Ii bob. Xalq maqollarida “oila” konseptiga doir tushunchalar tavsifi



Download 283 Kb.
bet2/13
Sana21.07.2022
Hajmi283 Kb.
#831838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdrimova

Mavzuning dolzarbligi.
Ona tili milliy madaniyatning oynasi, uni saqlovchi xazina hamdir. Har bir xalq yashayotgan joyining tabiati, u xalqning iqtisodiy tuzumi, og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, urf-odatini o‘zida aks ettirib, to‘plab, avloddan-avlodga yetkazib berish tilning milliy-madaniy mundarijasidir. Bu mundarija tilning harakatdagi birliklarida juda ham aniq namoyon bo‘ladi.Hozirgi mustaqillik, milliy qadriyatlarning tiklanish davri so‘zlovchidan tilni, ayniqsa davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek adabiy tilini chuqur egallashi, fikrni ixcham, asosli, obrazli va ta’sirchan shaklda ifodalashni taqozo etadi. Shuning uchun ham keyingi davrlarda xalq og‘zaki ijodi janrlarining lisoniy xususiyatlarini tadqiq qilishga diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lmish maqollarning lisoniy xususiyatlarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi. Zero, maqollar inson tafakkurini boyitadigan, ularni ezgulikka chorlaydigan qadimiy ma’naviy qadriyatlarimizdan biridir.
Xalq tafakkuri durdonasi hisoblanmish maqollar nafaqat xalq hayoti, qarashini ifodalashi bilan qadrli, balki kundalik turmushimizda nutqimizni boyituvchi vositalardan biri hamdir.
Hikmatli so‘zlar, maqollar – hech bir podsho e’lon qilmagan farmon, hech bir prezident muhrlamagan qonun, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiyadir2.
Maqollarni “hayot qomusi”, xalq og‘zaki ensiklopediyasi, o‘ziga xos bir badiiy-tarixiy solnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o‘tkirlashtiradi, nutqini ravshan va ta’sirchan qiladi, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muammolarni to‘g‘ri echishga o‘rgatadi, turmushning jamiki katta-kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi. Shuningdek, maqollar o‘z ijodkori bo‘lmish xalqning dunyoqarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og‘zaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.
Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimоvning “Ma’naviyat хalqning tariхini, uning madaniyatini chuqur bilish va tushunib yеtish, unga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tariхga murоjaat qilar ekanmiz, bu хalq хоtirasi ekanligini nazarda tutishimiz kеrak. Хоtirasiz barkamоl kishi, o`z tariхini bilmagan хalqning kеlajagi ham bo`lmaydi,” – dеgan fikrlarini ma’naviy merоsimiz va qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bo`lgan xalq og‘zaki ijodi namunalarini o`rganishda ham dasturulamal sifatida qabul qilishimiz lоzim bo`ladi. Ayniqsa, hozirgi tilshunoslikda xalq maqollarining yangi lingvokulturoligik tadqiqi katta ahamiyatga ega masalalardan hisoblanadi.
Lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlar hali o‘zbek tilshunosligi tarixida o‘zining yangiligini saqlab turibdi, shuningdek, konsept borasidagi tadqiqotlar bu fanning asosini tashkil qilmoqda. Konseptlar milliy madaniyatning tilda aniq va keng aks ettira oladigan birlik sifatida tahlilga tortilayotgani esa tilshunoslik uchun yaxshi natijalar bermoqda. Bevosita mavzuimizga daxldor bo‘lgan” oila” konsepti esa juda ko‘p ochilmagan qirralari bilan hali–hamon tilshunoslarni o‘ziga jalb etmoqda. Xususan, o‘zbek tilida lingvokulturologik tadqiqotlarning, xususan, “oila” konsepti bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning kamyobligi ishning dolzarbligini belgilab beradi. Oila masalasini o‘rganish kishilik jamiyatida ijtimoiy munosabatlar, millatlar va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Oila sharq xalqlarida azaldan dinga bog‘lanib o‘rganilgan, natijada tilda, xususan, xalq maqollarida o`ziga xos tarzda aks ettirilgan.
Hozirgi davrda oilaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli kengayib borishi inson tasavvurlarining o‘zgarishiga olib keldi, bu esa til sohasida oila tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlari olib borishga turtki bo‘lmoqda.
Oilaning til va madaniyatdagi o‘rnini o‘rganish ustuvor masalalardan biridir. Ilk bor tilshunoslikda oila mavzusiga kompleks yondashildi, oila obrazini bilishda til vosita vazifasini bajarishi, inson- tafakkur – til-madaniyatning yagonaligi, jumladan, xalq maqollarida oila konseptining ifodalanishi yangi tadqiqotlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi ham ishning dolzarbligidan dalolat beradi.

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish