Iii bob. Avtomobillarda yo‘lovchilar tashishni boshqarish тayanch so‘zlar va iboralar


Markaziy nozimlik boshqaruvi va uning turlari



Download 0,72 Mb.
bet3/9
Sana17.12.2022
Hajmi0,72 Mb.
#889650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 AVTOMOBILLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI BOSHQARISH

3.3. Markaziy nozimlik boshqaruvi va uning turlari
Hozirgi vaqtda Тoshkent shaharining barcha yo‘nalishlarida qatnovni boshqarish “Toshshahartransxizmat” AJning “GPS” bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Unga yo‘nalish pirovard punktlarining barcha tarmoq nozimlari, qatnovlar bo‘limi mutaxassislari, Markaziy nozimlik xizmati nozimlari kiradi.
Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari va tarkibiy qismlari 3.3.1, 3.3.2-rasmlarda keltirilgan.



3.3.1-rasm. Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari





3.3.2-rasm. Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari


Markaziy nozimlik xizmatining asosiy vazifalari ikki qismdan iborat bo‘ladi:


1. Harakatni tashkil etish;
2. Harakatni boshqarish.
Тajribalar shuni ko‘rsatadiki markaziy nozimlik xizmati tashkil etilganda, harakat muntazamligi muqobillashadi, avtomobillarning ish unumdorligi ortadi.
Markaziy nozimlik xizmati bugungi kunda faqat eng yirik shaharlardan biri bo‘lgan Тoshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uni keng qo‘llanilayotganining ob’yektiv va sub’yektiv sabablar bilan bog’liqdir.
Ob’yektiv sabablarga kichik shaharlarda avtobus yo‘nalish tarmog’ini rivojlanmaganligi, bugungi kunda umumfoydalanishdagi transport vositalarini xususiy tashuvchilar siqib chiqarayotganligi (erkin raqobat natijasi) bo‘lsa, sub’yektiv sabablarga mahalliy hokimiyatlarda transport uyushmalari markaziy nozimlik xizmatini vaziyatdan kelib chiqqan holda tashkil eta olmayotganligidir.
Markaziy nozimlik boshqaruvi tizimini tashkil qilish, uni ishchi-xizmatchilar, aloqa vositalari bilan ta’minlash anchagina kapital mablag’larni sarf etishni taqoza etadi. Shuning uchun ko‘pgina viloyatlarda avtosaroylar yo‘nalishlarida nozimlik punktlarini tashkil qilib, avtobuslar harakatini markashlashmagan usulda boshqaryaptilar. Bu esa avtobuslar harakatini nazorat qilish sifatini pasaytiradi.
Markaziy nozimlik tizimining tarkibi shahardagi avtobus saroylari va undagi harakatlanuvchi tarkibning soniga, aholi va tashilayotgan yo‘lovchilar hamda yo‘nalishlar soniga, harakat chastotasidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Markaziy nozimlik xizmati o‘z faoliyati davrida avtobuslar harakatini muntazamligini, avtobuslarni saroydan o‘z vaqtida ishga chiqishini, butun ish vaqti davomida avtobus sig’imini bir tekis to‘lishini ta’minlash kerak bo‘ladi.
Yo‘nalishda harakatni tashkil etish va boshqarish uchun markaziy nozimlik xizmati ma’lum bir texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda “Тoshshahartransxizmat” AJ markaziy nozimlik xizmati eng zamonaviy kompyuterlar, aloqa vositalari va xizmat avtomobillari bilan ta’minlanganlar.
Markaziy nozimlik xizmati har bir yo‘nalish uchun qanday sig’imli avtobusni qo‘llash, ularni soni va harakat jadvalini kompyuter yordamida maxsus mashina dasturlari asosida ishlab chiqib har bir avtosaroyga tarqatadilar.
Markaziy nozimlik xizmatiga bir guruh muhandislar va texniklar yo‘nalish nozimlaridan aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni oladilar va harakatni boshqarish uchun uzluksiz ravishda farmoyishlar ishlab chiqadilar va uni amalga oshiradilar.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, faqat texnik aloqa vositalari mavjud bo‘lganidagina nozimlik xizmati yuqori darajada faoliyat ko‘rsatishi mumkin ekan.
Aloqaning texnik vositalariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- simli shahar telefon tarmog’i;
- ichki telefon tarmog’i;
- induktiv aloqa vositalari (yo‘nalishlardagi nazorat punktlari bilan aloqa qilish);
- radio telefon aloqasi;
- uyali telefon aloqasi;
- GPRS-modem;
- kompyuter;
- sanoat televizon qurilmalar.
3.3.3-rasmda nozimlik xizmati xonasi va uning jihozlanishi tasviri keltirilgan.
a)

b)

3.3.3-rasm. Nozimlik xizmati xonasi va uning jihozlanishi a) Toshkent shahrining “Toshshahartransxizmat” AJda tashkil etilgan nozimlik xizmati; b) xorij davlatida tashkil etilgan nozimlik xizmati


Nozimlik ximatini kompyuterlar bilan ta’minlanganligi yo‘lovchilarni tashishda “Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni”, xususan “Vaziyatga ko‘ra boshqaruv texnologiyasini” qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu esa ko‘p vaqt sarflanishini taqoza etadigan hisob ishlarini kompyuterlarda bajarish, qabul qilingan yechimlarni samaradorligini oshirishga, shaxsiy tarkibning sonini kamayishiga olib keladi.


Nozimlik xizmati o‘z faoliyatida bir qancha hujjatlarni to‘ldirishi va tahlil qilishi, olingan natijalar asosida avtobuslarni harakatini boshqarish bo‘yicha yechimlar qabul qiladi.
Bunday hujjatlar va ularni to‘g’ri to‘ldirish uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir nozimlikka nomzod uni bilishi va attestasiyadan o‘tishi kerak.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish