I. Boshlovchi.
O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.
II. Boshlovchi.
“Ustoz otangdek ulug’” deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadek hurmat qilib, bir umrga e’zozlash kerak.
O’quvchilar.
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Sahovat nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o’g’il-qizga,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarni qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz kelajakda siz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz ustoz siz bilan,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,
Ellarda dostondir mehnatlaringiz.
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Shogirdim obro’yim, yuzim degan zot,
Ishonchim, umidim ko’zim degan zot.
Bolajonim, o’g’lim, qizim degan zot,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Goh quvonch, goh alam ko’z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom.
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
(“Lazgi” raqsi ijro etiladi.)
BOSHLOVCHI.
Tarixni anglamoq o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhiyu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Bugun tadbirimizga ustozlarni qutlash uchun buyuk ajdodlarimiz tashrif buyurgan. Ular siymosini davraga chorlamoq hayrlidir.
Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur kirib kelmoqda.
A. Temur: “Barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.
G’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy tashrif buyurmoqda.
A. Navoiy: Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado onin haqqin yuj ganj ila.
Shoh, shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur kelmoqda.
Z.M.Bobur:
Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz.
Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.
(Sahna ko’rinishi)
BOSHLOVCHI.
Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.
(O’quvchilar tomonidan “Vals” ijro etiladi.)
(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)
Do'stlaringiz bilan baham: |