Ii-kurs magistranti, "Libos dizayn" kafedrasi



Download 19,06 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi19,06 Kb.
#344878
Bog'liq
Xoliqova Mahliyo maqol


II-kurs magistranti, “Libos dizayn” kafedrasi,

Xoliqova MahliyoMahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asarida qo`llanilgan maqollaridan namunalar va bugungi kungacha saqlangan maqollarning ma`nolar o`xshashligi



  1. Kichikda qatig`lansa, ulg`azu sevnur.

Maqolda yoshlikda tirishib, harakat qilgan odam kata bo`lgach sevinadi, degan ma`noga ega. Mehnatsevarlikka undab aytilgan bu maqol hozirgi kunda: “Mehnatning tagi rohat” yoki “Mehnat qilsang, rohat ko`rasan", “Mehnat rohatning poydevori” kabi maqollarga mos keladi.

  1. Ardiy` asin tatur ga`n, yaslaq yagig qatarga`n, buynin tutub qadirga`n, bastiy ulum agtaruv.

Maqolda elga xizmatda bo`lib, dushman bilan jang qilib, yomonlarni to`g`ri yo`lga boshlagan bilan, o`lim vaqti kelib bir kun Olloh oldiga qaytadi, deyilgan. Bugungi kunda: “O`lim – haq!” “Ikki narsa sizni behato topib keladi, rizq va o`lim”, “Ikki narsani o`zgartirib bo`lmaydi: tug`ilgan kun sanasi va o`lim sanasi, qolgan hammasi sening qo`llingda”, “Kecha uxlash uchun ko`z yumgan kishilarning, bugun bir qanchasi ko`zini ochmadi”, senda esa hali vaqt bor, kabi maqollarga mos keladi.

  1. Teshe yuk kotursa, qamich jeme erturur.

Tuya hamma yukni ko`targanda, kapgirni ham ko`tarishga kuchi yetadi, deyilgan ma`noda keladi. Bugungi kunda: “Kerakli yukning og`irligi yo`q”, “Mehnat qilib hech kim o`lmagan” maqollarga mos keladi.

  1. Erik erni yag`lig` bashi qanlig`.

Tirishqoqning labi yog`lik, erinchog`ning boshi qonlik. Yalqovlikni tashlashga, g`ayrat bilan ishlashga undab aytilgan. Bugungi kunda: “Mehnatning tagi rohat”, “Ish ishtaxa ochar, dangasa ishdan qochar” maqollarga mos keladi.

  1. Suv ichirmasga sut ber.

Yomonlikka yaxshilik bilan javob ber degan ma`noda kelgan, qilgan ishida o`zi pushaymon bo`lib afsuslansin, bundan keyin qilar ishini o`ylab qilsin deyilgan. Bugungi kunda: “Kim yaxshilik qilsa, Olloh uning mukofotini beradi” , “Zulmat yorug`likni yoqtirmaydi – yomonlik yaxshilikka toqat qilolmaydi.

  1. Tavg`ch xanning to`rqusi telim, tenglamazib bichmas.

Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko`p, lekin o`lchamay kesilmaydi. Bugungi kunda har qanday ishni puxta o`ylab qilish kerakligi, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik haqida o`rgatadi. Xalq maqoli, “Yetti o`lchab bir kes”, degan maqolga mos tushadi.

  1. Uma kelsa, qul kelar.

Mehmon kelsa, qut kelar. Bugungi kunda: “Uyga kelgan mehmon bilan qut-baraka keladi”, “Mehmon – atoyi xudo”, “Mehmon oldida mushugingni pisht dema” maqollarga mos.

  1. Qiz kishi savi yo`rig`lib o`lmas.

Baxil odam obro` topmaydi. Maqolda inson o`zidan yaxshi nom chiqarish, saxiy bo`lishga undab aytilgan. Bugungi kunda “ Baxil topsa, bosib yer, saxiy topsa barcha yer”, “Baxilniki doim yo`q, saxiy yo`q bo`lsa ham to`q”, “Bermaganga berib uyaltir” kabi maqollar mos keladi.

  1. Bulmish nengig seversan, aqrun angar sevingil. Barmish nengig saqinma, azraq angar o`kungil.

Molim bor deb ko`p sevinma, bir kun qo`lingdan ketadi, ketgan narsaga achinma bu bilan ketgan qaytarib bo`lmaydi. Bugungi kunda “ O`tgan ishga salovat”, “Shamol olib kelgani, shamol olib ketadi”, “Bir marta yaralangan, bir umr dardni biladi”, “Boshdan o`tgan tabib” kabi maqollar mos keladi.

  1. Etli, tirinaqli ezirmas.

Tirnoqdan etni ayrib bo`lmas.

  1. Qo`sh qilich qinqa sig`mas.

Xalq maqoli “Bir qozonda ikki kalla qaynamaydi” , “Uyiga sig`magan, elga sig`mas”, deyiladi.

  1. Ashich ayur: tubum altun, qamich ayur: men qaydaman?

Qozon deydi tubim oltin, cho`mich deydi men qaydaman? Bunda maqtanchoq kishiga nisbatan aytilgan bo`lib, qozon maqtanchoq bo`lsa, cho`mich o`sha odam kimligini biladigan shaxs. Xalqimizda “ Qozonda bori cho`michga chiqadi” degan maqol mavjud. Cho`mich obrazi ijobiylik xususiyatiga ega. Haqiqat oldida ko`z yummaydi, maqtanchoq – qozonga qarab ‘men sen bilan birgaman, birga ishlayman barcha siru asroringni bilaman’ degan haqiqatni aytish darajasiga ko`tarilgan. Bu yerda maqtanchoqlikni qoralash, haqiqatni ulug`lashga qaratilgan, ma`no mavjud.

  1. Besh eranak to`z ermas.

Xalq maqoli “Besh qo`l (barmoq) barobar emas”, insonlar tashqi tomondan bir – biriga o`xshagani bilan, ichki dunyosi umuman biri ikkinchisidan juda kata farq qiladi.

  1. Kenashliq bilik uzrashur, kenashsiz bilik oprashur.

Maslahatli ish borgan sari yaxshilashib borsa, bemaslahat ish borgan sari buzilishga yuz tutadi. Bugungi kunda “Behuda urinsang poyoni bo`lmas, o`ylanib qilsang, ziyoni bo`lmas”, “Maslahatli osh totli bo`lur”, “Rejasiz ish qolipsiz g`isht” kabi maqollar mos keladi.

  1. Atasi achig` almila jesa o`g`linin tishi qamar.

Otasi achchiq olma yesa, o`g`lining tishi qamashar. Maqolda otasi qilgan jinoyat, otasi o`tgach, bolasiga ham isnod tegizadi ma`nosida qo`llanilgan. Bugungi kunda “Baliq boshdan sasir”, “Bo`rining og`zi yesa ham, yemasa ham qon” maqollarga mos.

  1. Irsakerga tegmas, eshak erga tegmas.

Er uchun shoshilgan xotin erga yolchimaydi, shoshma shoshar odam uyiga yetolmaydi. Chunki shoshilish natijasida kutilgan sharoitlarni hisobga olmaydi. Shuningdek shoshilgan erkak uyiga yetolmaydi, chunki shoshilish bilan otini halokatga yetkazadi. Bugungi kunda “Bardoshlikka yog`lik osh, sabrsizga osh ham tosh”, “Odob bilan baxt topilar, sabr bilan taxt”, “Sabr qilgan yetar murodga, besabr qolar uyatga” maqollarga mos.

  1. Jas hot ko`jmas, jalafar ulmas.

Yosh o`t yonmaydi, xabari qancha og`ir va dahshatli bo`lsa ham elchiga o`lim yo`q. Bugungi kunda “Botirdan yaxshi ish qolar, donodan so`z” maqolga mos.

  1. Ash tatig`i tuz ju g`rin jemas.

Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolg`iz tuzning o`zi yeyilmaydi. Bugungi kunda “Qo`ling bilan qilar ishni boshing bilan o`yla” maqolga mos.

  1. Jug`urkanda artuq azaq kusulsa ushijur.

Odam oyog`ini ko`rpadan ortiq uzatsa, oyog`i uvushadi, sovuq qotadi. Bunda inson o`z haddan oshmaslikka undab aytilgan. Bugungi kunda “Ko`rpangga qarab oyoq uzat “ maqolga mos.

  1. Qutlug`qa qosha jog`ar.

Baxtli odamga omad qo`sha - qo`sha keladi. Bungungi kunda “Berganga qo`sha berar” maqolga mos.
Download 19,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish