Ii bob valentlik tushunchasi


So’z birimasi bog’lanishlari



Download 29,95 Kb.
bet3/6
Sana07.07.2022
Hajmi29,95 Kb.
#754497
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5240003699056581337

So’z birimasi bog’lanishlari

O‘zbek tilida gap tarkibida so‘zlar tartibi, asosan, erkin. So‘zlarning o‘rin almashishi ularning grammatik holatiga jiddiy ta’sir etmaydi. Biroq bu gap mazmuniga, uslubiy jihatiga ta’sir etadi. Qiyoslaymiz: Men bozorda G‘olibni uchratdim. G‘olibni men bozorda uchratdim. Bozorda G‘olibni men uchratdim. Bu gaplarda o‘zbek tilining o‘ziga xos mantiq urg‘usining qo‘llanish usuli namoyon bo‘lmoqda. Birinchi gapda boshqa birovni emas, aynan G‘olibni uchratganim, ikkinchi gapda boshqa joyda emas, aynan bozorda uchratganim, uchinchi gapda esa boshqa birov emas, aynan men uchratganim haqidagi mazmun ifodalanyapti. O‘zbek tilida mantiq urg‘usi olgan so‘z odatda kesimdan oldin joylashadi. Mantiq urg‘usi kesimga tushganda, kesim joyini o‘zgartirmaydi, balki o‘z joyida yuqori ton – ohang bilan aytiladi, xolos.
O‘zbek tilida eganing gap boshida, kesimning gap oxirida kelishi doimiy, me’yoriy hol hisoblanadi. Biroq badiiy uslubda, shior tipidagi buyruq va undov gaplarda, ayniqsa, og‘zaki nutqda ega bilan kesimning o‘zaro almashinib qo‘llanish holatlari ko‘plab uchraydi. Masalan: Yashasin xalqlar o‘rtasidagi baynalmilal do‘stlik!
Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor, kabi.
Ega va kesim gapningbosh bo‘laklari hisoblanadi. To‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ega va unga bog‘lanib kelgan ikkinchi darajali bo‘laklar ega tarkibini, kesim va unga bog‘lanib kelgan ikkinchi darajali bo‘laklar kesim tarkibini tashkil etadi. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi: yam-yashil bog‘lar, oppoq paxtalar, to‘g‘ri so‘z, oltin soat kabi. To‘ldiruvchi fe’ldan oldin keladi: kinoni tomosha qilmoq, o‘qituvchi bilan bahslashmoq, she’r o‘qimoq kabi. Hol ham fe’ldan oldin joylashadi: bugun boramiz, tezda qaytamiz, tomosha qilgani keldik kabi. Aniqlovchi ega bilan, to‘ldiruvchi va hol esa kesim bilan bog‘lanib, mantiqiy butunlik hosil qiladi. Masalan: Biz fakultetimiz yosh havaskorlar to‘garagi a’zolarining qiziqarli chiqishlarini uzoq kuzatib turdik.
O‘zbek tilida ega bilan kesimning shaxs va sonda moslashuvi, asosan, birinchi va ikkinchi shaxsning birlik hamda ko‘plik shakllariga xosdir. Uchinchi shaxsning birlik shaklida ham shunday moslik bor. Masalan: Men keldim. Sen o‘qiding. U boradi, kabi. Bu gaplarda ega qaysi son va shaxsda bo‘lsa, kesim ham shu son va shaxsdadir. Uchinchi shaxs ko‘plik shaklida esa ega ko‘plikda, kesim birlik sonda qo‘llanishi mumkin. Masalan: Bolalar paxta teryapti. Daraxtlar gulladi. Sigirlar o‘tladi, kabi.
Boshqaruv. Tobe so‘zning hokim so‘z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv deyiladi. Bunda boshqariluvchi so‘z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa kelishik shaklini yoki ko‘makchini olib keladi. Boshqariluvchining qaysi kelishik yoki ko‘makchi bilan shakllanishi boshqaruvchi so‘zning ma’nosi, semantikasi bilan belgilanadi: kitobni o‘qimoq, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilmoq, universitetda o‘qimoq, ishdan qaytmoq, o‘quvchilar bilan suhbatlashmoq kabi.
Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv.
Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ma’lum kelishik shaklida qo‘llanadi: kattalarni hurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi.
Ko‘makchili boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi: zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi.
Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol-hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi.
. Bitishuv. Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-sifatlanmish (yangi libos), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov), qisman hol-hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq) munosabatidagi birikmalarga xos bo‘lib, uning qismlari ifoda materialiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) sifat + ot: ziyrak bola, yam-yashil dala;
2) ot + ot: temir darvoza, oltin kuz;
3) son + ot: besh kishi, o‘n tup ko‘chat;
4) olmosh + ot: barcha xalqlar, shu yo‘l;
5) sifatdosh + ot: sinalgan odam, aytilgan so‘z;
6) ravish + ot: mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar;
7) taqlid so‘z + ot: g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar;
8) ravish + fe’l: tez yurmoq, erta kelmoq;
9) ravishdosh + fe’l: o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq;
10) taqlid so‘z + fe’l: duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq.
3. Moslashuv. O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so‘z shaklining hokim so‘z shakliga mos kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo‘li bilan tuzilgan qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so‘z bilan grammatik shaklda moslashib, hokim so‘z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi. Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so‘z bo‘lib, bosh kelishik, birlik, jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma’nolar anglatgan; tobe so‘z (interesnaya) hokim so‘zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma’nolarni ifodalaydi.
O‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog‘lanishni moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo‘ladi.
Demak, o‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv asosida voqe bo‘ladi.
4-savol

Ibora(turg’un birikma) ma’no jihatidan bir so’zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora, ya’ni omon-eson borib kelishni tilash). So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni almashtirish mumkin, iboradagi so’zlarni esa almashtirish mumkin emas: maktabga bormoq – teatrga bormoq (so’z birikmalari); ko’zi to’rt bo’lib kutmoq (ko’zi besh bo’lib kutmoq deb almashtirib bo’lmaydi). Ba’zan gap tarkibida so’z birikmasi va iboralar shakliy jihatdan teng kelib qolishi mumkin, bunda so’z birikmasi o’z ma’nosida, ibora esa ko’chma ma’noda keladi: oyoq tiramoq: U devorga oyog’ini tirab(so’z birikmasi) arqonni tortdi – Mening gapimga ko’nmay, oyog’ini tirab (ibora) turib oldi.

Sintagmafonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: - Bu kitoblar kim uchun olindi? - Men uchun emas, ukam uchun (ikkinchi gapda ikkita sintagma mavjud bo’lib ular bitta mustaqil, bitta yordamchi so’zlardan tashkil topgan: men uchun, ukam uchun)



Download 29,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish