Ii bob. Xalq maqollarida “oila” konseptiga doir tushunchalar tavsifi


II.3. Oilada qaynona munosabati ifodalangan maqollar



Download 283 Kb.
bet10/13
Sana21.07.2022
Hajmi283 Kb.
#831838
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdrimova

II.3. Oilada qaynona munosabati ifodalangan maqollar
Xalq maqollari orasida qaynona-kelin hamda qaynona-kuyov munosabatlari ifodalangan maqollar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ushbu munosabatlar o‘zbek oilalarida asosiy o‘rinni tutadi. Quyida oilada qaynonaning tutgan o‘rni hamda uning kuyov hamda kelin bilan munosabati aks etgan maqollar tahlili bilan tanishamiz.
Qaynona qaynaydi, kelini aynaydi. O‘tmishda ham, shu kunlarda ham kelinga nisbatan past nazarda qarash, kamsitish uchrab turadi. Ayniqsa qaynona (yomon qaynona) kelinga “kun bermaydi”, uning “ko‘zini ochirmaydi”, har bir harakatini, og‘izdan chiqqan har bir so‘zini tergaydi, kelin qancha yelib-yugurmasin qancha adab saqlamasin, bar bir qaynona uni nazariga ilmaydi, kamsitadi, asabiga tegadi, unga biror bir yaxshilikni iliq so‘z aytishni ravo ko‘rmaydi. Bir turkum maqollarida xalq shu holni ifoda etgan hamda yomon qaynonalarni insofga chaqirgan, kelinlarga esa murosa qilish, sabr - toqatli bo‘lish yuzasidan pand-nasihatlar berilgan: ”Itning yovi-devona, Kelinning yovi-qaynona”; “Qaynona- g‘amxona”; “Qayg‘um yo‘q, qaynonam-qayg‘u”; “Qiziga joni achigan kelinini qarg‘aydi”.
Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit. Ba’zan shunday bo‘ladiki, tegishli odamning yuziga bevosita aytmaydilar-da, uning ishtirokida yoxud u yo‘g‘ida boshqa birovga aytadilar. Tegishli odam ziyrak, uquvli bo‘lsa, bu gap uning o‘ziga tegishli ekanligini darhol fahmlab oladi va shunga ko‘ra ish tutadi. Yuqoridagi maqol bilan ana shunday holni ifoda etadilar.
Qizniki qiyin bilan bitar, o‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar. Xalqimiz turmushida qadimdan hukm surib kelayotgan urf - odatlar rasm-rusumlar, tartib - qoidalarga binoan qiz uzatish o‘g‘il uylantirishga nisbatan ancha mushkul va ko‘p mablag‘ talab qiladi. Bu holni ifoda etuvchi maqollar talaygina: “O‘g‘ilning to‘yi- o‘yin, Qizning to‘yi qiyin”; “Qumga sepgan bilinmas, qizga bergan ko‘rinmas”; “Sepli qizim kerilar, sepsiz qizim sepilar37; “Qizni beshikka sol, sepini sandiqqa sol”.
Kelin yomon emas, kelgan yeri yomon. Ma’lumki yangi oilaga a’zo bo‘lib kelgan yangi a’zo – kelinning ahvoli ancha murakkab kechadi. Ba’zi badfe’l qaynonalar kelin qancha yelib-yugurib, “qo‘lini kosov, sochini supurgi” qilib ishlamasin, qancha odob saqlamasin, baribir kim yomon kelin yomon, yaxshi bo‘lsa ham – yomon, yomon bo‘lsa ham yomon deydi. Qaynona uning har bir harakatini og‘zidan chiqqan har bir so‘zini tergaydi, “o‘tirsa o‘poq, tursa so‘poq” deydi, qilayotgan ishlarini nazariga ilmaydi.
Kelinni kelar yilda ko‘r. “Kelinni yaxshiligida maqtama, darhol yomonlashga ham tushma. Uni kelar yilda, ya’ni kelasi yilda ko‘r. Shu bir yilda fe’l-atvori ma’lum bo‘ladi - qo‘yadi. “Kelinni kelasi yil sina”: “Terini sangotdan keyin ko‘r. Kelinni- tuqqandan keyin” (qoramol, qo‘y, echki va boshqa hayvonlarning terisi oftobda quritilganda kuygan bo‘lsa, o‘qrali-suqrali yoki sasigan-chirigan bo‘lsa, sangobdan- terilar maxsus eritmaga solib pishiriladigan-butun chiqmay, yarimta yurimta, burda-burda bo‘lib ketadi. Kelin bo‘lib tushgan qizlarning ayrimlari bir, ikki va undan ortiq tuqqandan keyin ham husn-jamolini saqlab qoladi, ayrimlari esa xunuk tortib, qarimsiq bo‘lib ketadi. Shunday ekan, ularni oldindan maqtab bo‘lmaydi, deyilmoqchi); “Yaxshi qizim - bir beshik orqasi”; “Oy minmay oting maqtama, Yil turmay xotining maqtama”.
Kelinni kelganda ko‘r sepini yoyganda ko‘r. To‘g‘ri ma’noda “Kelin ota uyidan turmush quradigan uyga kelmasdan ilgari uning husn-jamolini, fe’l-arvorini va olib kelgan sepini yoymasidan ilgari uning molini maqtama” deyilmoqchi. Majozan: “Hali bo‘lmagan, amalga oshmagan, natijasi chiqmagan, noma’lum ish ustidan maqtanib yurma. Bu ish oldin bo‘lsin, bitsin, natijasi ma’lum bo‘lsin, ko‘raylik, agar haqiqatdan ham maqtovga loyiq bo‘lsa, ana undan keyin maqtasang arziydi”, degan ma’noda qo‘llaniladi. “Kelinni kelganda ko‘r, Go‘shangaga kirganda ko‘r”; “ Kelinni kelganda ko‘r, Sochbog‘ini yoyganda ko‘r”: “Kulukni kelganda ko‘r, Dumini suzganda ko‘r”. Bu maqol to‘g‘ri ma’noda: Quluq- kuluk, deb uni oldindan ko‘p maqtayverma. Dumini suzsinlar, maydonga kirsin, chopsin, boshqa quluqlardan o‘zib ketsin, ana undan keyin maqtasang arziydi”; “ Falonchi odam undoq, bundoq deb oldindan maqtama. Unung kimligi, qandayligi gap- so‘zidan, qiladigan ishidan ma’lum bo‘ladi. Shundan keyingana u haqda ijobiy yo salbiy xulosa chiqarish mumkin”, degan ma’noda qo‘llaniladi.

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish