Sinov savollari
Elektrolit deb nimaga aytiladi?
Elktroliz deb nimaga aytiladi?
Elektrolitik dissotsiatsiya deganda nimani tushunasiz?
Elektrolitik dissotsiatsiya darajasi deganda nimani tushunasiz?
Elektroliz uchun I va II-qonunlarni tushuntiring.
Umumlashgan elektroliz qonunini tushuntiring.
Faradey soni nechga teng va qanday topiladi?
Ishni bajarish tartibani tushuntirin.
Ishga xulosa qiling.
2.8. O’TKAZGICH QARSHILIGINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH.
Ishning maqsadi: 1. O’tkazgichlar solishtirma qarshiligining temperaturaga bog’ligini o’rganish. 2. O’tkazgich qarshiligining temperaturaga bog’lanish grafigini chizishni o’rganish.
Kerakli asbob va qurilmalar: Quvur shaklidagi qizdirgich (katta quvvatdagi PEV turidagi simli qarshilik), termopara (termometr), ampermetr va voltmetr. O’tkazgichlar: nixrom, volframdan yasalgan spirallar, o’zgarmas tok manbai.
Nazariy qism
Metall o’tkazgichlarda elektr tokini o’tkazuvchi zaryadli zarrachalar, ya’ni elektronlar mavjud. (konsentrasiyasi-1028m-3) bo’lib, ular maydon ta’sirida o’rtacha 10-4m/s tezlikda harakatlanadi. Suyuqliklarda elektr tokni musbat va manfiy ionlar, gazlarda esa musbat va manfiy ionlar hamda elektronlar o’tkazadi. Bu o’tkazgichlardagi o’tkazuvchanlik xossasi tashqi ta’sir, ya’ni issiqlik, nurlanish ta’sirida o’zgaradi: metallarda o’tkazgich qarshiligi ortadi; siyuqlik va gazlarda, aksincha, kamayadi.
Metall o’tkazgichning qarshiligi uning materiali turiga, uzunligiga ko’ndalang kisimga bog’liq bo’ladi: (1)
bunda: R-o’tkazgich qarshiligi:, Om; p-o’tkazgichning solishtirma qarshiligi, Om x m. L va S-o’tkazgichning uzunligi va ko’ndalang kesim yuzi.
O’tkazgichning T=273,15 K (00C) va ixtiyoriy biror T temperaturadagi qarshiligi quyidagi ifodalardan aniqlanadi:
yoki
U holda o’tkazgich qarshiligining temperaturaga nisbatan o’zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin: (3)
bunda α – qarshilikning temperature koeffisiyenti.
Metallar uchun α=0, suyuqliklar uchun α=0. Toza metallar uchun =1/273K-1, ayrim eritmalar uchun α=-2x10-2K-1.
Eslat ma: Temperatura Syelsiy shkalasida o’lchangan (3) formula boshqacha ko’rinishda ifodalanadi.
Demak: (2) va (3) ga qo’yib, undan solishtirma qarshilik bilan temperaturaviy koeffisiyent orasidagi bog’lanishni quyidagicha yozish mumkin:
p=p0(1+αt)=p0αT
O’tkazgich solishtirma qarshiligining temperaturaga bog’liqligi p0=f(T) grafikgi (1-rasm) orqali ifodalanadi. Demak, temperatura ortgan sari o’tkazgichning solishtirma qarshiligi ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |