulfat kislota bilan qizdirish orqali hosil qilinadi:
Monoxlorsirka kislota juda ko’p gerbitsidlar, o’simlik o’stirish vositalari, indigo bo’yog’i va boshqalarni olishda ishlatiladi.
D
ixlorsirka kislota CHCI2-COOH; 5-60C da suyuqlanadi, 1940C qaynaydi. Uni xloralgidratga kalsiy karbonat bilan katalizator ishtirokida ta’sir etib olinadi:
Dixlorsirka kislota texnikada antibiotiklar sintezida boshlang’ich modda sifatida ishlatiladi.
Boshqa galogen almashgan kislotalar ham sanoatda turli sintezlarda keng qo’llaniladilar.
Galogen almashgan kislotalar turli kimyoviy o’zgarishlarga oson kirisha olganliklari sababli ularning sintezi muhim ahamiyat kasb etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |