Mehnatni tashkil qilish texnologiyasi
Bu barcha tashkiliy ishlarga ilmiy prinsiðlarni qo‘llash. Agar
mehnatni tashkil qilish texnologiyasini fan va ilg‘or tajriba aso-
sida mehnat jarayonini uzluksiz takomillashtirish deb tushun-
sak, ta’lim samaradorligini ko‘tarishda quyidagi yo‘nalishlarni
ko‘rsatish mumkin:
a) o‘quv ishini tashkil qilishni samarali shakllarini qo‘llash
(darsga tayyorlanish bosqichi ham kiradi);
b) o‘qitilayotgan (nazariy va amaliy) materialning rivojlanti-
ruvchi ta’sirini kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
va amaliy faoliyatni kuchaytirish maqsadida ta’lim metodlarini
o‘zgartirish;
d) yangi, zamonaviy ta’lim texnologik vositalarini kiritish,
shu borada sinf-dars tizimi sharoitida har bir o‘quvchining indi-
vidual ishini boshqarish texnik vositalarini tatbiq etish;
O‘quvchilarning ish malakasini oshirish, o‘z fani bo‘yicha
bilimini doimiy chuqurlashtirish, ta’lim va tarbiyaning umum-
psixologo-pedagogik qonuniyatlarini o‘rganish va qo‘llash, katta
jamoa bilan suhbat o‘tkazish san’atini egallash lozim va hokazo.
O‘rgatuvchi mashinalarning vazifalarini qo‘llanish o‘z doi-
ralari bor. Ular dasturlangan ta’lim sharoitida o‘quvchilarning
mustaqil ishlarini boshqarish ishonchliligini oshiradi, ular o‘z
vaqtida o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida axborot
yetkazadi.
O‘qituv mashinalari bir qancha holatlarda (bilim nazorati tre-
najori) o‘qituvchi va dasturlangan darsliklarning imkoniyatidan
ko‘proq didaktik kuchga ega bo‘ladi.
Ular dasturlangan ta’limning qo‘llanish doirasini kengayti-
radilar. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish mashina vositasida
o‘qitilganda ham mustaqil izlanishlarni talab qiladi. Bu haqda fikr-
lashning qandaydir umumiy usullari va aqliy faoliyatning umu-
miy algoritmlari to‘g‘risida gapirish mumkin. Lekin bu o‘quv-
chilarning faol izlanishlarini, evrestik usullarini istisno qilmaydi.
Dasturlangan mashina vositasida o‘qitish paytida mantiqiy va
obrazlikni birinchi prinsiðini qo‘llash biroz qiyinchilik tug‘diradi,
sababi dasturning kadrlari asosan yozma matndan iborat bo‘lib,
ularga ko‘rgazmali materiallar kiritishning imkoni yo‘q.
Mantiqiy va obrazlikni birlashtirish shakllari (amaliy va labora-
toriya ishlari, musiqa, rasm, teatr va hokazo) dasturlangan ta’limda
118
ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak, aks holda u mustahkam bilim va
didaktikaning prinsiði — nazariyot va amaliyotning aloqasini
ta’minlay olmaydi.
O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun unga muam-
moli holatlar tug‘dirish kerak. Chunonchi, mustaqil yechishga
mo‘ljallangan mashinaga kiritilgan savol va topshiriqlar xuddi shun-
day bo‘lishi kerak. Jamoa bilan ishlash — bu hamma uchun bir
vaqtda materialning bir qismini o‘rganish imkonini beradigan
o‘qish jarayonini tashkil etish shartlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |