Bog'liq 3 AVTOMOBILLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI BOSHQARISH
3.5. Avtobuslarning harakat muntazamligini saqlash usullari Harakat muntazamligi avtobuslar ishining asosiy sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qachonki avtobus o‘z vaqtida qatnovga jo‘nasa, avtobus harakati muntazam deyiladi. Harakat intervali barcha oraliq punktlarda bir xilda saqlansa, avtobus harakat jadvaliga rioya qilib oxirgi bekatlarga o‘z vaqtida keladi.
Quyidagi ikki shart bajarilgan holatda harakat muntazamligi ta`minlanadi:
1. Harakat jadvalida ko‘rsatilgan qatnovlar 100 %ga bajarilganda;
2. Barcha avtobuslar harakat jadvaliga aniq, rioya qilib harakatlanganda.
Avtobus qatnovga o‘z vaqtida jo‘nasa, vaqtida oraliq bekatlardan o‘tsa (1 minutdan ko‘pga farq qilmasa) va oxirgi bekatga o‘z vaqtida kelsa qatnov muntazam hisoblanadi.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida nozimlik xizmatining muhandis-texnik xodimlari har bir yo‘nalishda muntazamlikning buzilish holati sabablarini aniqlaydilar.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Haqiqiy harakatlanish sharoitiga jadvalda ko‘rsatilgan qatnov vaqtining to‘g’ri kelmasligi.
Avtobuslarning safarga to‘liq, o‘z vaqtida chiqarilmasligi.
Avtobuslarning safarda texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab turishi.
Yo‘l harakatidagi tutilib (ushlanib) qolishlar.
5. Haydovchi tomonidan avtobusni boshqarishdagi o‘rnatilgan tartibning buzilishi.
Harakat muntazamligini oshirish usullari quyidagilardan iborat:
Har bir avtobusga ayrim harakat jadvalini tuzish.
Yo‘nalish bo‘yicha har bir avtobus harakatiga muntazam nazoratni qo‘llash va nozimlik boshqarish tizimini tashkil qilish.
Haydovchilarga jadvaldan chetga chiqish chegarasini qat’iy belgilab borish.
Yo‘lovchilar transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash.
Bugungi kunda operatsion menejmentning yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bilan bog’liq ilg’or uslublariga asosan mavjud nozimlik xizmatlari o‘rniga yo‘lovchilar transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini amalga joriy etish taklif qilinmoqda. Bunday tizimdan foydalanish harakatlanuvchi tarkibning har bir birligi harakat jadvalini bajarishi, qatnovning muntazamligiga rioya qilishi ustidan doimiy avtomatlashtirilgan nazorat hisobiga shahar yo‘lovchilar transportining sifati va ishonchlilik darajasini oshirish imkonini beradi.
Yo‘lovchilar transportini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amalga joriy etilgan holda:
- yo‘nalishlar tarmog’ini kompyuter yordamida optimallashtirish;
- qatnov jadvalini yanada mufassalroq tuzish;
-barcha turdagi yo‘lovchi tashuvchilar harakatlanuvchi tarkibining miqdorini oqilona uyg’unlashtirish hisobiga xarajatlar ancha kamayadi va tashuvlarning daromaddorlik darajasi oshadi.
Avtobus yo‘nalishlarida jadvaldan ruxsat qilingan chetga chiqish vaqtlari quyidagicha bo‘ladi:
1. Shahar yo‘nalishlarida – 1 minut.
2. Shahar atrofiga qatnaydigan yo‘nalishlar uchun – 3 minut.
3. Shaharlararo yo‘nalishlar uchun – 5 minut.
Ushbu ruxsat qilingan chetga chiqish vaqtlaridan farq qilib bajarilgan qatnovlar muntazam emas deb hisoblanadi. Avtobuslar harakatining muntazamligini oshirish maqsadida har oyda bir marta yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati muntazamligi to‘g’risida kuzatuv o‘tkaziladi. Maxsus kuzatuvchilar yo‘nalish bo‘yicha avtobusning haqiqiy harakatlanish vaqtlarini yozib jadvaldagi vaqtlar bilan taqqoslaydilar va harakat muntazamligi to‘g’risida haqiqiy ma’lumotni to‘playdilar.