Iii bob. Avtomobillarda yo‘lovchilar tashishni boshqarish тayanch so‘zlar va iboralar


Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi tizimi



Download 0,72 Mb.
bet2/9
Sana17.12.2022
Hajmi0,72 Mb.
#889650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 AVTOMOBILLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI BOSHQARISH

3.2. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi tizimi
Yo‘lovchi avtomobil trasportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat etish va butun avtobus tarmog’i buyicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi.
Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avtobus saroyining va yo‘lovchilarni tashish quvvatiga, shuningdek, boshqa omillarga bog’liq bo‘lmay bir xil asosda amalga oshiriladi. Bunda faqat nozimlik tizimining tashkiliy-tarkibiy qismi o‘zgarishi mumkin xolos.
Yo‘lovchi avtomobil transportida nozimlik boshqaruvi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
1. Faqat markazlashgan boshqaruvni tashkil etish;
2. Rahbarlik tizimi avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan harakat rejasi asosida amalga oshiriladi va harakatni nazorat qilish, sozlash va boshqarishni o‘z ichiga oladi;
3. Nozimlik boshqaruvi yuqori tashkilot tomonidan amalga oshiriladi;
4. Nozimlik xizmati xodimlari oraliq bekatlardan o‘z vaqtida axborotlarni olib turishi, boshqacha qilib aytganda avtobusdan ilgariroq harakat qilishlari kerak.
Nozimlik boshqaruvi murakkab tizim bo‘lib u 3.2.1-rasmda ko‘rsatilgan qismlardan iborat bo‘ladi:



3.2.1-rasm. Nozimlik boshqaruv tiziminig asosiy tarkiblari.


Nozimlik boshqaruvi tizimining qismlari bir-biri bilan uzviy bogliq bo‘lib tizim o‘zining funksional vazifalarini bajarayotganida tezkorlikni, aniqlikni, boshqaruvning eng yangi va zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashni ta’minlashligi kerak.


Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik xizmatining bo‘limi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi. Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchilarni tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va harakat chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajratiladi:

3.2.1-jadval


Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi guruhlari

Guruh

Shahar aholisi soni, nafar

1

50 minggacha

2

50 mingdan 100 minggacha

3

100 mingdan 250 minggacha

4

250 mingdan 500 minggacha

5

500 mingdan ko‘p

Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasida yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, harakatni muntazamligiga va avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir.

3.2.2-rasm. Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi


Nozimlik tizimi avtobuslarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarishni tashkil qilish, yo‘nalishlarda harakatni boshqarish va o‘z vaqtida saroyga kelishini ta’minlash bilan bog’liq barcha faoliyatlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yo‘nalish nozimligiga ajratiladi (3.2.2-rasm).





Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish