Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O'quvchilarning mashg'ulotga tayyorgarligi
Asosiy qism:
O'qituvchi:Onalarmiz biz uchun dunyodagi eng aziz, eng yaqin kishilarimizdir.Ular bizga hayot bag'ishlagan,bir parcha etdan bugungi kamolimizgacha yekazgan zahmatkash va fidoiy kishilardir.Ushbu 8- mart-Xalqaro xotin-qizlar kunida birinchi navbatda biz o'z onalarimizni chin dilimizdan tabriklashimiz kerak.Ularga munosib farzand bo'lib yetishishga harakat qilishmiz lozim.
boshlovchi:
Barno qizlar, oy qizlar, Yuzlari shirmoy qizlar, Qalbim qo'shig'i sizga, Go'zallikka boy qizlar, Bayramingiz muborak, Ayyomingiz muborak! 2-boshlovchi:
Siz- singlimu opamsiz Siz-bo'lajak onasiz!
Yorug' jahon mevasi Farzand uchun yonasiz!
Bayramingiz muborak,
Ayyomingiz muborak!
1 -boshlovchi: Assalomu,alaykum,hurmatli mehmonlaru mezbonlar!Muhtarama onajanlar,munis opa-singillar!Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Butun dunyo xotin qizlar-Mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
boshlovchi:Ayol-Alloh taolo yaratgan tabiatning eng buyuk mo'jizasi.Tabiat aziz ayollarimizga munislik va mushfiqlikni,ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan.Har bir inson ko'nglini munavvar qilguvchi,oilaga,balki butun jamiyatga ahillik,totuvlik,mehr-oqibat bag'ishlaguvchi ham ayoldir. 1-boshlovchi:Xonadonlarimiz ko'rki ,yurtimiz bekasi bo'lmish ayol zotidan avlodlar silsilasini davom ettirayotgan, hayotimizning go'zalligi va osoyishtaligi ko'z qorachig'idek saqlab kelayotgan onalarimiz, - opa singillarimizdan umrbod qarzdormiz .
1-boshlovchi:
Tog'lar sendan o'rganar, Duoingdan el ko'karar , Qarg'ishing yorar toshni
Millatning jon tomiri SenVatanga timsolsan,
Yurtning o'chmas chirog'i Momo Havo ayolsan 2-boshlovchi:
Odam Ato nasliga Yaratgandan iqbolsan Bu beor dunyoda Halovatli xayolsan Belanchak quchganingda Hur farishta misolsan.
Go'zallik ko'zgusida Charaqlagan xilolsan.
boshlovchi;Keling shu she'rlar qatorini sinfdoshlarimiz bilan davom ettiramiz!
boshlovchi:Navbat munis ayollar haqidagi she'rlarga!
Ey ulug' zot ta'rifingga So'z topolmay tilim lol.
Qarashlaring-jonga orom Borlig'imsan,sen-iqbol!
Qalbing to'la mehr qo'ri- Oftob bo'lib boqasan.
Mangu uyg'oq daryolarda To'lib-toshib o'qasan Sen hayotda joriy ramzi,
Jilva qilgan gul ramzi,
Shoirlar ham bulbul bo'lib Bag'ishlaydi o'z nazmin!
Ayol-ona qarshisida Aylaylik ta'zim bajo!
Panohingda o'zing asra- Olloh !Senga iltijo!
boshlovchi:O'zbek ayollari dunyodagi eng chidamli, aqlli ,andishali ,hayoli-iboli ayollaridir!
boshlovchi:Bunga shubha qilganlarni sinfimiz qizlari tomonidan tayyorlagan hazilomuz chiqishni ko'rishga taklif qilamiz!Marhamat!
Sinf qizlari ijrosida qo'shiq: Ona
Yakuniy qism:
boshlovchi:Vaqt-oliy hakam.Bizning tadbirimizga ajratilgan vaqt ham o'z nihoyasiga yetib bormoqda.
boshlovchi:Aziz ayollar, opa-singillar,barchangizni yana bir bor bayramingiz bilan mubarakbod etamiz,hayotingizni baxt,ishlaringizni omad,yuzingizni samimiy tabassum,ko'zingizni mehr nuri,qalbingizni muhabbat sururi,taningizni sog'liq,atrofingizni sizni tushuna oladigan insonlar tark etmasin!
boshlovchi:Tadbirimizda ishtirok etgan,uni tashkillashtirgan va tomosha qilgan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz!
boshlovchi:Kelasi tadbirlarda uchrashguncha,sog' va salomat bo'ling!
Mavzu: Sog‘ tanda-sog‘lom aql.
Do'stlaringiz bilan baham: |