Qisqa xulosa
Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday davlatni
kichik biznes va tadbirkorliksiz tasaw ur qilib boMinaydi. U tufayli
erishilgan muvaffaqiyatlar har qanday mamlakat iqtisodiyotida katta
ahamiyatga ega boMib, uni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ayni
o'tish davrida zarur. Shuning uchun qator davlatlar o'zining iqtisodiy va
ijtimoiy jihatdan yuksalishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo'llab-quvvatlash uchun maxsus yo'naltirilgan qonunlar qabul
qilishgan.
Ushbu bobda tadbirkorlik va kichik biznes to'g'risida, tadbirkorlik
va biznesning tarixi, Rossiyada va O'zbekistonda tadbirkorlikning
rivojlanishi, uning qiyosiy tahlili, bugungi kunda tadbirkorlik va kichik
biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, kichik biznesda tadbirkorlik
taraqqiyotining sabablari, tadbirkorlikning asosiy turlari, shakllari
xususida atroflicha fikr yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |